Fuzuliy xalqaro aeroporti () – Ozarbayjonning Fuzuliy shahridagi aeroport. Mamlakatning yettita xalqaro aeroportidan biridir. Aeroport qariyb 30 yil oldin tashlab ketilgan va avvalgi minalangan maydonlar bilan oʻralgan aerodromda qurilgan. Qurilishiga 75 million manat (44 million dollar) sarflangan.
Tarixi 1980-yillarning oxirlarida Fuzuliy shahrida 17 000 ga yaqin aholi istiqomat qilgan. Birinchi Togʻli Qorabogʻ urushi paytida, 1993-yil 24-avgustda Ozarbayjon qurolli kuchlari Fuzuliydan chiqib ketishga majbur boʻladi. Shahar Artsax Respublikasi va Armaniston qurolli kuchlari qoʻliga tushishidan qisqa vaqt oldin arvoh shaharga aylantiriladiThe New York Times Company. Caucasus City Falls to Armenian Forces. New York Times. August 24, 1993. pg. A7. 28 yildan keyin, 2020-yil 17-oktyabrda Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan qayta qoʻlga kiritiladi. Buning ortidan Ozarbayjon hukumati shahar va uning atrofidagi hududlarni minalardan tozalash jarayonini boshlab yubordi.
2020-yil 26-noyabr kuni Ozarbayjon Transport, kommunikatsiyalar va yuqori texnologiyalar vazirligi Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) Fuqaro aviatsiyasi davlat maʼmuriyatining oltita aeroportni, jumladan, Fuzuliy shahridagi aerodromni oʻzining xalqaro aeroport kodlari katalogiga kiritish toʻgʻrisidagi murojaatini qabul qilgani haqida xabar berdi. 2021-yil yanvar oyida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Fuzuliy shahrida xalqaro aeroport qurish toʻgʻrisida farmon chiqardi. 14-yanvar kuni boʻlajak aeroportning poydevor qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi. Aeroport qurilishiga Turkiya kompaniyalari jalb etildi. Uchish-qoʻnish yoʻlagi qurib bitkazildi va 2021-yil 5-sentyabrda Azerbaijan Airlinesga tegishli Airbus A340-500 hamda Silk Way Airlinesga tegishli Boeing 747-400 yuk samolyoti qoʻnishi bilan foydalanishga topshirildihttps://news.az/news/azals-karabakh-aircraft-lands-in-fuzuli-airport-video.
Xabar qilinishicha, aeroport aproni 60,000 m2 maydonni egallab, sakkiztagacha samolyot toʻxtashiga imkon beradi. Uchish-qoʻnish yoʻlagi uzunligi 3000 metr, kengligi esa 60 metrni tashkil qiladi. Aeroport terminali soatiga 200 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsata oladi.
Aeroport 2021-yil 26-oktyabrda Ozarbayjon (Ilhom Aliyev) va Turkiya (Rajab Tayyip Erdoʻgʻon) prezidentlari tomonidan rasman ochildi.
Manbalar
Havolalar
Fuzuliy aeroporti videosi
Turkum:Ozarbayjondagi binolar Turkum:Ozarbayjon aeroportlari Turkum:Fuzuliy tumani