thumb|Parij kommunasidagi barrikada (1871-yil, mart) thumb|Fuqarolik huquqlari aktivistlari 1963-yilning avgust oyida fuqarolik huquqlari harakati paytida ish va erkinlik uchun Vashingtondagi marshda ishtirok etishmoqda thumb|Vashingtonda ayollar huquqlari harakati marshi (1970-yil, avgust)
Aktivizm – jamiyatda ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirish istagi bilan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy yoki atrof-muhitga doir islohotlarni ilgari surishga qaratilgan saʼy-harakatlardir. Aktivizmning turli shakllari mavjud boʻlib, bularga misol qilib mandat yaratish (jumladan, gazetalarga xat yuborish), saylangan mansabdor shaxslarga petitsiya yoʻllash, siyosiy kampaniya yuritish yoki unga hissa qoʻshish, turli bizneslarga imtiyozli ravishda homiylik qilish (yoki boykot qilish), mitinglar, ochlik eʼlon qilish, ish tashlashlarni keltirib oʻtish mumkin.
Aktivizm bilan shugʻullanuvchi kishilar aktivistlar va aktivistkalar deb ataladi. Aktivizm va pragmatizm oqimi bir-biriga juda oʻxshash boʻlib, ularni farqlash muhim hisoblanadi.
Aktivizm harakatlari har kuni turli yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin, jumladan, sanʼat asarlari yaratish (artivizm), kompyuter tizimini buzish (xaktivizm) yoki shunchaki nimagadir pul sarflash (iqtisodiy aktivizm) ham aktivizmning turlariga misol boʻla oladi. Korxona ishchilarining ekspluatatsiya qilishiga norozilik bildirish sifatida kompaniyadan kiyim-kechak yoki boshqa tovarlar sotib olishdan bosh tortishni ham aktivizm namunasi deyish mumkin. Biroq eng koʻzga koʻringan va taʼsirchan kuchga ega boʻlgan aktivizm shakllari koʻpincha jamoaviy harakatlar koʻrinishida boʻladi. Maqsadli, uyushgan va maʼlum vaqt davomida barqaror boʻlgan jamoaviy harakatlar ijtimoiy harakat hisoblanadi.
Qadimdan aktivistlar xabarlar tarqatish yoki ularni targʻib qilish hamda oʻquvchilarni oʻz ishlarining adolatliligiga ishontirish maqsadida turli adabiyotlar, jumladan, risolalardan foydalanganlar. Olib borilgan bir qancha tadqiqoqtlar shuni koʻrsatadiki, zamonaviy aktivizm guruhlari siyosatni texnologiya bilan uygʻunlashtirgan holda fuqarolar faolligini oshirish va jamoaviy harakatlarni osonlashtirish maqsadida ijtimoiy mediadan qanday foydalanish lozimligini oʻrganishga kirishdi. Aktivistlar, asosan, ikki guruhga – chap qanot va oʻng qanot onlayn aktivistlariga boʻlinadi. Ular faoliyatlari davomida turli xil usullardan foydalanadilar. Hashtag aktivizmi va oflayn protest chap qanot aktivistlarda koʻproq uchraydi. Partizan ommaviy axborot vositalari bilan strategik ishlash, muqobil platformalarga oʻtish va asosiy ommaviy axborot vositalarini manipulyatsiya qilish esa oʻng qanot aktivistlari orasida keng tarqalgan. Bundan tashqari, fan va akademiyada chap qanot aktivizmining kuchayishi konservativlarning fanga boʻlgan ishonchini kamaytirishi mumkin. Bundan tashqari, aktivizm va terrorizmni ham bir-biri bilan adashtirib yubormaslik muhim ahamiyat kasb etadi, aynan shuning uchun ham ular oʻrtasidagi mavjud farq „nozik chiziq“ deya taʼriflanadi.
Tarixi Burjuaziya jamiyati rivojlanishi davrida, Birinchi jahon urushi boshlanguniga qadar aktivizm adabiy va ijtimoiy harakat sifatida dastlab Germaniya imperiyasida, keyinchalik esa boshqa Gʻarb mamlakatlarida paydo boʻla boshlagan.
Aktivizm tushunchalari Onlayn etimologiya lugʻatida inglizcha „activism“ va „activist“ atamalari mos ravishda 1920 yoki 1915-yillardan keyin siyosiy maʼnoda ishlatilgan boʻlishi mumkinligi qayd etilgan. Aktivizm soʻzining kelib chiqish tarixi bundan ancha yillar muqaddam jamoaviy va ijtimoiy harakatlar toʻgʻrisida bildirib oʻtilgan ayrim tushunchalarga borib taqaladi. 1969-yillarning oxirida aktivizm soʻzi oʻzining siyosiy maʼnosidan qatʼi nazar, „biror harakatni aniq qaror va kuch bilan amalga oshirish siyosati yoki amaliyoti“ deb taʼriflangan boʻlsa, ijtimoiy harakat atamasi esa „ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash uchun guruhlar tomonidan uyushtirilgan harakatlar“ deya izohlangan. 1960-yillarda Amerika Qoʻshma Shtatlarida „yangi ijtimoiy harakatlar“ avj olganidan soʻng, norozilik yoki murojaatlarning oqilona va maqbul demokratik varianti sifatida aktivizmning yangi tushunchasi paydo boʻldi. Tarixda uyushgan yoki birlashgan holda norozilik bildirish va qoʻzgʻolon uyushtirishning ilk koʻrinishi miloddan avvalgi I asrda Rim imperiyasida sobiq gladiator Spartak boshchiligida 6000 nafar qul tomonidan amalga oshirilgan Capuadan Rimgacha boʻlgan Spartak qoʻzgʻoloni hisoblanadi.
