Ushbu sahifada mustaqil Oʻzbekiston tarixida roʻy bergan muhim voqealar xronologik tartibda berilgan. 1991-yil (Alisher Navoiy yili) 25-avgust – Oʻzbekiston SSR Ichki ishlar vazirligi va davlat xavsizligi qoʻmitasi (KGB) Oʻzbekiston Respublikasi tasarrufiga oʻtdi.
28-avgust – OʻzSSJ Madaniyat vazirligining Davlat simfonik orkestri Oʻzbekiston milliy simfonik orkestriga aylantirildi.
31-avgust – Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti respublikaning davlat mustaqilligini eʼlon qildi va oʻz qarori bilan Oʻzbekiston SSR nomini Oʻzbekiston Respublikasi deb oʻzgartirdi hamda 1-sentyabr kunini Mustaqillik bayrami maqomida taʼsis etdihttps://ria.ru/20110831/424657299.html.
1-sentyabr – Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni, umumxalq bayrami.
5-sentyabr – Toshkent shahridagi Lenin nomidagi maydonning nomini Mustaqillik maydoni qilib oʻzgartirildi.
6-sentyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tuzildi.
14-sentyabr – Toshkentda Oʻzbekiston Kommunistik partiyasining oxirgi XXIII favqulodda syezdi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekistonning KPSS aʼzoligidan chiqishi haqidagi ariza qabul qilindi.
24-sentyabr – Toshkentda oʻzbeklar (turkistonliklar)ning birinchi xalqaro anjumani boʻlib oʻtdi. Bu anjumanda AQSH, Germaniya, Afgʻoniston, Saudiya Arabistoni, Suriya, Iordaniya, Turkiya, Avstraliya, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda istiqomat qiladigan vatandoshlar ishtirok etishdi.
26-sentyabr – KGB tashkiloti tugatildi va Prezidentga boʻysunuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tashkil etildi.
30-sentyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining navbatdan tashqari VII sessiyasi „Inson huquqlari va erkinliklari deklaratsiyasi“ni ratifikatsiya qildi.
1-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi xalq demokratik partiyasi tashkil topdi. Partiya raisi qilib Islom Karimov saylandi.
18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi qabul qilindi.
21-noyabr – Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH)ni tuzish toʻgʻrisida deklaratsiya imzolandi.
9-dekabr – Oʻzbekiston, boshqa Markaziy Osiyo davlatlari bilan birgalikda, Turkmaniston hududida Tajan-Saraxs oraligʻidagi temiryoʻlning qurilishida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladi.
29-dekabr – Respublikaning mustaqilligi masalasi boʻyicha referendum va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov boʻlib oʻtdi.
1992-yil (Hamshiralar yili) 2-yanvar – Oʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi.
23-yanvar – Oʻzbekiston Respublikasi va Misr Arab Respublikasi oʻrtasida oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi.
26-yanvar – Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi.
28-yanvar – „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ Milliy aviakompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.
29-yanvar – Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi.
30-yanvar – Pragada tashqi ishlar vazirlari majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHK)ga qabul qilindi.
2-fevral – Prezident I.Karimov Davos shahridagi (Shveysariya) Butundunyo iqtisodiy forumida qatnashdi va nutq soʻzladi.
10-fevral – Prezdentning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va mulkni xususiylashtirish qoʻmitasi taʼsis etish toʻgʻrisidagi Farmoni.
16—17-fevral – Oʻzbekiston Respublikasi IHTga (Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga) aʼzo boʻldi.
18-fevral – Prezidentning Oʻzbekiston Respublikasi Fan va Texnika Davlat komitetini tashkil etish toʻgʻrisidagi Farmoni.
19-fevral – Oʻzbekiston va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi.
20-fevral – Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni podsholigi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi.
21-fevral – Prezidentning Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini tashkil etish toʻgʻrisidagi farmoni.
22-fevral – Oʻzbekiston Respublikasi va Isroil davlati oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi.
23-fevral – Prezident I. A. Karimov Xelsinkida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashining Yakunlovchi Hujjati]]ga imzo chekdi.
1-mart – Oʻzbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi.
