„Yovvoyi yoʻrgʻa“, toʻliq nomi „Yovvoyi yoʻrgʻa: Jonivorlar haqida hikoyalar“ – kanadalik yozuvchi Ernest Thompson Seton qalamiga mansub hikoyalar toʻplami. Thompson Seton asarlarining ilk oʻzbekcha tarjimasi boʻlib, 1989-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Bir necha marta, jumladan, 2010- va 2016-yillarda qayta nashr qilingan. Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi kitobxonlar orasida keng tanilgan boʻlib, tavsiya qilinadigan adabiyotlar roʻyxatlariga kiritilgan.

Hikoyalarni Togʻay Murod 1936-yil Moskvada „Detgiz“ nashriyotida chop etilgan „Domino“ hamda 1983-yil „Pravda“ nashriyotida chop etilgan „Rasskazi o jivotnix“ kitoblariga asoslanib ruschadan oʻzbekchaga oʻgirgan. Kitob rasmlarini Thompson Setonning oʻzi chizgan. Toʻplamga kiritilgan „Bingo“ (), „Yovvoyi yoʻrgʻa“ () hikoyalari muallifning 1898-yil chop etilgan „Wild Animals I Have Known“ toʻplamidan olingan.

Manbalar

Havolalar „Yovvoyi yoʻrgʻa“ Ziyouz saytida

Turkum:Hikoya kitoblar