Inglizlar tomonidan uyushtirilgan Wat Tyler qoʻzgʻoloni soliq joriy etilishiga javoban amalga oshirilgan qoʻzgʻolonlardan biridir. Shuningdek, turli soliqlarning joriy etilishi Vengriya, Rossiya va Hong Kongda ham qoʻzgʻolon va inqiloblarning kelib chiqishiga sabab boʻlgan. 1930-yilda Maxatma Gandi boshchiligida minglab hindular hukumat tomonidan joriy etilgan oʻta ogʻir soliqlarga qarshi norozilik bildirish maqsadida sodir etilgan Tuz marshida ishtirok etishgan. Ushbu norozilikda qatnashgan 60 000 nafar kishi hukumat harbiylari tomonidan qamoqqa olingan. Biroq shunga qaramasdan, oxir-oqibat, ushbu namoyishlar va noroziliklar mamlakatning mustaqilikka erishishiga sabab boʻlgan. Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika mamlakatlarida ijtimoiy aktivistlar tomonidan tashkil etilgan, fuqaroviy va siyosiy huquqlar boʻyicha harakat olib boruvchilar va ijtimoiy inqilobchilar boshchiligida amalga oshirilgan aktivizm harakatlari xalqning oʻziga nisbatan ishonchining oshishiga, shuningdek, dunyoning ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarida kollektivistik-kommunistik hamda sotsialistik harakatlarning kuchayishiga turtki boʻldi. Shu bilan birga, aktivizm oʻtgan asrda mehnat huquqi harakati, ayollar huquqlari harakati va fuqarolik huquqlari harakati kabi ijtimoiy harakatlar orqali Gʻarb jamiyatlariga ham katta taʼsir koʻrsatdi deyish mumkin.
Aktivizmning turlari Aktivizm koʻpincha inson huquqlari yoki atrof-muhit bilan bogʻliq mavjud muammolarni hal qilishga xizmat qiladi. Shu bilan qatorda libertar va diniy huquq aktivizmi ham aktivizmning muhim turlaridan biri hisoblanadi. Tarixdan maʼlumki, inson huquqlari va atrof-muhit bilan bogʻliq muammolar xalqaro huquq doirasida faol harakatlar sifatida alohida koʻrib chiqiladi. XXI asrgacha, aksariyat inson huquqlari harakatlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar atrof-muhit muammolarini aniq koʻrib chiqmagan. Shu bilan birga inson huquqlari harakati ham ekologiya bilan bogʻliq muammolarni izchil oʻrganmagan. XXI asrda inson huquqlari va ekologiyaning bir-biri bilan uzviy bogʻliqligi tobora muhim ahamiyat kasb etib bordi va bu asosiy ekologlar harakati, ekologik adolat va iqlim adolati harakatlarining rivojlanishiga sabab boʻldi.
Inson huquqlari
Inson huquqlari aktivizmi, asosan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida koʻrsatilgan asosiy huquqlarni himoya qilishni oʻz oldiga maqsad qilgan. Bularga misol qilib yashash huquqi, fuqarolik huquqi, mulk huquqi, harakat erkinligi, konstitutsiyaviy fikr, soʻz, din, tinch yigʻilish erkinliklari va shu kabi boshqa huquq turlarni keltirib oʻtish mumkin. Butunjahon inson huquqlari harakatining asosi mustamlakachilik, imperializm, qullik, irqchilik, segregatsiya, patriarxat va mahalliy xalqlarning zulmiga qarshilik koʻrsatishni oʻz ichiga oladiClapham, Human Rights (2007), p. 19. „In fact, the modern civil rights movement and the complex normative international framework have grown out of a number of transnational and widespread movements. Human rights were invoked and claimed in the contexts of anti-colonialism, anti-imperialism, anti-slavery, anti-apartheid, anti-racism, and feminist and indigenous struggles everywhere.“.
Atrof-muhit
Ekologik aktivizm ham aktivizmning muhim shakllaridan biri boʻlib, bir necha turlarni oʻz ichiga oladi. Jumladan:
– tabiatni yoki tabiiy muhitni muhofaza qilish, utilitar tabiatni muhofaza qilish etikasi yoki tabiatni muhofaza qilish odobi;
– atrof-muhitni muhofaza qilish (ifloslanishning oldini olish hamda madaniy meros yoki hayot sifatini himoya qilish);
– tugaydigan tabiiy resurslarni saqlab qolish;
– muhim yer osti va yer usti elementlari yoki iqlim jarayonlari funksiyasini himoya qilish orqali amalga oshiriladi.
