„California Gurls“ — amerikalik xonanda Katy Perry hamda reper Snoop Dogg tomonidan hamkorlikda ijro etilgan qoʻshiqdir. Qoʻshiq Perryning Teenage Dream (2010) nomli uchinchi studiyaviy albomining asosiy singli oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiq matnini Perry, Snoop Dogg, Bonnie McKee, Dr. Luke va Max Martin yozishgan. Perryning soʻzlariga koʻra, „California Gurls“ qoʻshigʻi Jay-Z va Alicia Keys hamkorlikda ijro etgan „Empire State of Mind“ (2009) qoʻshigʻi uchun javob qoʻshigʻidir.
„California Gurls“ ashulasi musiqa tanqidchilari tomonidan xush qarshilangan. Billboard Hot 100 chartida ketma-ket olti hafta davomida birinchi pogʻonani egallab turgan. AQShdan tashqari, yana yetti mamlakat chartlarida ham birinchi pogʻonaga koʻtarilgan. 2010-yili Kanadada yilning eng savdosi chaqqon qoʻshigʻi deb topilgan. Bundan tashqari, toʻqqiz mamlakatda platina sertifikati bilan taqdirlangan.
Qoʻshiq uchun klip ham olingan boʻlib, unga Mathew Cullen rejissorlik qilgan. Klip 2010-yilning 15-iyunida omma eʼtiboriga havola etilgan. Klip voqealari „Candyfornia“ („Candy“ („Shirinlik“) va „California“ („Kaliforniya“) soʻzlari birlashmasi) nomli xayoliy shaharda boʻlib oʻtadi.
2010-yilning 2-dekabrida qoʻshiq „Eng yaxshi pop hamkorligi“ nominatsiyasida Grammy mukofoti bilan taqdirlangan.
thumb|right|Perry 2011-yilda California Dreams Tour gastrolida „California Gurls“ ashulasini ijro etmoqda.
Trek-list Digital download „California Gurls“ (Snoop Dogg bilan hamkorlikda) — 3:56
CD single „California Gurls“ (featuring Snoop Dogg) — 3:56 „Hot n Cold“ (Yelle Remix) — 4:07
US digital download — remix EP „California Gurls“ (Armand Van Helden Remix) — 5:48 „California Gurls“ (Innerpartysystem Main Mix) — 4:27 „California Gurls“ (Manhattan Clique Long Beach Mix) — 7:00
UK digital download — remix EP „California Gurls“ (MSTRKRFT Main Mix) — 3:59 „California Gurls“ (Innerpartysystem Main Mix) — 4:27 „California Gurls“ (Manhattan Clique Long Beach Mix) — 7:00
Chartlar
Haftalik Chart (2010) Oʻrni Yevropa (European Hot 100 Singles) 1 (Polish Dance Chart) 8 (Top Radio Hits) 31 (Venezuela Pop Rock) 1
Oylik Chart (2010) Oʻrni (:en:Brasil Hot 100 Airplay) 26 (Brasil Hot Pop Songs) 7
Yillik Chart (2010) Oʻrni (ARIA) 5 (Ö3 Austria Top 40) 16 (Ultratop 50 Flanders) 24 (Ultratop 50 Wallonia) 17 (Canadian Hot 100) 1 (Tracklisten) 30 Yevropa (European Hot 100 Singles) 14 (SNEP) 20 (Media Control AG) 20 (Rádiós Top 40) 14 (IRMA) 10 (FIMI) 12 (Japan Hot 100)„Japan Hot 100 — Year-End 2010“ . Billboard. Retrieved August 23, 2018. 23 (Dutch Top 40) 10 (Single Top 100) 17 (RIANZ) 3 (Romanian Top 100) 94 (Russia Airplay) 115 (PROMUSICAE)„Top 20 Television — Ano 2010“ (in Spanish). Promusicae. Retrieved August 23, 2018. 13 (Sverigetopplistan) 39 (Schweizer Hitparade) 18 (UK Singles) 8 (Billboard Hot 100) 4 (Adult Contemporary) 17 (Adult Top 40) 7 (Dance Club Songs) 5 (Dance/Mix Show Airplay) 15 (Mainstream Top 40) 5 (Rhythmic) 17 Chart (2011) Oʻrni (Rádiós Top 40) 92
Oʻn yillik Chart (2010-2019) Oʻrni (Billboard Hot 100) 49
Hamma vaqt Chart (1958-2018) Oʻrni (Billboard Hot 100) 245
Manbalar
Havolalar
Turkum:2010-yil qoʻshiqlari Turkum:2010-yil singllari Turkum:Katy Perry qoʻshiqlari Turkum:Canadian Hot 100 chartida birinchi oʻrinni egallagan singllar Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar