2014-yilgi Turkiya kubogi finali – 2014-yilning 7-may kuni Koʻniya Otaturk stadionida Galatasaroy va Eskişehirspor jamoalari 2013—2014-yilgi Turkiya kubogida gʻalaba qozonish uchun bahslashgan Turkiya Kubogining 52-final oʻyini edi. Galatasaroy Wesley Sneijderning 70-daqiqada urgan goli bilan hisobni ochdi va oʻyin oxiriga qadar saqlab qoldi. Natijada jamoa oʻz tarixida 15-marta Turkiya kubogining gʻolibiga aylandi. Sariq-qirmizilar Turkiya kubogida gʻalaba qozongan jamoa sifatida shu yilda Turkiya oliy ligasida gʻolib boʻlgan Fenerbahche jamoasi bilan Turkiya superkubogi uchun maydonga tushdilar.

Soʻnggi marta Turkiya kubogini 2005-yilda qoʻlga kiritgan Galatasaroy, bu chempionlik kubogini 9 yil oʻzi bilan muzeyda saqladi. Galatasaroy jamoasining texnik direktori boʻlgan Roberto Mancini ilk bor jamoa bilan kubogni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Fiorentina, Latsio, Internazionale va Manchester City jamoalari bilan mamlakat kubogi chempionligini qoʻlga kiritgan italiyalik murabbiy shu tariqa oʻz faoliyati davomida ishlagan barcha klub jamoalari bilan mamlakat kubogi chempionligini yutdi. Oʻtmish Turkiya kubogini eng oxirgi marta 2005-yilda qoʻlga kiritgan Galatasaroy Turkiya kubogi finallarida 19 marta ishtirok etib, 14 tasida gʻalabani qoʻlga kiritgan. 1963-yilgi kubog finalida Fenerbahcheni 2-1 hisobida magʻlub etgan Galatasaroy 1966, 1993, 1994, 1998 va 1999-yillarda Beshiktosh bilan toʻqnashdi. 1964-yilgi finalning birinchi oʻyinida 0-0 hisobida durang oʻynagan Altay jamoasi, ikkinchi oʻyinda maydonga tushmagani uchun Galatasaroy federatsiya tomonidan 3-0 hisobi bilan gʻolib deb topildi va shu tariqa gʻalaba qozongan va chempion boʻlgan birinchi jamoaga aylandi. Sariq-sirmizilar Turkiya kubogini 1991, 1996 va 2000-yillarda qoʻshimcha daqiqalar bilan, 1976-yilda esa penaltilar seriyasi bilan oʻz muzeylariga olib kelishdi. 1963, 1964, 1965 va 1966-yillarda ketma-ket 4 marta kubog bahslarida gʻolib boʻldi.

Finalga qadar kubog bahslarida 3 marta maydonga tushgan Eskişehirspor esa eng oxirgi marta kubogni 1971-yil Bursasporni magʻlub etgan holda qoʻlga kiritgan edi. Eskişehirspor 1970-yilda Göztepe jamoasiga, 1987-yilda Gençlerbirliği jamoasiga finalda magʻlub boʻlgan. Jamoa 1971-yilgi Turkiya kubogidan biroz oʻtib, 1971-yilgi Prezident kubogi finalida Galatasaroyni 3-2 hisobida magʻlub etgan va kubogda gʻolib boʻlgan.

Ikki jamoa finalga qadar 72 marta oʻzaro toʻqnash kelishgan. Bu oʻyinlarning 30 tasida Galatasaroy va 14 tasida Eskişehirspor gʻalaba qozongan boʻlsa, 28 ta bahs durang natija bilan yakunlangan . Ikki jamoa ilk marta 1962-63-yilgi mavsumda Turkiya kubogida 14 marta toʻqnash kelishgan. Bu oʻyinlarning 6 tasida Galatasaroy, 4 tasida Eskişehirspor gʻalaba qozongan boʻlsa, qolgan 4 ta oʻyinda durang natija qayd etildi.

