Shing-Tung Yau () ()(1949-yil 4-aprelda tugʻilgan) — xitoylik-amerikalik matematik. Yau asosan differensial geometriya, ayniqsa, geometrik analiz sohalarida faoliyat yuritib keladi. 1982-yil Fields medali bilan, 2010-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Yau 1966-1969-yillarda Hong Kong Xitoy universitetida, soʻngra Berkeley shahridagi California universitetida Chen Xinshen rahbarligi ostida matematikani oʻrgangan. 1971-yili dissertatsiyasini himoya qilganidan keyin, Perspektiv tadqiqotlar institutida, soʻngra Princetondagi Stony Brook universitetida ishlagan. Yau 1976-yildan Stanford universiteti, 1984-1987-yillarda San Diegodagi California universiteti va 1987-yildan Harvard universiteti professori boʻlgan.
Yauning geometriya va nazariy fizika oʻrtasidagi bogʻliqliklarni ham oʻrganib keladi. Yau umumiy nisbiylik nazariyasidagi pozitiv energiya teoremasini isbotlab bergan, bu bulan oltmish yil oldin Albert Einstein taklif qilgan teoriya barqaror va toʻgʻri ekanligini koʻrsatib bergan. Yau, shuningdek, Calabi gipoptezasini isbotlab, tola nazariyasi tabiatning umumlashtirilgan teoriyasi uchun nomzod ekanligini koʻrsatib bergan. Manbalar
Turkum:20-asr amerikalik olimlari Turkum:21-asr amerikalik olimlari Turkum:Fields medali sovrindorlari