Carl Ludwig Siegel () (31-dekabr 1896 – 4-aprel 1981) – germaniyalik matematik. Analitik sonlar nazariyasi sohasi boʻyicha mutaxassis. Thue–Siegel–Roth teoremasiga hamda kvadrat formalar uchun Siegel massa formulasiga qoʻshgan hissasi bilan shuhrat qozongan. XX asrning eng muhim matematikalaridan biri hisoblanadiPérez, R. A. (2011) A brief but historic article of Siegel, NAMS 58 (4), 558–566.. 1978-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

1915-yil Berlinda Humboldt universitetida matematika, astronomiya va fizikani oʻrgana boshlagan. Universitetda Max Planck va Ferdinand Georg Frobeniusdan saboq olgan. Frobenius taʼsirida sonlar nazariyasiga qiziqishi ortgan. 1920-yil Göttingen universitetidan PhD darajasini olgan.

Siegelning sonlar nazariyasi, Diophantus tenglamalari hamda samoviy jismlar mexanikasi boʻyicha ishlari tufayli turli taqdirlan bilan mukofotlangan. Uning > 1 da egri chiziqlardagi butun nuqtalarning cheklangani haqidagi teoremasi Diophantus tenglamalarining muhim natijasi hisoblanadi. Shuningdek, olim L-funsiyalarni oʻrganib, Siegel noli tushunchasini taklif qilgan.

Manbalar