Namangan aeroporti  – Namangan viloyati Namangan shahri gʻarbida joylashgan xalqaro aeroport.

1992-yil 4-fevraldagi VMQ-44-sonli qaror bilan Namangan aeroporti yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston havo yoʻllari tarkibiga kiritilgan.

2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-sonli prezident farmoni bilan Oʻzbekistondagi aeroportlarni boshqarish uchun Uzbekistan Airports kompaniyasi tashkil etildi va Namangan aeroporti ham yangi kompaniya tarkibiga kiritildi.

Aloqalari Krasnoyarsk xalqaro aeroporti, Krasnoyarsk Domodedovo xalqaro aeroporti, Moskva Koltsovo xalqaro aeroporti, Yekaterinburg Pulkovo aeroporti, Sankt-Peterburg Toshkent xalqaro aeroporti, Toshkent

„Sharqiy“ hab

Namangan xalqaro aeroporti 2021-yilgacha „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ Milliy aviakompaniyasi va MDH davlatlarining boshqa aviakompaniyalari samolyotlari uchun muqobil aerodrom boʻlgan .

Biroq 2021-yilda „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ Milliy aviakompaniyasi Fargʻona vodiysidagi ikkita aeroport – Namangan va Fargʻona shaharlari xalqaro aeroportlari hududida „Sharqiy“ habni tashkil etishga qaror qildi.

2022-yil 30-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi koʻmagida Oʻzbekiston havo yoʻllari va Uzbekistan Airports kompaniyalarining qoʻshma loyihasi boʻlgan „Sharqiy“ hab yoʻlga qoʻyildi. Loyiha Rossiyaning 9 shahriga – Moskva, Orenburg, Ufa, Samara, Omsk, Irkutsk, Krasnodar, Yekaterinburg hamda Perm shaharlariga toʻgʻridan-toʻgʻri arzon reyslarni amalga oshirishni nazarda tutadi .

„Oʻzbekiston havo yoʻllari“ Milliy aviakompaniyasi tomonidan „Sharqiy“ hab tashkil etilishining asosiy maqsadi – Fargʻona vodiysidan talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha parvoz qilish uchun shart-sharoitlar yaratish hisoblanadi. Loyihaga koʻra, aviakompaniya mintaqadan Rossiya Federatsiyasi va Fargʻona vodiysi aholisi orasida mashhur boʻlgan uzoq xorij shaharlariga yoʻnalish tarmogʻini kengaytirish maqsadida Namangan va Fargʻona shaharlarining xalqaro aeroportlaridan foydalanadi.

Milliy aviakompaniyaning Uzbekistan Airways Express havo kemalarida Full Economy (toʻliq iqtisodiy sinf) tamoyili asosida Namangandan Moskva, Perm, Samara, Omsk, Orenburg, Irkutsk, Krasnodar va Yekaterinburgga toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshladi. Ilk parvoz 2022-yilning 30-yanvar kuni Namangan-Perm yoʻnalishida amalga oshirildi. Ushbu reysda „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ning Airbus A320 samolyoti 174 nafar yoʻlovchini Rossiyaning Perm shahridagi xalqaro aeroportga yetkazdi. 31-yamvar kuni esa Namangandan Moskva va Orenburgga parvozlar qilindi .

„Oʻzbekiston havo yoʻllari“ Milliy aviakompaniyasi Fargʻona vodiysi boʻylab bir qator yoʻnalishlar boʻyicha aviachiptalar narxini 30 foizga pasaytirdi. Narxlar pasayishiga samolyotdagi oʻrindiqlar sonining koʻpayishi va xizmat koʻrsatish (oziq-ovqat, bagaj) xarajatlarining kamayishi hisobiga erishildi.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

Statistika +Namangan xalqaro aeroportining yillik yoʻlovchilar oqimi statistikasi (2023–2025)YillarYoʻlovchilar soniYoʻlovchilar sonining oʻzgarishi, %daParvozlar soniParvozlar sonining oʻzgarishi, %daManbalar2023 546 632 4 466 2024 759 819 39,0% 5 404 21,0% Passajiropotok aeroportov Uzbekistana viros na 30%2025 1000 000 14,2% 5 755 6,5%

Manbalar

Havolalar

Turkum:Namangan viloyati Turkum:Oʻzbekiston aeroportlari