Finalgacha Eskişehirspor kubok oʻyinlariga ikkinchi saralash bosqichida qoʻshilgan. Bu bosqichda u Çıksalınsporni 7-0 hisobida magʻlub etib, keyingi bosqichga yoʻl oldi. Uchinchi saralash bosqichida Alanyaspor bilan toʻqnashgan jamoa 2-0 hisobida gʻalaba qozondi. Galatasaroy esa kubok oʻyinlariga toʻrtinchi saralash bosqichidan qoʻshildi. Bu turda Gaziantep jamoasi bilan toʻqnash keldi. Oʻyin penaltilar seriyasiga qadar 2-2 hisob bilan tugadi. Oʻyinda penaltilar seriyasida 6-5 hisobida ustun kelgan Galatasaroy jamoasi gʻolib boʻldi va keyingi bosqichga oʻtdi. Eskişehirspor ham toʻrtinchi turda Vanspor jamoasini 4-1 hisobi bilan magʻlub etib, keyingi bosqichga chiqdi. Guruhlarga qoʻshilish uchun eng oxirgi beshinchi bosqichdan oʻtish kerak edi. Bu bosqichda Galatasaray Balıkesirsporni 4-0, Eskişehirspor Fethiyesporni 3-0 hisobida magʻlub etdi va guruhlarga qoʻshilishdi.

Galatasaroy kubok guruhlarida Antalyaspor, Elazığspor va Tokatspor bilan birgalikda B guruhiga joylashdi. Galatasaroy guruhdagi birinchi oʻyinida 2-liga jamoasi Tokatsporni 2:0 hisobida magʻlub etdi va dastlabki uch ochkoni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻyinda Turkiya oliy ligasi jamoalaridan biri Antalyaspor bilan 1-1 hisobida durang oʻynadi va bir ochko qoʻlga kiritdi. Jamoa uchinchi oʻyinida Elazığspor bilan toʻqnash keldi va maydondan 1-0 hisobida yutqazdi va guruhdagi yagona magʻlubiyatini tan oldi. Guruhdagi toʻrtinchi oʻyinda u yana Elazığspor bilan toʻqnash keldi va raqibini 3-0 hisobida magʻlub etdi. Beshinchi uchrashuvida u Tokatsporni 3-0 hisobida magʻlub etishga muvaffaq boʻldi. Oʻz guruhidagi soʻnggi uchrashuvida Antalyaspor bilan toʻqnash kelgan Galatasaroy 0-0 hisobida durang oʻynadi va guruhni Antalyaspordan keyin ikkinchi oʻrinda tugatdi va yarim finalga oʻz nomini yozdirib qoʻydi . Eskişehirspor A guruhida Bursaspor, Akhisar Belediyespor va Sivasspor bilan bellashdi. Birinchi Akhisar Belediyesporga oʻz uyida 2-0 hisobida yutqazdi va ikkinchi oʻyinda safarda Sivassporga qarshi oʻyinda xuddi shu hisobda gʻalaba qozondi. Uchinchi uchrashuvda u safarda Bursasporga 4-1 hisobida yutqazdi va guruhdagi ikkinchi magʻlubiyatini qabul qilib oldi. Toʻrtinchi uchrashuvida yana Bursasporga qarshi oʻynagan Eskişehirspor raqibini 1-0 hisobida magʻlub etdi va ochkolarini oltitaga yetkazdi. Beshinchi uchrashuvida u Akhisar Belediyespor bilan mehmonda 1-1 hisobida durang oʻynadi. Guruhdagi soʻnggi oʻyinda oʻz uyida Sivassporni qabul qilgan Eskişehirspor 1-0 hisobidagi gʻalaba bilan maydonni tark etdi va Bursaspordan keyin ikkinchi oʻrinni egallab, yarim finalga yoʻl oldi.

Galatasaroy A guruhi yetakchisi Bursaspor bilan birinchi oʻyinda 2-2 hisobida durang oʻynadi. Yarim finalning ikkinchi oʻyinida, safarda 2-0 hisobida magʻlub boʻlganiga qaramay, u 5 ta gol urishi bilan uchrashuvni oʻz foydasiga burdi va Bursasporni jami 7-4 hisobida magʻlubiyatga uchratdi va finalda oʻynash huquqini qoʻlga kiritdi. Eskişehirspor B guruhini peshqadam sifatida yakunlagan Antalyaspor bilan bellashdi. Qizil chaqmoqlar yarim finalning birinchi oʻyinida oʻz maydonida 1-0 hisobida yutqazib, ikkinchi oʻyinda 3-1 hisobida gʻalaba qozondi va kubokning ikkinchi finalchisiga aylandi.