Hayvonlar huquqlari
Hayvonlar huquqlarini himoya qilish ham aktivizmning eng muhim shakllaridan biri hisoblanadi.
Libertar va konservativ Amerika Qoʻshma Shtatlari va boshqa mamlakatlarda siyosiy huquqlarga oid aktivizm shakllari tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Baʼzi olimlar olingan bir qancha tadqiqot va tahlillar natijalariga koʻra, ushbu masala boʻyicha shunday xulosaga kelishgan, konservatizmdagi asosiy boʻlinish avvalgi soʻrovlarda aniqlangan iqtisodiy va ijtimoiy konservatorlar oʻrtasidagi uzoq muddatli boʻlinish emas edi (yaʼni, taxminan libertar huquq va nasroniy huquqi oʻrtasida). Aksincha, bu ikkala mafkuraviy toifani birlashtirgan, yangi paydo boʻlgan guruh, yaʼni „nisbatan kamroq konservativ“ boʻlgan (aktivistlar) respublikachilardir. Bunga misol qilib esa Choy partiyasi harakatini keltirish mumkin.
Pyu tadqiqot markazi tomonidan amalga oshirilgan tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, diniy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan oʻta konservativ va oʻng qanotdagi boshqa guruhlarga qaraganda nisbatan siyosiy faol boʻlgan „qatʼiy konservatorlar“ guruhi toʻgʻrisida bir qancha maʼlumotlarni aniqlangan. Maʼlumotlarga koʻra, saylovlarda Choy partiyasiga berilgan 72% ovozlar aynan ushbu guruh aʼzolariga tegishli hisoblanadi.
Metodlar right|thumb|1981-yilda aktivist Thomas tomonidan boshlangan AQSh tarixidagi eng uzoq davom etgan tinchlik hushyorligi Aktivistlar oʻz maqsadlari yoʻlida turli usullardan foydalanadilar. Ular tomonidan tanlangan usullar muhim ahamiyatga ega boʻlib, aynan shu usullar orqali aktivistlarning maqsadlarini va ularning harakatlari nimaga qaratilganligini aniqlash mumkin. Misol uchun, zoʻravonliksiz usullar, odatda, jamoatchilikda yaxshi taassurot qoldirib, shu bilan birga aktivistlar tomonidan oʻz oldilariga qoʻyilgan maqsadlarga erishish yoʻlida ikki barobar samarali usul hisoblanadi.
Tarixan olib qaraganda, koʻpchilik aktivizm harakatlari hukumat hamda sanoat siyosati yoki amaliyotida jiddiy oʻzgarishlar yaratishga qaratilgan. Baʼzi aktivistlar hukumatni ular tomonidan joriy etilgan qonunlarni oʻzgartirishlari uchun koʻndirish oʻrniga odamlarning oʻz xatti-harakatlarini toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzgartirishga koʻndirishga harakat qiladi. Masalan, kooperativ harakat kooperatsiya tamoyillariga mos keladigan yangi institutlarni qurishga intiladi va, odatda, lobbichilik qilmaydi, siyosiy norozilik bildirmaydi. Boshqa aktivistlar oʻzgarishlarga qarshi turish uchun odamlarni yoki hukumat siyosatini oʻzgarishsiz qolishga ishontirishga harakat qiladalar.
Charles Tilly maʼlum bir vaqt va joyda aktivistlar uchun mavjud boʻlgan taktikalarning toʻliq spektrini tavsiflovchi „nizo repertuari“ konsepsiyasini ishlab chiqdi. Bu repertuar oʻtmishda aktivistlar tomonidan muvaffaqiyatli ekanligi isbotlangan boykotlar, petitsiyalar, marshlar va namoyishlar kabi barcha aktivizm usullaridan iborat boʻlib, har qanday yangi aktivistlar va ijtimoiy harakatlar tomonidan qoʻllanishi mumkin. Aktivistlar norozilikning yangi taktikalariga ham oʻzgartirishlar kiritishlari mumkin. Bular Douglas Schulerning „faollar sayohati“ haqidagi gʻoyasi kabi butunlay yangicha koʻrinishda boʻlishi ham mumkin, shuningdek, politsiya repressiyasiga yoki qarshi harakatiga javoban paydo boʻlishi mumkin. Shundan soʻng, yangi taktikalar diffuziya deb nomlanuvchi ijtimoiy jarayon orqali boshqalarga ham tarqaladi va agar ushbu urinish muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda, aktivistlar repertuariga yangi qoʻshimchalar kiritiladi.
Aktivizm har doim ham uni kasb deb biladiganlar tomonidan bajariladigan faoliyat emas. „Aktivist“ atamasi keng maʼnoda aktivizm bilan shugʻullanadigan har qanday kishiga, shuningdek, tor doirada siyosiy yoki ijtimoiy faollikni kasb yoki xarakterli amaliyot sifatida tanlaganlarga nisbatan ham qoʻllanishi mumkin.
Siyosiy aktivizm