2-mart – Oʻzbekiston Respublikasi eng nufuzli xalqaro tashkilot – Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga aʼzo boʻldi.
3-mart – Namangan tumani Mingbuloq qishlogʻi yaqinida qazish ishlari vaqtida 5 ming 237 metr chuqurlikdan neftning katta zahiraga ega boʻlgan koni topildi.
4-mart – Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi.
10-mart – Bryusseldagi Shimoliy Atlantika birlashmasi Sovetining favqulotda yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi shu birlashma aʼzoligiga qabul qilindi.
16-mart – Toshkentda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu Oʻzbekistonda chet mamlakatlar ochgan birinchi elchixona edi.
18-mart – Oʻzbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi.
20-mart – Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi.
23-mart – Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga aʼzo boʻldi.
31-mart – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Vazirlar Mahkamasi qoshida Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tashkil etish toʻgʻrisidagi Farmoni.
30-aprel – Oʻzbekiston Respublikasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB)ga aʼzo etib qabul qilindi.
23-may – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Navroʻz“ xayriya jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi Farmoni.
24-may – „Vatan taraqqiyoti“ partiyasi tashkil topdi.
28-may – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston qizil yarim oy jamiyati toʻgʻrisida“gi Farmoni.
28-iyun – Toshkentda Pokiston Islom Respublikasi elchixonasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
2-iyul – „Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida“gi Qaror qabul qilindi.
24-avgust – Toshkentda Janubiy Koreyaning „Daewoo“ va Oʻzbekistonning „Avtoselxozmash“ Davlat konserni oʻrtasida Andijon viloyati Asaka shahrida yiliga 180 ming avtomobil ishlab chiqaradigan avtomobil zavodi qurish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi.
1-sentyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Qoʻshilmaslik harakatiga aʼzo boʻldi.
7—12-sentyabr – Shvetsiya poytaxti Stokgolmda Parlamentlararo ittifoqning 88 konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Bu konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti ham ishtirok etdi.
23-sentyabr – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tashkil qilindi.
21-oktabr – Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro valyuta fondi (XVF)ga aʼzo boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro taʼmirlash va taraqqiyot banki (XTTB)ga aʼzo boʻldi.
16-noyabr – Toshkentda BMT vakilligini ochish toʻgʻrisidagi BMT va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida bitim imzolandi.
8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi va oʻz qarori bilan shu kunni umumxalq bayrami deb eʼlon qildi.
10-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini tasdiqladi.
26-oktabr – Oʻzbekiston Respublikasi BMTning Maorif, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti – UNESCOga aʼzo boʻldi.
3-noyabr – Xorazm viloyati Xazorasp tumanida shakar ishlab chiqaruvchi oʻzbek-turk qoʻshma korxonasi poydevoriga birinchi gʻisht qoʻyildi.
29-dekabr – Har yili 14-yanvar kunini Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Qonun qabul qildi.
1993-yil (Ahmad Yassaviy yili) 1-yanvar – Oʻzbekiston mustaqilligini 125 davlat tan oldi, 66 ta chet davlatlar bilan diplomatik aloqalar oʻrnatildi. 4-yanvar – Toshkentda beshta mustaqil davlatlarning (Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston) yangi mintaqaviy hamdoʻstligi – Markaziy Osiyo Hamdoʻstligiga asos solindi. 22-yanvar – Oʻzbekiston Respublikasi Butundunyo Meteorologik birlashmasi aʼzoligiga qabul qilindi. 5-fevral – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy oʻquv yurtlariga abituriyentlarni test sinovlari asosida qabul qilish toʻgʻrisida“gi qarori 4-mart – Oʻzbekiston Respublikasining Sogʻlom avlod uchun ordeni taʼsis etildi va bu toʻgʻrida Qonun qabul qilindi. 30-mart – Toshkentda Germaniya elchixonasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. 23-aprel – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti „Sogʻlom avlod uchun“ xalqaro nodavlat hayr-ehson jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida Farmon chiqardi va shu toʻgʻrida Qonun eʼlon qilindi. Toshkent va Berlin shaharlari birodarlashgan shaharlar deb eʼlon qilindi. 4-may – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Respublika ijodiy yoshlarning „Isteʼdod“ jamgʻarmasi toʻgʻrisida“ gi Farmoni. 6-7-may – Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 12-chaqiriq XII sessiyasi boʻlib oʻtdi. Bu sessiyada „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida“, „Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion sudi toʻgʻrisida“, „Oʻzbekiston Respublikasi pul tizimi toʻgʻrisida“, „Sogʻlom avlod uchun“ ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida", „Informatizatsiya toʻgʻrisida“ qonunlar qabul qilindi. 5-iyun – Toshkentda Markaziy Osiyo Akademiyasi tashkil qilindi. 18-iyun – Prezident Shveysariyada boʻlib oʻtgan Xalqaro iqtisodiy uyushmaning IV sessiyasida qatnashdi. 19-iyun – Prezident I.Karimov oʻzbek-amerika munosabatlarini rivojlantirishdagi hissasi uchun Nyu-Jersi shtatining faxriy fuqarosi etib saylandi. 20-iyun – Toshkent radioelektron apparatlar zavodi „Semurgʻ“ oʻzbek-hind televizorlarining birinchi partiyasini ishlab chiqardi. 20-iyul – BMTning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy vakili Xolid Bashir Malik Prezidentga ishonch yorligʻini topshirdi. 1-avgust – Nyu-Yorkda boʻlib oʻtgan taekvondo xalqaro turnirida Oʻzbekiston terma komandasi maxsus „Yuqori jangovar ruh“ sovriniga sazovor boʻldi. Oʻzbekiston Taekvondo Assotsiatsiyasi Jahon Taekvondo Federatsiyasiga (WTF) qabul qilindi. 12-sentyabr – „Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini muomalaga kiritish toʻgʻrisida“gi Qonun. 28-sentyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida qatnashdi va nutq soʻzladi. 29-sentyabr – Toshkentda Oʻzbekistonda birinchi „Mustaqillik“ xalqaro kutubxonasining ochilish marosimi boʻldi. Kutubxona fondida 20 ming jild kitob va 10 ming nusxa ingliz tilidagi jurnallar bor. 30-sentyabr – Toshkentda Xalqaro valyuta fondining doimiy vakolatxonasi ochildi. 30-sentyabr – Oʻzbekiston Xalqaro moliya korporatsiyasi aʼzoligiga qabul qilindi.
1994-yil (Mirzo Ulugʻbek yili) 10-yanvar – Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida yagona iqtisodiy makon barpo etish toʻgʻrisida shartnoma imzolandi. 11-yanvar – Orol dengizi muammolari boʻyicha konferensiyasi boʻlib oʻtdi. 16-yanvar – Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida yagona iqtisodiy makon barpo etish toʻgʻrisida shartnoma imzolandi. 4-fevral – Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchi boʻlib Avtomobil transporti xalqaro ittifoqiga aʼzo boʻldi. Fevral – Toshkentda iqtisodiy hamkorlik boʻyicha oʻzbek-yapon qoʻmitasi tuzildi. 12-mart – Mexiko shahrida „Oʻzelektroapparat“ korxonasi xodimlariga aʼlo sifatli mahsulotlari uchun „Sifat uchun xalqaro billur yulduz“ mukofotiga sazovor boʻldilar. 27-mart – Toshkentda „Coca-Cola“ ichimligi ishlab chiqaradigan qoʻshma korxona – „Koka-kola ichimligi Toshkent Ltd“ korxonasi ochildi. 23-aprel – Maʼnaviyat va maʼrifat markazi taʼsis etildi. 5-6-may – Toshkentda Oliy Kengashning XV sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasining „Oʻzbekiston Qahramoni“ oliy unvoni, „Oltin yulduz“ medali, „Mustaqillik“, „Doʻstlik“ ordenlari, „Jasorat“ va „Shuhrat“ medallari taʼsis etildi. 24-may – Toshkentda Qozogʻiston elchixonasi ochildi. May – Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi Futbol Federatsiyalari Xalqaro Assotsiatsiyasining haqiqiy aʼzosiga aylandi.