Eskişehirspor finalga qadar 12 uchrashuv oʻtkazdi. U ushbu uchrashuvlardan 8 gʻalaba, 1 durang va 3 magʻlubiyatni qoʻlga kiritdi. U oʻynagan oʻyinlarida 25 gol urdi va 10 gol oʻtkazib yubordi. Galatasaroy soʻnggi oʻyindan oldin jami 10ta oʻyin oʻtkazdi. Ushbu uchrashuvlarning 5 tasida gʻalaba, 4 ta durang qayd etdi va faqat bir marta yutqazdi. Oʻyinlarda raqiblar darvozasiga 22 ta gol urdi va oʻz darvozasidan 8 ta gol olib chiqdi. Final uchrashuvigacha Anri Bienvenu Eskişehirsporda 5 ta gol urib jamoasining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Galatasaroyda Selchuk Inan 4 ta gol bilan jamoasining soʻnggi yoʻlida eng koʻp gol urgan futbolchi boʻldi. GalatasarayTurEskişehirsporRaqibNatijaSaralash bosqichiRaqibNatijaOʻynamadiIkkinchi saralash bosqichiÇıksalınspor7-0 (U)Uchinchi saralash bosqichiAlanyaspor2-0 (U)Gaziantep Bş. Bld.2-2 (6-5 Pen.) (U)Toʻrtinchi saralash bosqichiBelediye Vanspor4-1 (U)Balıkesirspor4-0 (U)Beshinchi saralash bosqichiFethiyespor3-0 (U)RaqibNatijaGuruh jadvaliRaqibNatijaTokatspor2-0 (U)1-turAkhisar Belediyespor0-2 (U)Antalyaspor1-1 (M)2-turSivasspor2-0 (M)Elazığspor0-1 (M)3-turBursaspor1-4 (M)Elazığspor3-0 (U)4-turBursaspor1-0 (U)Tokatspor3-0 (M)5-turAkhisar Belediyespor1-1 (M)Antalyaspor0-0 (U)6-turSivasspor1-0 (U)B guruhning ikkinchisi JamoaAntalyaspor6330124812Galatasaroy632192711Elazığspor62229908Tokatspor6015419-151Yakuniy reytingA guruhning ikkinchisi JamoaBursaspor6411114713Eskişehirspor631267-110Akhisar Belediyespor622256-18Sivasspor610549-53RaqibUmumiy1-oʻyin2-oʻyinRaqibUmumiy1-oʻyin2-oʻyinBursaspor7-42-2 (E)5-2 (D)Yarim finalAntalyaspor3-20-1 (E)3-1 (D)

Hakamlar Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) Hüseyin Göçekni final uchrashuvining hakami etib tayinladi. Uchrashuvda Göçekning yordamchilari sifatida Orkun Aktaş va Kemal Yılmaz tanlangan boʻlsa, toʻrtinchi hakam sifatida Mete Kalkavan tayinlandi. Istanbul mintaqasida bosh hakam boʻlgan va menejmentlik bilan shugʻullanadigan Göçek Turkiya oliy ligasida 2004-yildan beri ishlaydi. 2008-yilda FIFA hakami boʻlgan Göçek, ushbu bahsga qadar hech qanday kubog finalini boshqarmagan edi. Göçek 2013-14-yilgi Turkiya oliy ligasida 17 ta, UEFA Chempionlar Ligasida 3 ta, UEFA Yevropa Ligasida 1 ta oʻyin boshqardi, ammo Turkiya kubogida birorta oʻyin boshqarmadi.

