„The Writer's Harbrace Handbook“ () — ingliz tilida ilmiy maqolalar va boshqa materiallar yozish qoidalarini oʻzida jamlagan spravochnik. Ilk bor 2001-yil „Heinle & Heinle Publishers“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Bir encha marta qayta nashr qilingan. Qoʻllanmaning turli nashrlariga turli shaxslar, jumladan, Cheryl Glenn va Loretta Gray mualliflik qilgan. Asarning toʻliq va qisqa versiyalari mavjud boʻlib, unda akademik asar yozishda keng qoʻllaniladigan APA, Chicago hamda MLA yozish uslublari haqida maʼlumot berilgan.

Qoʻllanma AQSHdagi bir necha OTMda ham oʻqituvchilar, ham talabalar tomonidan keng qoʻllanadi. Qoʻllanmaning oʻqituvchilar uchun moʻljallangan mashq toʻplami ham mavjud. Asar talabalarni mustaqil fikrlay oladigan shaxslar emas, passiv tinglovchilar oʻlaroq koʻrishi tanqidga uchragan.

Manbalar

Turkum:Ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitoblar