Muhammad Sheralievich Valiev (tugʻ. 1986-yil 26-may, Qoʻqon, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek jamoat va siyosiy arbobi, dotsent, IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati.
Hayoti 1986-yil 26-mayda Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahrida tugʻilgan. 2008-yilda Sankt-Peterburg davlat temir yoʻl universitetini muhandis mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. U oʻz faoliyatini 2008-yilda Toshkent temir yoʻl muhandislari institutida ilmiy tinglovchi sifatida boshladi.
2011-yil 16-noyabrda D 218.008.05 Kengashida 05.22.07 kodi bilan — Sankt-Peterburg davlat temir yoʻl universiteti temir yoʻllarining harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarning tortilishi va elektrlashtirilishi (texnika fanlari) nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi: „ Bortli diagnostika tizimlari yordamida teplovozlarning samaradorligini oshirish“.
2012—2013-yillarda — Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti lokomotivlari kafedrasi assistenti.
2013—2018-yillarda — Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti lokomotivlar va lokomotiv iqtisodiyoti kafedrasi assistenti, katta oʻqituvchisi, dotsenti.
2018-yildan buyon Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti elektromexanika fakulteti dekan muovini sifatida ishlab kelmoqda.
2020-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining aʼzosi.
2020-yil 9-oktyabrdan boshlab MDH Yoshlar parlamentlararo assambleyasining koordinatori hisoblanadihttps://iacis.ru/ob_organizatcii/struktura_mpa_sng/molodezhnaya_mezhparlamentskaya_assambleya_sng.
Mukofotlari „Shuhrat“ medali (2026-yil 22-avgust) — Yangi Oʻzbekistonda keng koʻlamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, uning iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini taʼminlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtibori va nufuzini yuksaltirishga qoʻshgan munosib hissasi, ilgʻor innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni kuchaytirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Adolat sotsial-demokratik partiyasi aʼzolari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar