Sherzodxon Tojiddinxon oʻgʻli Qudratxoʻja — jurnalist, teleboshlovchi, siyosatshunos, siyosiy fanlar doktori, professor, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, „Xalqaro press klub“ NNT raisi (2017—2022), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisiFirdavs Abduxoliqov OʻzEOAVMA raisligidan ketdi. Uning oʻrnini Sherzodxon Qudratxoʻja egalladi.
Faoliyati 1996—1998-yillar — Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi Axborot direksiyasi muharriri, siyosiy sharhlovchisi;
1998—1999-yillar — Oʻzbekiston Teleradiokompaniya Xalqaro koʻrsatuvlar direksiyasi direktori;
1999—2000-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazi va xizmati rahbari;
2000—2005-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati bosh konsultanti;
2005—2008-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Matbuot kotibi;
2008—2012-yillar — Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Internet jurnalistika va informatsion texnologiyalar kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchisi;
2012—2013-yillar — Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Internet jurnalistika va informatsion texnologiyalar kafedrasi mudiri;
2013—2016-yillar — Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Uslubiyat, tahrir va internet jurnalistika kafedrasi dotsenti;
2016—2017-yillar — Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Raqamli ommaviy axborot vositalari kafedrasi dotsenti;
2017—2018-yillar — Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Matbuot nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri;
2017—2022-yillar — Xalqaro Press-klub nodavlat-notijorat tashkiloti raisi;
2017—yildan hozirga qadar — Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi vitse-prezidenti;
2018—yildan hozirga qadar — Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektoriSherzod Kudratxodjaev vozglavil Universitet jurnalistiki i massovix kommunikatsiy.
2019—2024-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining jamoatchilik asosidagi aʼzosi
2022—yildan hozirga qadar — Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruvi raisioav.uz
2022—yildan hozirga qadar — Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Jamoatchilik kengashi raisi
Mukofotlari 2019-yil — „Oltin qalam“ milliy mukofoti Gran-pri sovrindori; 2019-yil — „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi; 2020-yil — „Mehr-saxovat“ koʻkrak nishoni sohibi; 2020-yil — „Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist“ faxriy unvoni sohibihttps://kun.uz/uz/news/2020/08/31/sherzod-qudratxojayev-qoraqalpogistonda-xizmat-korsatgan-jurnalist-sifatida-taqdirlandi; 2022-yil — „2021-yilning Media Lideri“. 2025-yil — "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist" unvoni
Shov-shuvli chiqishlari Sherzodxon Qudratxoʻja tomonidan 2024-yilning 13-fevral kuni Kirill Altmanga Alter Ego loyihasi uchun berilgan intervyu omma orasida keng shov-shuvlarga sabab boʻldi. Xususan, intervyu davomida aytgan "Oʻzbekistonda yashab, oʻzbek tilini bilmaydiganlar „bosqinchi“ yoki „axmoq“ ekanini oʻzlari hal qilishi kerak", kabi fikrlari rus ommasi tomonidan qattiq tanqidlarga uchradi. „Rossotrudnichestvo“ rasmiylari Qudratxoʻja kechirim soʻramaguniga qadar u bilan kechadigan har qanday muloqot va aloqalar toʻxtatilishini maʼlum qildi.
Oʻzbek internet segmenti tomonidan esa bu intervyuda aytilgan fikrlar iliq qabul qilindi.
Manbalar
Havolalar
Rasmiy sahifasi YouTubeda Rasmiy sahifasi Instagramda Rasmiy sahifasi Facebookda Rasmiy sahifasi Telegramda
Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Oltin qalam milliy mukofoti sohiblari