Narimon Narimonov (toʻliq ismi: Narimon Karbaloyi Najaf oʻgʻli Narimonov, 14-aprel 1870, Tbilisi — 19-mart 1925, Moskva) — Ozarbayjon bolshevik inqilobchisi, ijtimoiy-siyosiy xodim, yozuvchi, publisist, shifokor; Ozarbayjon SSR ning 1-Xalq Tashqi ishlar komissari; Ozarbayjon SSR Inqilob qoʻmitasi raisi; Ozarbayjon SSR Xalq Komissarlari Sovetining 1-raisi; ZSFSR Ittifoq Sovetining 1-raisi; SSSR Markaziy Ijroiya qoʻmitasi prezidiumining ZSFSR dan 1-raisi.
Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-may 211-son Qaroriga binoan Narimon Narimonov Ozarbayjon Respublikasida asarlari davlat mulki deb eʼlon qilingan mualliflar roʻyxatiga kirgan .
Ozarbayjonning musulmon sharqida erishgan bir qancha ilklar, shu jumladan, ilk konstitutsiya uning nomi bilan bogʻliq. Narimonov hokimiyati davrida Ozarbayjon xalqining odat va anʼanalariga chuqur hurmat koʻrsatilib, barcha diniy va anʼanaviy bayramlar rasman dam olish kuni deb hisoblangan. U siyosatchi boʻlish bilan birga maʼrifatparvar va dramaturg-yozuvchi sifatida Ozarbayjon tarixida muhim rol oʻynagan, 1894-yilda Bokuda ilk qiroatxonani ochgan. Adabiyotchi sifatida Ozarbayjon milliy romanining („Bahodir va Sona“) va ilk tarixiy tragediyaning („Nodirshoh“) asoschisidir. Uning hokimiyati davrida barcha qoʻshni respublikalar bilan doʻstlik aloqalari olib borilgan. Masalan, Turkiyadagi Istiqlol urushiga katta koʻmaklik koʻrsatgan, natijada Turkiyaning xaritadan oʻchib ketishiga qarshi olib borilgan kurashda ularga katta yordam bergan. Keyinchalik Otaturk unga bu yordamlarini qaytarishni taklif qilganida Narimon Narimonov unga "Poshom, turk millatiga shunday anʼana bor, jigar har qanday holatda jigarining qoʻlidan tutadi" deb javob bergan.Narimon Narimon — oʻtli vatanparvar, buyuk turk jonkuyari
Hayoti Narimon Narimonov 1870-yilda Tbilisi shahrida tugʻilgan. 1890-yilda Goriy seminariyasini, 1908-yilda Novorossiysk (Odessa) universitetining tibbiyot fakultetini tugatdi.
1905-yilda Sotsial-demokrat „Hummat“ tashkilotining rahbariyatiga kirgan, Rossiya sotsial-demokrat ishchi (bolsheviklar) partiyasining (RSDF (b)P) dasturini Ozarbayjon tiliga tarjima qilgan. 1909-yilda qamoqqa olinib, Hashtarxon shahriga surgun qilindi.
1913-yilda Bokuga qayitgan Narimonov ishchilar orasida tashviqot bilan shugʻullangan.
1917-yilda Narimon Narimonov „Hummat“ tashkiloti markaziy qoʻmitasi raisi va RSDF (b)P Boku qoʻmitasi aʼzosi, „Hummat“ gazetasi bosh muharriri edi.
1918-yil mart oyida Narimon Narimonov Boku sovetida shahar xoʻjaligi boʻyicha xalq komissari etib tayinlandi. Ushbu yilning iyun oyida ogʻir kasallik tufayli Hashtarxon shahriga muolajaga joʻnatiladi. Sogʻaygach bu shahardagi bir necha partiya organlarida ishlaydi.
thumb|left|250px|Pochta markasi (1997) N. Narimonov 1919-yilda Moskvaga chaqirilib RSFSR Xalq Tashqi ishlar Komissarligida (TIV) Sharq masalalari boʻyicha xalq komissari muovini lavozimiga tayinlandi. 1920-yil 28-aprelda Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati tugatilib, Ozarbayjon SSR eʼlon etilgach, N. Narimonov Ozarbayjon SSR Vaqtincha Inqilob qoʻmitasi raisi va Xalq komissarlari soveti raisi lavozimini egalladi.
1922-yilda SSSR tashkil topgach, SSSR Markaziy Ijroiya qoʻmitasi raislaridan biri etib saylandi. N. Narimonov 1925-yilda shubhali shaklda vafot etib, Moskvada Kreml devorlari yaqinida dafn etildi.
Taniqli inqilobchi Lev Trotskiy Narimonov oʻlimi haqisa shunday degandi: „Lenindan soʻng Sharqning eng katta yoʻqotishi.“" Sergo Orjonikidze esa N. Narimonovni shunday tasvirlagan edi: „Partiyamizning Sharqdagi eng katta namoyandasi“."The Great Soviet Encyclopedia, 1939, p. 160.
Oilasi N. Narimonov Tbilisi shahrida kambagʻal oilada tugʻildi. Unga aslan Janubiy Ozarbayjonning Urmiya tumanidan boʻlgan katta bobosining ismini qoʻyishgan. Akasi Salman Narimonov xotira daftarida katta bobomiz Narimon XVII asrda Kaxetiya hokimi I Iroqllining saroyida „sobitqadam“ eshik ogʻasi boʻlgan deb yozadi. N. Narimonovning otasi Karbaloyi Najaf mayda tijorat bilan shugʻullanardi. Karbaloyi Nafajning otasi Ollohberdibey XIX asrda Kavkazortida taniqli musiqa xodimlaridan biri edi. karbaloyi Najaf tbilisilik hoji Muhammadhasan Zamonovning qizi Halima xonimga uylangan, ularning 9 farzandi boʻlgan: Salmon, Marziya, Rizo, Rizvon, Fotima, Sakina, Rizvon (oʻlgan farzandining simini qoʻyishgan), Narimon,Zuhrabonu.Teymur Ahmadov. Narimon Narimonov. Boku, 1982.
Akasi Salmon Narimonov N. Narimonovning katta akasi. U 1847-yilda Tbilisida tugʻilgan. U "Sayyora" va "Sayyorayi Haqqi" taxallusi bilan sheʼr yoza boshlagan. Salmon Narimonov Kavkazda ilk ozarbayjon harf teruvchi sifatida tanilgan. U 1905-1907-yillarda Boku matbaalarida bosh harf teruvchilik qilish bilan birga Ozarbayjonda milliy tartibchilarning yetishib chiqishida va poligrafiya sanʼati rivojida xizmat koʻrsatgan. Maqolalarini „Qari Salmon“ taxallusi bilan yozgan. Hozirgi kunda „Sayohatnoma“ asari OMFA M.Fuzuliy nomidagi Qoʻlyozmalar İnstituida saqlanadi. „Hayot“ gazetasining 1906-yil sonlarida chop etilgan maqolalari: "Namrudlar va Shaddodlar", „Hami-niku“, „Daraxtni ichidan qurt yeydi“, „Falonchiga maktub“, „Qissadan hissa“, „Aytish yoki aytmaslik lozim“, „Ochiq maktub“, „Hurriyatdan haq ila foydalanmoq lozim“. 1907-yilda Bokuda vafot etgan.P.Azizbeyova, I.Mosesova. Oila Sharafi. Boku,1970
Turmush oʻrtogʻi Gulsum Narimonova (Aliyeva) 1898-yilda Boku shahrida aslan Shamaxidan boʻlgan tijoratchi Mirkozim Aliyev oilasida tugʻilgan. 1915-yilda u buyuk mutafakkir, taniqli davlat arbobi N. Narimonov bilan turmush quradi. 1931-1935-yillarda esa u Moskvada Timirzayev nomidagi qishloq xoʻjaligi akademiyasining bogʻbonlik-mevachilik fakultetida va Qoragul qoʻychiligi institutida oʻqiydi. Gʻarbiy Sibirdagi ish tajribasi asosida Gulsum xonim "Juda muhim yem bazasi", „Silos kompaniyasida keskin qaytishga muvaffaq boʻlish lozim“, „Silos uchun minora va okoplar yoʻlida“, „Kollektivlashtirish ayolni ozodlikka chiqaradi“ nomli kitobchalar yozadi. Bundan tashqari u "Tasodifiy kompaniya" maqolasini, „Bolalar uchun ertak va hikoyalar“, „Bakinskiy rabochiy“ gazetasi uchun maqola va "Mening xotiralarim"ni yozib chop ettiradi. Faol homiylik faoliyatiga koʻra Gulsum xonim Narimonova Moskva Harbiy idorasining, Moskva shahar sogʻliqni saqlash shoʻbasining, Harbiy kasalxona qoʻmondonligining farmonlari bilan taqdirlanadi, "Germaniya boʻyicha gʻalabaga koʻra medali" bilan mukofotlanadi. U Moskva shahar Qizil xoch qoʻmitasining homiylik komissiyasi aʼzosi edi, "SSSRning sanitar muhofazasi aʼlochisi" koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi. Gulsum xonim Narimonova 1953-yilda vafot etib, Moskvadagi Vagankovskoye qabristonida dafn etildi.
Abdulla Shoiqning N. Narimonovning turmush qurishi munosabati bilan yozgan tabrik sheʼri:
"Muhtaram Narimonbey Narimonov janoblariga!!"
Nişan qoymuşsan eşitdim, xeyir olsun!
Tong yulduzi kabi baxting porlasin.
Yasha, yangi yoʻldoshingla yuz yasha:
Bu dunyoni rohatda, oshingni osha.
Boʻron, toʻfonlardan soʻng albat,
Goʻzal boʻlar tinchlik, farogʻat.
Yoʻq, sen rohat sevmagan otashsan,
Eriydi qahringla muthish dushman.
A.Shoiq. Boku, 8-mart, 1914-yilA.Shoiqning uy muzeyi fondi.
Oʻgʻli Najaf Narimon oʻgʻli Narimonov 1919-yil 2-dekabrda Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida tavallud topgan. 1928-yilda Najaf Narimonov Moskva shahrida 109-sonli maktabga boradi. 1938-yilda toʻqqiz yillik maktabni muvaffaqiyatli tamomlagan Najaf Narimonov keyinchalik Pushkin nomidagi Tankchilik maktabi nomini olgan Leningrad Harbiy texnik-tank maktabiga kiradi. Najaf Narimonov 1940-yilda Kiyev harbiy maktabini tamomlagach, Harbiy akademiyada oʻqishni xohlardi. Buning uchun u Qizil armiyaning Stalin nomidagi Harbiy akademiyasigaqabul imtihoniga kirishi uchun ariza bilan murojaat qiladi. Lekin 1941-yilda boshlangan Ulugʻ Vatan urushi uning uning orzusi amalga oshishiga toʻsqinlik qiladi. U Stalingrad va Janub frontlarida jang qilgan, 2-gvardiya mexaniklashtirish korpusining 58-alohida gvardiya taʼmir-barpo taborining tank temir boʻlimining vzvod komandiri boʻlgan. „Stalingrad mudofaasiga koʻra“ medal bilan taqdirlanadi. 1943-yil 10-sentabrda Ukrainaning Volnovaxa shahri va shahar temiryoʻl bazasining dushmanlardan ozod etilishida Najaf Narimonovning tankchilari ham ajralib turadi. Oʻsha kuni jasur komandir, 24 yoshli Narimonov halok boʻladi. Uni Volnovaxadagi qardoshlik qabristonida askarlik ehtiromi bilan dafn etishadi.Teymur Ahmadov. Narimon Narimonov. Boku, 1982
Amakisi nabirasi
Muzaffar Narimonov 1897-yilda Tbilisida tugʻilgan. Fevral-burjua demokratik inqilobidan (1917) soʻng Boku gubernatorligi oziq-ovqat qoʻmitasi vakili, Ozarbayjonda Sovet hokimiyati oʻrnatilgach esa Nuxa uezdi va Zagatala tumani favqulodda komissari muovini boʻlgan. 1921-yilda AK (b) P Fabrika va zavod tuman qoʻmitasi kotibi etib tayinlandi. 