Abdulhoshim Mutalovich Mutalov (27-Aprel 1947-yil, Toshkent viloyati) – 1992—1995-yillarda faoliyat yuritgan Oʻzbekiston Bosh vaziri.

Biografiyasi 1976-yilda SSSR Oziq-ovqat sanoati institutini tugatgan. Injener-texnolog.

1965-1979 yillarda Toshkentdagi non mahsulotlari ishlab chiqarish kombinatida oddiy ishchidan kombinat direktori lavozimlarida ishlagan.

1979-1986-yillarda Ohangaron tumanidagi non mahsulotlari kombinati direktori.

1986-1991-yillarda OʻzSSR non mahsulotlari ministri.

1991-1992-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining oʻrinbosari.

1992-1995-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri boʻlgan .

Manbalar

Turkum:Bosh vazirlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar