Malika Akbarovna Qodirxonova (tugʻ. 1967-yil, Toshkent) — oʻzbek davlat arbobi, tadbirkor, IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, 2021-yildan Senatning Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qoʻmitasi raisi.

Biografiyasi Malika Qodirxonova 1967-yilda Oʻzbekiston SSRning Toshkent shahrida tugʻilgan. U 2015—2019-yillarda Toshkent viloyati „Ayollar tadbirkorligiga koʻmaklashish“ markazi rahbari sifatida xotin-qizlar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish borasida katta ijobiy natijalarga erishdi. Malika Qodirxonovaning faolligi va tashabbusi bilan 2015-yilda viloyatda 300 nafar tadbirkor ayol faoliyat yuritgan boʻlsa, 2019-yilda ularning soni 4 ming nafardan oshgani buning dalilidir. „Nogironlar — tadbirkor ayollar“ uyushmasining Toshkent viloyatida tashkil etilgani ham Malika Akbarovnaning saʼy-harakatlari samarasidir. U 2020-yilda IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati deputati, shuningdek, Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi. Malika Akbarovna 2021-yilda Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qoʻmitasi raisi etib saylandi.

Mukofotlari „Doʻstlik ordeni“ (2018-yil). Mehnat shuhrati ordeni (2026-yil 22-avgust) — Yangi Oʻzbekistonda keng koʻlamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, uning iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini taʼminlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtibori va nufuzini yuksaltirishga qoʻshgan munosib hissasi, ilgʻor innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni kuchaytirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun.

Manbalar

Turkum:Kishilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1967-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston senatorlari