Samandar Hamroqulov (23-dekabr, 1978-yilda tugʻilgan) — oʻzbek pop qoʻshiqchisi, aktyor, teleboshlovchi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2007). Samandar 2002-yil „Sevgi fazosi“ qoʻshigʻi bilan Oʻzbekistonda shuhrat qozongan. U ham oʻzbek, ham rus tillarida qoʻshiq kuylaydi.

Samandar 1999-yil „Chayon gul“ filmida ilk yirik rolini oʻynadi. 2005-yil suratga olingan „Yarim baxt“ filmidagi roli Samandarga yanada koʻproq shuhrat olib keldi. Bu muvaffaqiyatlardan keyin Samandar bir necha filmda rol oʻynadi.

Biografiyasi 1978-yil 23-dekabr kuni Namangan shahrida sanʼatkor va qiziqchi Rustam Hamroqulovlar oilasida tavallud topgan. Namangan shahridagi Farobiy nomidagi 2-sonli maktabga borgan. 1996-yildan 2000-yilgacha Toshkent Davlat Sanʼat institutining „Musiqali drama“ fakultetida oʻqigan. Samandar Hamraqulovning sanʼat sohasiga kirib kelishining asosiy sababi uning sanʼatkor oilasida tugʻilganligi bilan oʻzaro bogʻliqdir. Samandar Hamraqulov xalq orasida "Sevgi fazosi“ qoʻshigʻi bilan tanilgan boʻlib, bu qoʻshiq xonandaning ilk ijodi hisoblanadi. Soʻng „Asalim goʻzal“, „Samandar tangosi“ hamda 2002-yilda suratga olingan Rustam Saʼdiyevning „Muhabbat sinovlari“ filmiga ishlangan „Sen oʻzing“ soundtreki juda ham ommalishib, xit tarona darajasiga yetgan. Xonanda oʻzini aktyorlik sohasida ham sinab koʻrgan va bir necha muvafaqqiyatlarga erishgan. 2007-yil 10-avgustda Dilnoza Mamatova bilan turmush qurgan. Oilasi Otasi, Hamroqulov Rustamali Ikromaliyevich (1953-1989) — OʻzSSR Lenin mukofoti sovrindori, OʻzSSRda xizmat koʻrsatgan artist. Onasi, Yuldasheva Mavluda Mamadaliyevna (1953) — filolog (oliy toifali ona tili va adabiyot oʻqituvchisi). Akasi, Hamroqulov Iskandar Rustamaliyevich (1977) — aktyor, qiziqchi. Singlisi, Hamroqulova Sevara Rustamaliyevna (1981) — satira teatri aktrisasi. Turmush oʻrtogʻi, Hamroqulova (Mamatova) Dilnoza Alisherovna (1989) — filolog (fransuz tili).

Diskografiyasi Studiyaviy albomlari „Sevgi fazosi“ (2002) „Samandar tangosi“ (2005) Kliplari Filmografiyasi Filmlar

+ Film Yil Film Rol Manba1999 Chayon gul Ashur2002 Muhabbat sinovlari2003 Taqdir2004 Muhabbatimsan2005Yarim baxt2007 Yangi boy Qobiljon2008 Zirabcha2010Arzanda2013Gumroxlar2017Notanish yulduz

Seriallar + Serial Yil Serial Rol Manba2019 Hamyon2002 Hayot oʻyini Mukofotlari „Tarona Taqdimoti — 2002“ marosimining — „Musiqada yil yangiligi“ nominatsiyasi sovrindori. „Nihol-2003“ sovrindori. „Tarona Taqdimoti — 2004“ marosimining — „Yil qoʻshiqchisi“ nominatsiyasi sovrindori. 2007-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ mukofoti sovrindori. Manbalar

Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar