Jasur Alimjanovich Rizayev — oʻzbekistonlik olim, tibbiyot fanlari doktori, professor. Toshkent davlat stomatologiya institutining sobiq rektori. Hozirda, Oʻzbekistondagi ilk oliy taʼlim muassasalaridan biri — Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori.Avvalgi rektor Shamsiyev Azamat Muxitdinovich Tibbiyot boʻyicha 3 monografiya va oliy taʼlimning tibbiyot sohasidagi talabalar uchun moʻljallangan koʻpgina darslik va oʻquv-qoʻllanmalar muallifi.
Biografiyasi Rizaev Jasur Alimjanovich 1974-yil 27-iyunda Toshkent shahrida ishchilar oilasida tugʻilgan. 1991-yilda Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 254-sonli oʻrta maktabni oltin medal bilan tugatgan. 1996-yilda Toshkent birinchi tibbiyot institutini tamomlagagan. 1996-yildan shu institutning ortopedik stomatologiya kafedrasi xodimi va poliklinikada internatura shifokori; 1998-yildan institutining terapevtik stomatologiya kafedrasida katta laborant; 2000—2007-yillarda yordamchi sifatida oʻz faoliyatini davom ettirgan. 2005—2007-yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalar kasaba uyushma tashkilotining raisi boʻlgan.
2006-yilda „Periodontit kursining klinik va funktsional koʻrsatkichlari va davolash xususiyatlari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2007-yildan boshlab u terapevtik stomatologiya kafedrasida dotsent lavozimida ishlagan, ish jarayonida bemorlarga yordam berish koʻnikmalarini mukammal egallagan. 2007-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining 3-klinikasi bosh shifokorining oʻrinbosari, 2009-yilda Toshkent shahridagi Uchtepa tibbiyot birlashmasining rahbari, 2011-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining 3-klinikasi bosh shifokori lavozimlariga tayinlangan.
2015-yilda „Kompleks ijtimoiy-gigiena tadqiqotlari asosida Oʻzbekiston aholisida periodontal kasalliklarning oldini olish boʻyicha konsepsiya va dasturlarni ishlab chiqish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
2016-yil 26-avgustdan 2020-yilgacha Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori2016-yil 26-avgustdan 2020-yilgacha Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori. 2020-yil Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori bilan Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori etib tayinlandi.
Faxriy unvonlar
Buxoro davlat tibbiyot institutining (O‘zbekiston) faxriy professori - 2019-yil. I.I.Mechnikov nomidagi Shimoliy-G‘arbiy davlat tibbiyot universitetining (Rossiya) faxriy professori - 2021-yil. S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universitetining (Qozog‘iston) faxriy professori - 2021-yil. M.F.Vladimirskiy nomidagi Moskva viloyati ilmiy-tadqiqot institutining (Rossiya) faxriy professori - 2023-yil. Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasining (Rossiya) faxriy professori - 2023-yil. N.N.Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universitetining (Rossiya) faxriy professori - 2024-yil. Belarus davlat tibbiyot universitetining (Belarus) faxriy doktori - 2024-yil. Shinchjon tibbiyot universitetining (Xitoy) faxriy professori - 2024-yil. Akademik E.A nomidagi Perm davlat tibbiyot universitetining (Rossiya) faxriy professori - 2024-yil.
Ilmiy unvonlar
Xalqaro ekologiya, inson va tabiat xavfsizligi fanlar akademiyasining (MANEB, Rossiya) haqiqiy a’zosi (akademik) - 2022-yil.
Medallar va mukofotlar
"Sog‘liqni saqlash a’lochisi" nishoni, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2013-yil 6-noyabrdagi 455-sonli buyrug‘iga muvofiq topshirilgan. "Mustaqillikning 20 yilligi" nishoni, O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik yubileyi sharafiga berilgan. "Mustaqillikning 25 yilligi" nishoni, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan berilgan. M.G. Prives nomidagi "Stomatologiyani rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi uchun" medali, akademik I.P. Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya), 2021-yil. "Uzbekistan – the U.S. 30 years of friendship" medali, O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi (2022-yil). Rim papasi Fransisk pontifikatining 6 yiliga bag‘ishlangan rasmiy yillik medali, Vatikanning muqaddas taqvo va davlat mol-mulk boshqarmasi (2018-yil). "O‘zbekiston Respublikasi xizmat ko‘rsatgan stomatologi" nishoni, O‘zbekiston stomatologlar assotsiatsiyasi (2021-yil). "Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti" nishoni, Buxoro davlat tibbiyot instituti (2019-yil). "40 yillikka" yubiley medali, Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi (2019-yil). "Semmelvays universitetiga 250 yil" medali, Semmelvays universiteti (Vengriya, 2019-yil). "Dunyoda stomatologiyani rivojlantirishda munosib hissa uchun tan olinganlik" medali - The Academy of Dentistry International (San-Antonio, AQSh). “Oliy ta’lim a’lochisi” — O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 23-sentyabrdagi 371-sonli buyrug‘i asosida.
Ilmiy faoliyati Google Scholar maʼlumotlar bazasida yuzdan ortiq ilmiy maqolalari borGoogle scholar.
Bosh muharrir - Uzbek journal of case reports
Manbalar
Havolalar Rasmiy sahifasi Instagramda
Turkum:Oʻzbekiston olimlari Turkum:Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari Turkum:Toshkent tibbiyot akademiyasi bitiruvchilari Turkum:Samarqand davlat tibbiyot universiteti oʻqituvchilari