1925-yilda G.V.Plexanov nomidagi Xalq xoʻjaligi institutini tamomlab, AK (b) P MK tashkilot shoʻbasi mudiri (1925-1927), Ozarbayjon SSR Xalq FKM komissari muovini (1927-1928), UİK (b) P Sverdlovsk idora qoʻmitasi kotibi (1929-1930), AK (b) P MK kotibi, Ural Isteʼmol ittifoqining rais muovini (1930-1933), AK (b) P MK ommaviy tashkilot shoʻbasi mudiri, Orjonikidze Rayon qoʻmitasi kotibi, Boku qoʻmitasi kotibi, keyinchalik II kotibi (1933-1937) lavozimlarida ishlagan. UİK (b) P-ning 16 va 17-qurultoylari, AKP va Kavkazorti kommunist tashkilotlarining bir qator qurultoylarining vakili boʻlgan. Koʻp bor AK (b) P MK, UIK (b) P Kavkazorti oʻlka va Sverdlovsk viloyat qoʻmitalariga, Ozarbayjon SSR MIK va SSR MIK ga aʼzo etib saylangan. Qizil Mehnat bayrogʻi ordeni bilan taqdirlangan. 1937-yilda M.Bagʻirov tomonidan qamoqqa olinib, 1938-yilda esa repressiya qurboni sifatida otib tashlangan.Ozarbayjon Sovet Ensiklopediyasi.VII jild. Boku,1983. b.226
thumb|Salmon Narimonov|alt=|left|228x228px</div></div></div></div>
Oʻqituvchilik faoliyati
Qizil hojili qishloq oʻrta maktabi davri (1890—1891) Tbilisi gubernatorligi uezdlarda ijtimoiy maktab ochish uchun 1873-yil 22-noyabrda maxsus nizomnoma qabul qildi. 1875-yilda Borchali uezdida yashovchi ozarbayjonlar uchun ijtimoiy maktab tashkil qilish maqsadida N. Narimonov hududni aylanib chiqadi. Hech bir qishloq ushbu maktabni qabul qilmaydi. Faqatgina Qizil hojili maorif organlariga maxsus ariza bilan murojaat qilgan holda bu maktabning ularga berilishini soʻrashadi. 1875-yil hisobotida Kavkaz tehsil doirasining mudiri Neverov yozadi: „Oʻz xarajati bilan maktab ochish niyatida boʻlgan Borchali uezdidan Qizil hojili nomli musul qishlogʻi ham bor“."Maorif" (Gruziya maorif ishchilarining ilmiy-metodik gazetasi), may, 2003.
XIX asrning 70-yillarida hukumatning alohida buyrugʻi bilan qishloqlarda tashkil topgan ijtimoiy maktablar davlatning maorif organlari tomonidan nazorat qilinar, lekin davlat xazinasidan yordam koʻrsatilmasdi. Ijtimoiy maktablarni saqlash uchun aholidan alohida soliq olinardi. Shu maqsadda oʻsha yil har uydan 1 manat 30 qapikdan olgan qizilhojliklar 292 manat pul yigʻishdi. Buni 200 manati oʻqituvchi uchun yillik mehnat haqqi, 92 manat esa maktab xoʻjalik ishlari va dars anjomlari uchun sarflandi. Shunday qilib qizilhojiliklar Kavkazortida yashovchi ozarbayjonlar uchun ochilgan maorifning ilk pioneri boʻlishdi. 1876-yilda maktab uchun yangi tipli, uch sinfli tosh bino ham qurishdi. Shu tarzda 1877-yil 1-sentyabrda avvallar maxsus evlarda faoliyat koʻrsatgan mulla maktabining bazasida yangi tipli, dunyoviy tehsil beruvchi boshlangʻich maktab ishga tushdi. Hali Narimonov tirikligida qishloq ahli bir qaror bilan uni „Narimoniya maktabi“ deb nomlagan edilar.