„Bumblebee“ () — amerika ilmiy-fantastik filmi. „Transformers“ kinofranshizasi doirasidagi oltinchi kartina. 2018-yilda ekranlarga chiqqan. Shu nomdagi oʻyinchoq qahramoni asosida yaratilgan. Filmga Travis Knight rejissyorlik qilgan, ssenariyni Christina Hodson yozgan. Bosh rollarni Hailee Steinfeld, John Cena, Jorge Lendeborg Jr., John Ortiz, Jason Drucker, Pamela Adlon va boshqalar ijro etgan.
Filmdagi hodisalar 1987-yilda sodir boʻladi. Unda Bumblebeening boshpana izlab Yer sayyorasiga borishi va u yerda Charlie () ismli oʻspirin qiz bilan doʻst tutinishi haqida hikoya qilinadi.
„Bumblebee“ 2018-yil 3-dekabrda Berlin shahrida premyera qilingan. AQSHda 2018-yil 21-dekabrda prokatga chiqarilgan. Kinotanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olingan. Butun jahon boʻylab prokatda 468 million dollar ishlab topgan.
Rollarda
Insonlar Hailee Steinfeld — Charlie Watson () John Cena — agent Jack Burns () Jorge Lendeborg Jr. — Memo John Ortiz — doktor Powell () Jason Drucker — Otis Watson (Charliening ukasi) Pamela Adlon — Sally Watson (Charliening onasi) Stephen Schneider — Ron Len Cariou — Hank () Glynn Turman — general Whalen () Gracie Dzienny — Tina Lark Ricardo Hoyos — Tripp Summers Lenny Jacobson — Roy Megyn Price — Amber
Ovoz berganlar Avtobotlar Dylan O'Brien — Bumblebee / Peter Cullen — Optimus Prime Grey Griffin — Arcee Steve Blum — Wheeljack Kirk Baily — Brawn Dennis Singletary — Ratchet
Deseptikonlar Angela Bassett — Shatter Justin Theroux — Dropkick David Sobolov — Blitzwing Jon Bailey — Shockwave, Soundwave
Musiqasi
Manbalar
Havolalar Rasmiy sayti
Turkum:Transformers (kinofranshiza) Turkum:2018-yil filmlari Turkum:2018-yil 3D-filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:Paramount Pictures filmlari Turkum:Robotlar haqidagi filmlar Turkum:IMAX filmlari Turkum:Coming-of-age janridagi filmlar Turkum:AQSh sarguzasht filmlari Turkum:Spin-off filmlar Turkum:Xitoy filmlari Turkum:Xitoy 3D-filmlari Turkum:4DX-filmlar Turkum:Oʻzga sayyoraliklar haqidagi filmlar Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar