108-motooʻqchi diviziya — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga qarashli harbiy diviziya.

Tarixi 1943-yilda tashkil etilgan. Afgʻon urushida va Tojikiston fuqarolar urushida dushmanga qarshi faol qatnashgan. 1992-yilda Oʻzbekiston tasarrufiga oʻtkazilgan. Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari tarkibida.

Tuzilishi 1993-yilda harbiy qismlarga quyidagi tartibda boʻlib yuborilgan: 180-motooʻqchi polk qaytadan → 7-motooʻqchi brigadaga aylantirildi (7-msbr yoki harbiy qism 11506), Kakaydi 177-motooʻqchi polk qaytadan → 3-msbr (harbiy qism 28803), Navoiy viloyati 181-motooʻqchi polk qaytadan → 21-msbr (harbiy qism 36691), Xayrobodtepa 285-tankchi polk → 22-msbr (harbiy qism 44278), Sherobod 1074-artilleriya polk → 23-artilleriya brigadasi (harbiy qism 54831), Angor 1415-zenit-raketachi polk → 193-zenit-raketa brigadasi (harbiy qism 25858), Sherobod 271-alohida muhandislik batalyon → 80-muhandis brigadaga aylantirildi (harbiy qism 93866), Angor 738-alohida tankka qarshi mudofaa divizion → 6-optdn (harbiy qism 62387), Angor 333-alohida taʼmirlovchi batalyon → 101-orvb (harbiy qism 49976), Sherobod 781-alohida batalyon → 50-alohida razvedkachi batalyon (50-obrREB yoki harbiy qism 71308), Termiz.

Yana qarang Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Manbalar

Turkum:Surxondaryo viloyati Turkum:Oʻzbekiston qurolli kuchlari