John Willard Milnor () (1931-yil 20-fevralda tugʻilgan) – amerikalik matematik. Milnor differensial topologiya, K-teoriyasi hamda dinamik tizimlar sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. Milnor Fields medali, Wolf mukofoti hamda Abel mukofoti bilan taqdirlangan besh matematikning biridir (Pierre Deligne, Jean-Pierre Serre, John Thompson hamda Grigoriy Margulis bilan bir qatorda).

Milnor 1964-yildan beri Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy fanlar akademiyasi aʼzosidir. 1994-yil Rossiya fanlar akademiyasining xorijlik aʼzosi etib tayinlangan.

Milnor Princeton universitetini tamomlagan. Mashhur topolog Ralph Foxning shogirdi. Milnor Princeton shahridagi Perspektiv tadqiqotlar institutida va Stony Brook universitetida ishlagan.

Kitoblari

Manbalar

Havolalar Home page at SUNYSB Photo Exotic spheres home page The Abel Prize 2011 – video

Turkum:20-asr amerikalik olimlari Turkum:21-asr amerikalik olimlari Turkum:Abel mukofoti sovrindorlari Turkum:Fields medali sovrindorlari