„The Essential Drucker“, toʻliq nomi „The Essential Drucker: Selections from the Management Works of Peter F. Drucker“ () — menejment gurusi Peter Drucker gʻoyalari jamlangan kitob. Ilk bor 2001-yil New York shahrida „HarperCollins Publishers“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Bir necha marta qayta nashr qilingan, dunyoning bir necha tiliga tarjima qilingan. Menejment sohasida muhim asarlardan biri hisoblanadi.
Asarda muallifning menejment prinsiplari tashkilotlar, shaxslar hamda jamiyat faoliyatiga qanday taʼsir oʻtkazishi haqidagi asarlarining asosiy qismlari berilgan. Kitob 26 boʻlimdan iborat boʻlib, menejment sohasining asosiy prinsiplari, muammolari, qiyinchiliklari va imkoniyatlariga bagʻishlangan.
Manbalar
Turkum:Menejment boʻyicha kitoblar