Saludos Amigos (ispanchadan tarjimasi — „Salom, oʻrtoqlar“) 6chi toʻliq metrajli Disney animatsion filmidir. 1942-yilda ekranlarga chiqarilgan. Walt Disney Productions tomonidan ishlangan va RKO Radio Pictures tomonidan tarqatilgan. Filmga Walt Disney produserlik qilgan. Film sujetiga koʻra, toʻrt segmentga boʻlinadi, voqealari esa Lotin Amerikasida kechadi; toʻrt segmentdan ikkitasida Donald Duck, bittasida Goofy qatnashadi. Shuningdek, multfilmda ilk bor José Carioca ismli sigareta chekadigan toʻti personaji ham koʻrinish beradi.

Saludos Amigos premyerasi 24-avgust 1942-yilda Rio de Janeiro shahrida, 6-fevral 1943-yilda AQShda boʻldi. Multfilm davomiyligi 42 daqiqani tashkil etib, Disney tomonidan ishlab chiqarilgan toʻliq hajmli animatsion filmlar orasida eng qisqasidir.

Segmentlar Lake Titicaca (Titicaca koʻli) — amerikalik sayyoh Donald Duck, Titicaca koʻliga tashrif buyuradi hamda mahalliy aholi va oʻjar lama bilan uchrashadi. Pedro — Chilidan kelgan kichik uchoq, Mendozadan pochta yetkazib berish uchun ilk parvozini amalga oshirmoqda. Bu segment qisqa hajmli film oʻlaroq 1955-yil 13-mayda RKO Pictures studiyasi tomonidan chiqarilgandir. El Gaucho Goofy — amerikalik kovboy Goofy gaucho boʻlishni oʻrganish maqsadida Argentina pampaslarida oʻzini topadi. Bu segmentda Goofy sigaret chekayotgan sahna keyinchalik olib tashlandi. Ushbu qayta koʻrib chiqilgan versiya Gold Classic Collection va Classic Caballeros Collection nashrlarida paydo boʻldi. Filmning qisqartirilmagan versiyasini Walt & El Grupoʻning DVD relizi orqali bonus oʻlaroq koʻrish mumkin. Aquarela do Brasil — yakuniy segmentda yangi qahramon paydo boʻladi, bu José Carioca ismli toʻtiqushdir. José Donaldga Janubiy Amerikani koʻrsatadi hamda uni „Brazil“ va „Tico-Tico no Fubá“ melodiyalari ostidagi samba bilan tanishtiradi.

Ovoz berganlar Lee Blair — oʻzi Mary Blair — oʻzi Pinto Colvig — Goofy Walt Disney — oʻzi Norman Ferguson — oʻzi Frank Graham — oʻzi Clarence Nash — Donald Duck José do Patrocínio Oliveir — José Carioca Fred Shields — sharhlovchi Frank Thomas — oʻzi Stuart Buchana — jamoat joylariga qarab yuradigan kishi

Nomzodliklar Film 1943-yilda oʻtkazilgan Oscar (Akademiya) topshirish marosimida uchta nominatsiyaga loyiq topilgan.

Mukofot Natija Eng yaxshi myuzikl Eng yaxshi asl ashulaAshula: Saludos Amigos Eng yaxshi ovoz(C. O. Slyfield)

Manbalar

Havolalar

Turkum:1942-yil filmlari Turkum:1942-yil multfilmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:Walt Disney Pictures filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Jack Kinney filmlari Turkum:Hamilton Luske filmlari Turkum:Wilfred Jackson filmlari Turkum:Bill Roberts filmlari Turkum:Norman Ferguson filmlari