Elizabeth 1998-yilda ekranlarga chiqarilgan biografik filmdir. Filmga Shekhar Kapur rejissyorlik qilgan. Filmda bosh rollarni Cate Blanchett (qirolicha Elizabeth I rolida), Geoffrey Rush, Christopher Eccleston, Joseph Fiennes, John Gielgud, Fanny Ardant va Richard Attenborough ijro etgan.
Elizabeth filmi 1998-yilning 8-sentyabrida 55-Venetsiya xalqaro kinofestivalida ilk marotaba namoyish etilgan. Oʻsha yilning 23-oktyabridan esa Birlashgan Qirollikdagi kinoteatrlarda namoyish etila boshlagan. Film ham tanqidiy, ham tijoriy jihatdan muvaffaqiyat qozongan. Umumjahon boʻylab kinoprokatlarda $80 milliondan ortiq mablagʻ toʻplagan. Shuningdek, film tegishli toifalarda Oltin globus, BAFTA hamda Oscar mukofotlariga nomzod qilib koʻrsatilgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1998-yil filmlari Turkum:Buyuk Britaniya filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar