„The Daily Drucker“, toʻliq nomi „The Daily Drucker: 366 Days of Insight and Motivation for Getting the Right Things Done“ („Kundalik Drucker: Kerakli ishlarni barajarish uchun 366 kunga tatigulik maslahat va motivatsiya“) — menejment gurusi Peter Drucker qalamiga mansub kitob. Ilk bor 2004-yil New York shahrida „HarperCollins Publishers“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Muallif vafotidan keyin chop etilgan ushbu asarni nashrga Joseph A. Maciariello tayyorlagan. Kitob kirish soʻzini Jim Collins yozgan.

Kitobda muallif umri davomida yozgan asarlaridan olingan parchalar yilning har bir kuniga mos keladigan boʻlimlarga boʻlingan holda berilgan. Har kun uchun ajratilgan sahifa Druckerdan iqtibos, bir-ikki paragrafdan matn hamda berilgan maslahatni amalda qoʻllash boʻyicha tavsiyani oʻz ichiga oladi. Berilgan maslahatlar vaqtni tejash, menejment, innovatsiya, kishilar bilan muomala qilish va boshqa shunga oʻxshash mavzularga bagʻishlangan. Asar bir necha marta qayta nashr qilingan, bir necha tilga, jumladan, turk, ispan, arab, indonez, litva, vengr, tay, xitoy tillariga tarjima qilingan. Alan Cattell kitob haqida yozgan taqrizida kitob formati oʻzgacha ekanligini va oʻquvchini fikrlashga undashini olqishladi, ammo bir marta oʻqigandan keyin unga qaytishi ehtimoli ozligini taʼkidladi.

Manbalar

Turkum:Menejment boʻyicha kitoblar