Alisher Erkinovich Shayxov (1956-yil 7-noyabrda Toshkent viloyati Boʻka tumanida tugʻilgan) — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi (2006-2017).
Biografiyasi 1979-yil Toshkent universiteti Sharqshunoslik fakultetining tarix boʻlimini tamomlagan. Mutaxassisligi boʻyicha iqtisodchi. 1983-yil iqtisod fanlari nomzodi boʻlgan.
1979—1992 — Sharqshunoslik instituti Ilmiy Akademiyasining ilmiy xodimi, direktor oʻrinbosari.
1987—1988 — Misr Arab Respublikasi Qohira universitetida ish oʻrganuvchi.
1992—1993 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish istiqbollari va tahlili bosh boshqarmasi boshligʻi.
1993—1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi.
1994—1995 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi oʻrinbosari.
1995—1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish Departamenti boshligʻi.
1996—1998 — Oʻzbekiston Respublikasining Olmoniya va Avstriya Respublikasidagi elchisi, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti huzuridagi Oʻzbekiston missiyasi boshligʻi.
1998—2001 — Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchisi.
2001—2004 — Oʻzbekiston Respublikasining Benilyuks mamlakatlaridagi favqulodda va muxtor elchisi, Yevropa Ittifoqi va NATO huzuridagi Oʻzbekiston missiyasi boshligʻi.
2004—2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi.
2005—2006 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.
2006—2017 — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi.
2017—2019 — Oʻzbekistonning Birlashgan Qirollikdagi favqulodda va muxtor elchisi.Oʻzbekiston elchisi qirolicha Yelizaveta IIga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Manbalar
Havolalar Profili
Turkum:Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Belgiyadagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Niderlandlardagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Lyuksemburgdagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Birlashgan Qirollikdagi elchilari Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari