Almeriya — Ispaniya janubidagi shahar va Oʻrta dengiz sohilidagi port. Andalusiya muxtor viloyatida. Almeriya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 154,3 ming kishi (1991). Almeriya orqali temir va qoʻrgʻoshin rudalari, oltingugurt, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari chetga joʻnatiladi. Vino sanoati rivojlangan; musiqa asboblari ishlab chiqariladi, charm poyabzal, sellyuloza-qogʻoz, sement sanoati korxenalari bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan arablar qurgan Al-Qasaba qal’asi (VIII-XI asrlar), shuningdek XV asrda qurilgan sobor saqlanganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Almería Ispaniyaning Andalusiya mintaqasida joylashgan shahar. Almería provinsiyasi tarkibiga kiradi. Maydoni — 295 km2. Aholisi — 190013 kishi (2010). Havolalar Rasmiy sayti
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Ispaniya shaharlari