Sherzod Saidjanovich Hidoyatov (1980-yil 20-avgust , Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek davlat arbobi, 2021-yil 14-yanvardan — Oʻzbekiston uy-joy-kommunal xizmat vaziri.
Biografiyasi 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan. Mehnat faoliyati 1998-yildan 2009-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudida maslahatchi 2009-yildan 2018-yilgacha Green line profill, Nordlink Aliminium Bulding Matirials, Neo sun LightI, Dream Production, Artel Engineering, Durabel Beton, Toshkent transformator zavodi kabi kompaniyalarda turli lavozimlarda ishlagan. 2008-yildan beri Akfa xoldingida qurilish boʻyicha direktor lavozimida ishlagan. 2018-yil may oyida Sherzod Hidoyatov Toshkent shahri hokimi Jaxongir Ortiqxoʻjaev oʻrniga Tashkent city xalqaro ishbilarmonlik markazi direksiyasi rahbari etib tayinlandi. 2018-yil 31-avgustda Oʻzbekiston qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari sifatida ish boshladi . 2021-yil 14-yanvarda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sherzod Hidoyatovni uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri etib tayinladi. Ushbu lavozimda 2017-yil iyulidan beri vazir boʻlib ishlagan Muzaffar Soliyev Nurafshon shahar hokimi etib tayinlandi.
Bayonotlari Sherzod Hidoyatov 2020-yilda kun.uzga bergan intervyusida qurilish sohasi korrupsiyadan holi boʻlishini maʼlum qilgan. Mazkur intervyu chop etilganidan uch kun oʻtgach, bosh prokuror Nigʻmatilla Yoʻldoshev qurilish uchun ajratilgan 75 mlrd soʻm byudjet mablagʻlari talon-toroj qilingani haqida axborot bergan.
Mukofotlar Doʻstlik ordeni (2018) „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi“ unvoni (2025)
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston qurilish vazirlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar