„Oq tanli sardor“ (), toʻliq nomi „Oq tanli sardor: Shimoliy Amerika afsonasi“ () — irlandiyalik-amerikalik yozuvchi Thomas Mayne Reid qalamiga mansub roman. Ilk bor 1855-yil chop etilgan. Asarni oʻzbek tiliga Erkin Mirobidov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1990-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.
„Oq tanli sardor“ Mayne Reidning eng taniqli asarlaridan biridir. Romanda Shimoliy Amerikaning mahalliy aholisi boʻlmish hindularning amerika va ispan bosqinchilariga qarshi kurashi haqida soʻz yuritiladi.
Syujeti Romandagi hodisalar XVIII asr oxiri-XIX asr boshida Meksikada sodir boʻladi. Romanda Shimoliy Amerikaning mahalliy aholisi boʻlmish hindularning amerika va ispan bosqinchilariga qarshi kurashi haqida soʻz yuritiladi. Mayne Reid romanni 1840-yillarda Amerika va Meksika oʻrtasida boʻlib oʻtgan urushda boshidan kechirganlariga asoslanib yozgan.
Qahramonlari Carlos () – oq tanli sardor Rosita () – Carlosning singlisi Catalina de Cruces () – Carlosning sevgilisi Don Juan () – Rositaning sevgilisi Antonio () – Carlosning yaqin doʻsti Josefa () – Antonioning qalligʻi Roblado() – Carlosning ashaddiy dushmani, kapitan Vizcarra () – Robladoning doʻsti, Carlosning dushmani Joaquin () – Carlosning dushmani, iyezuit Gomez () – Carlosning dushmani Don Ambrosio () – Catalinaning otasi Vicenza () – Catalinaning oqsochi, aygʻoqchi Manuel () va Pepe () – bizon ovchilari, Carlosni izlaganlar Andres () – otboqar, Catalinaga doʻst
Oʻzbekcha tarjimasi Asarni oʻzbek tiliga 1956-yil „Detgiz“ nashriyoti chop etgan ruscha nashridan Erkin Mirobidov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1990-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Oʻzbek tilidagi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Shavkat Turob – muharrir, E. Kigay – rassom, R. Zufarov – rasmlar muharriri, V. Demchenko – texnik muharrir, B. Yunusov – musahhih. Kitob adadi – 100 000 nusxa.
Manbalar
Havolalar „Oq tanli sardor“ Ziyouz saytida
Turkum:Romanlar