Yetti shikoyat (manjurcha: nadan koro; ), shuningdek Xitoydan nafratlanishning yetti sababi — 1618-yil 7-mayda Manjur davlati asoschisi Oysingoro Nurxatsi tomonidan tuzilgan manifest. Bundan oldin u manjur beklari (beyle) oldida quyidagi gaplarni aytadi:
Shu davrdan manjurlarning Xitoyga qarshi yurishlari boshlanadi. Nurxatsi Ningyuan jangida mag‘lub bo‘lishi va oqibatda vafot etishiga qaramasdan, manjurlar Xitoyga qarshi kurashni davom ettirganlar. Natijada Nurxatsining nabirasi Shunchji Xitoyni egallaydi, uning o‘g‘li Kansi esa 1683-yilda Tayvanni egallab bosqinchilik urushlariga barham beradi.
Matni Min sulolasi Nurxatsining bobosi Geochangi va otasi Taksini besabab o‘ldirganlar. Min sulolasi Nurxatsining dushmani hisoblangan Yexe urug‘ini qo‘llab, Nurxatsining urug‘-aymog‘ini Szyanchjouga siqib chiqarishgan. Manjur hududlariga ruhsatsiz kirgan xitoyliklarni qatl qilgani uchun Nurxatsini tovon to‘lashga majbur qilgan Min sulolasi ikki tomonga ham bo‘ysunuvchi hududlar haqidagi kelishuvni buzgan. Min sulolasining harbiy qo‘llab-quvvatlashidan foydalangan Yexe urug‘i o‘z vakilasining Nurxatsi bilan unashtiriluvini bekor qilib, uni mongol xoniga turmushga bergan. Min sulolasi manjurlarning ota tuproqlari hisoblangan Chayxe, Sancha va Fuandan ularni quvib chiqargan va dehqonchilik qilishlariga to‘sqinlik qilgan. Yexe urug‘i bilan nizolar chiqqan paytlarda Min sulolasi doim ularning tarafida bo‘lgan hatto yexelar adolatsizlik qilgan paytlarida ham. Lyaonindagi Min hukumati o‘z vakolatini suisteʼmol qilgan va Nurxatsini haqorat qilgan Shan Bojshi ismli amaldorni Szyanchjou garnizoni boshlig‘i etib tayinlagan.
Havolalar
Turkum:Manifestlar