„Osnovi perevoda teksta“ () („Matn tarjimasi asoslari“) — rus lingvisti Marina Semenova qalamiga mansub tarjimashunoslik boʻyicha qoʻllanma. Ilk bor 2009-yil Rostov-Don shahrida „Feniks“ nashriyotida chop etilgan. Qoʻllanmaga T. N. Snitko taqrizchilik qilgan.
„Osnovi perevoda teksta“ tarjimashunoslik sohasida tahsil olayotgan oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun moʻljallangan. Qoʻllanma Rossiya va ayrim qoʻshni mamlakatlarda tarjimashunoslik boʻyicha oliy oʻquv yurtlari dasturlarida tavsiya qilingan adabiyotlar safiga kiradi. Unda asosan yozma manbalarni ingliz tilidan rus tiliga hamda rus tilidan ingliz tiliga tarjima qilish haqida soʻz yuritiladi.
Manbalar
Turkum:Tilshunoslik boʻyicha kitoblar