«13-hudud» yoki B13 () — 2004-yilda namoyish etilgan jangari antiutopik film. Syujeti 2010-yil. Parij shahrining xavfli hududlari xavfsizlik uchun shaharning boshqa hududlaridan beton devorlar va tikanli simlar bilan oʻrab tashlanib, izolyatsiya qilingan. Bu hududlarda jinoyatchilik, qurol-yarogʻ va giyohvand moddalar savdosi gullab ketgan, shifoxonalar va maktablar ishlamaydi, politsiya esa jinoiy toʻdalarga homiylik qiladi. Toʻdalardan birining yetakchisi Taha neytron bombasini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻladi. Uning maqsadi – shahar markazini vayron qilish. Bundan xabar topgan hukumat vakillari tomonidan bombani zararsizlantirish uchun 13-hududga maxsus guruh zobiti Damien Tomasso yuboriladi. Bu ishda unga hududni yaxshi biladigan gangster Leïto yordam beradi. Oʻz navbatida Leïtoning maqsadi - oʻz singlisi Lolani Tahaning changalidan qutqarish. Rollarda

Soundtrack

Mukofotlari 2006 Golden Trailer — Best Foreign Action Trailer Yana qarang Parkur Manbalar

Turkum:Luc Besson filmlari Turkum:Fransuz tilidagi filmlar Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari Turkum:Fransiya ilmiy-fantastik filmlari