Oʻyindan oldin thumb|230px|Uchrashuv oʻtkazilgan Koʻniya Otaturk stadioni koʻrinishi Şanlıurfa Yoshlar Xizmati va Sport Viloyat Direktori Ertuğrul Yıldız, 2014-yil Turkiya Kubogi final uchrashuvi Şanlıurfa GAP stadionida oʻtkazilishini maʼlum qildi. TFF mutasaddilari final uchun koʻrib chiqilayotgan GAP stadionida bir nechta sinovlarni oʻtkazgan boʻlsalar-da, Eskişehirspor bu shahar juda uzoq ekanligi sababli Anqara, Izmir yoki Koʻniyada boʻlib oʻtadigan oʻyin uchun federatsiyaga murojaat qildi. 2014-yil 21-aprelda Turkiya futbol federatsiyasi rasmiy veb-sahifasi orqali 2014-yil 7-may kuni Koʻniya Otaturk stadionida boʻlib oʻtadigan Turkiya kubogi finalining oʻyinini eʼlon qildi. Final oʻyiniga qadar oʻn ikki xil shaharda boʻlib oʻtgan Turkiya kubogi finali birinchi marta Koʻniyada oʻtkazildi. Shundan soʻng stadion finalga tayyorgarlik koʻra boshladi.

2014-yil 22-aprelda TFF tomonidan tashkilot yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Ushbu uchrashuvda final oʻyini uchun chiptalar ₺40, ₺60 va ₺100 etib belgilandi. Chiptalar federatsiyaning rasmiy veb-saytida va Eskişehir Ataturk stadioni va Koʻniya Otaturk stadioni kabinalarida sotuvga qoʻyildi. Yigʻilishda qabul qilingan qaror bilan kubok marosimini oʻyin oxirida protokol tribunasida oʻtkazishga qaror qilindi. 29-aprel kuni TFF tomonidan barcha chiptalar sotilganligi haqida xabar berildi. 5-mayda Turkiya futbol federatsiyasi Galatasaroyning talabiga binoan stadion kassalarida ₺100 lik 550 chipta sotuvga chiqarilganligini maʼlum qildi. Xuddi shu sanada federatsiya tomonidan nogiron fuqarolar, gʻoziylar va hamrohlar uchun chiptalar savdosi boshlanganligi eʼlon qilindi. Boshqa tomondan, oʻyin paytida xavfsizlikni taʼminlash uchun Karaman, Aksaray va Mersin viloyatlaridan kuchaytirilgan xavfsizlik kuchlari olib kelindi.

Eskişehirspor jamoasi 5-may kuni oʻyin boʻlib oʻtadigan Koʻniyaga yetib keldi. Galatasaroy esa 6-may kuni Koʻniyaga 33 kishidan iborat toʻliq tarkib bilan, koʻplab muassasa rahbarlari va xodimlari, jumladan fizioterapevtlar, massajchilar va oshpazlar bilan keldi. Oʻsha kuni Dedeman Konya Hotel&Convention Centerda Galatasaroy jamoasi sardori Sabri Sarioglu va Eskişehirspor jamoasi sardori Sezgin Koşkun va ikkala jamoa murabbiylari bilan qoʻshma matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Uchrashuvdan soʻng, Eskişehirspor murabbiyi Ertuğrul Sağlam Galatasaroy ustozi Roberto Manchiniga 26-raqamli Eskişehirspor formasini sovgʻa qildi.

Finalga chiqqan ikki jamoaning futbolchilari oʻyin boshlanishidan yarim soat oldin maydonga chiqib, qizib olish mashqlarini bajarishdi. Chempion jamoaga beriladigan kubok maydonga ikki kishi boshchiligida olib keltirildi. Uchrashuv boshlanishidan oldin maydonda tashkilot va ikkita finalchi jamoa logotiplari tushirilgan bayroqlar osib qoʻyildi. Manchini final uchrashuvi boshlanishidan oldin Ertuğrul Sağlamga Galatasaroy formasini sovgʻa qildi. Ikkala jamoa murabbiylari ham matbuot vakillari uchun esdalik fotosuratini olishdi. Eskişehirspor muxlislari oʻyin oldidan mashʼalalarni yoqishdi. Oʻyin boshlanishidan oldin yaqinda vafot etgan Bursasporning sobiq prezidenti Ibrohim Yozichining xotirasiga bir daqiqa sukut saqlandi. Galatasaroy jamoasini sariq-qizil rangli forma bilan, Eskişehirspor jamoasi qizil-qora chiziqli forma bilan maydonga tushdi.

Oʻyin thumb|200px|Oʻyindagi yagona gol sohibi Galatasaray oʻyinchisi Wesley Sneijder uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi. Tarkibni tanlash