Bugungi kungacha oʻzbek alifbosi yoki imlo qoidalarini isloh qilish boʻyicha bir qancha takliflar ilgari surilgan.
VIII-IX asrlar oraligʻida oʻzbeklarning ajdodlari qadimgi uygʻur, xorazm va Oʻrxun-Enasoy yozuvlarini qoʻllagan. Oʻrta Osiyo arablar tomonidan egallanganidan soʻng, arab alifbosi isteʼmolga kirdi.1928-1940-yillarda lotin alifbosi amalda boʻlib, 1940-yilda sobiq Ittifoqdagi boshqa koʻplab tillar singari oʻzbek tili ham kirill yozuviga oʻtkazildi.S. I. Ibragimov. Uzbekskiy alfavit i voprosi ego sovershenstvovaniya // Voprosi sovershenstvovaniya alfavitov tyurkskix yazikov SSSR. — M.: Nauka, 1972. — S. 157—173. Oʻzbekiston mustaqil boʻlganidan keyin, 1993-yilda lotin alifbosiga qaytildi.
Tarix
Eski oʻzbek yozuvi Eski oʻzbek yozuvi arab grafikasiga asoslangan boʻlib, u quyidagi harflarni oʻz ichiga olgan: ى ﻩ و ن م ل ک ق ف غ ﻉ ﻅ ﻁ ﺽ ﺹ ش س ژ ز ر ﺫ د خ ﺡ چ ﺝ ت ﺕ پ ب آ ا. XIX asrda /g/ tovushi uchun گ hamda /ŋ/ tovushi uchun ڭ harflari kiritilgan. Biroq oʻshanda oʻzbek yozuvining aniq meʼyorlari boʻlmagan va turli nashrlar har xil imlo qoidalaridan foydalanishgandi. Qoʻqonlik maʼrifatchi Ashurali Zohiriy oʻzining 1916-yilda nashr etilgan „Imlo“ darsligida shunday deydi:
1919-yilda Toshkentda Fitrat boshchiligida til-imlo va adabiyot masalalari bilan shugʻullanuvchi toʻgarak-seminar - „Chigʻatoy gurungi“ jamiyati tashkil topadi. Bu haqda „Ishtirokiyun“ gazetasi shunday yozgan edi:
„Chigʻatoy gurungi“ jamiyati faoliyatida alifbo va imlo masalalari alohida oʻrin tutadi. Bunga quyidagi omillar sabab boʻlgan:
1) eski oʻzbek tilidagi 8-9, yangi oʻzbek tilidagi 6-7 unli fonema faqat 3 ta harf — ا (alif), و (vov), ي (yo) bilan ifodalangan;
2) ayrim harflar polifonemali grafema tarzida qoʻllangan: و (vov) harfi „v“ undoshini va „u“, „oʻ“ unlilarini (demak, uchta fonemani), ي (yo) harfi ham uchta fonemani — „i“, „e (ye)“ unlilarini va „y“ undoshini ifodalagan;
3) „t“ undoshi uchun ikkita harf — ت (te), ط (to); „s“ undoshi uchun uchta harf — ث (se), س (sin), ص (sod); „z“ undoshi uchun esa toʻrtta harf — ذ (zol), ز (ze), ض (zod), ظ (zo) qoʻllangan;
4) har bir harfning toʻrt xil shakli — soʻz boshida, oʻrtasida, oxirida yoki yolgʻiz holda qoʻllanadigan allograflari boʻlgan.
Bunday holat maorif-taʼlim ishlarida va yozuv amaliyotida qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirgan, ravon oʻqish koʻnikmalarining shakllantirilishiga halaqit bergan. „Chigʻatoy gurungi“ jamiyati ayni shu qiyinchiliklarni hisobga olib, alifbo va imlo muammolari bilan shugʻullanishga majbur boʻlgan. Jamiyatning „Imlo toʻdasi“ aʼzosi Elbek tomonidan „Bitik yoʻllari“ kitobchasi yaratiladi, unda arab yozuvini oʻzbek tili tovushlari tizimiga moslashtirish lozimligi aytiladi, shu maqsadda alifboga „u“ unlisi uchun, „oʻ“ unlisi uchun), „o“ unlisi uchun, „a“ unlisi uchun, „i“ unlisi uchun, „e“ unlisi uchun harflarini kiritish tavsiya etiladi.H. Jamolxonov, Q. Sapayev. Imlo muammolari. — Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2007
1920-yilning 18-sentabrida matbuotda eʼlon qilingan „Imlo masalasi“ nomli maqolasida Elbek (Mashriq Yunusov) shunday deydi:
Shuningdek, Elbek alifboda faqat arab-fors oʻzlashmalarida qoʻllaniladigan va turkiy soʻzlarda uchramaydigan harflar borligi yozuvni oʻrganish uchun qiyinchilik tugʻdirishini aytadi:
1921-yilning 1-5-yanvarida Toshkentda birinchi oʻlka oʻzbek tili va imlosi qurultoyi boʻlib oʻtadi. Unda quyidagi masalalar koʻriladi:
1) harf va imlo masalasi;
2) adabiyot masalalari;
3) Maorif komissarligi yonida „Ilmiy hay’at“ tuzish masalasi.
Harf (alifbo) va imlo masalalari boʻyicha Fitrat, Ashurali Zohiriy va Botu (M. Hodiyev) maʼruzalari tinglanadi.
Fitrat:
Abdurauf Fitrat quyidagi amaliy takliflarni ilgari suradi:
6 ta unlili imlo qabul qilish; oʻzlashma soʻzlarni ham shu 6 ta unli bilan yozish; har bir harf va har bir unli uchun maxsus shakl kiritish; soʻzlarning ingichkaligi-qalinligi (unlilar uygʻunligi)ga eʼtibor berish; har bir harfning 4 ta shaklidan faqat bittasi (bosh harf)ni qoldirish; oʻzlashma soʻzlarni turkiy soʻzlar qaysi harflarda yozilsa, shu harflar bilan yozish.1921-yil yanvarida boʻlgʻon birinchi oʻlka oʻzbek til va imlo qurltoyining chiqargʻon qarorlari. — T: Turkiston Jumhuriyatining davlat nashriyoti, 1922.- B. 16.
Ashurali Zohiriy oʻz nutqida Fitratning yot arabcha va forscha oʻzlashmalar yozilishini turkiy imloga moslash taklifiga eʼtiroz bildiradi:
Qurultoyda Botu lotin yozuviga oʻtish gʻoyasini ilgari surdi.1921-yil yanvarida boʻlgʻon birinchi oʻlka oʻzbek til va imlo qurltoyining chiqargʻon qarorlari. — T: Turkiston Jumhuriyatining davlat nashriyoti, 1922.- B. 22
Koʻpchilik ovoz bilan amaldagi (arabcha) harflarni ayrim tuzatishlar bilan saqlab qolish haqida qaror qabul qilinadi. Quyidagi oʻzgarishlar tasdiqlandi:
Alifbo 23 ta undosh va 6 ta unli uchun harflardan iborat boʻladi; Har bir harfning faqat bir shakli (bosh harf) qoldiriladi; Oʻzlashmalar turkiy soʻzlardagi harflar bilan yoziladi. +Birinchi oʻlka oʻzbek tili va imlosi qurultoyi qatnashchilari№Ism-sharifiQaysi shahardanTashkilot1Aʼloxoʻja MansurxoʻjayevSamarqandMaorif shoʻbasi2Qoriahror GʻoyibnazarSamarqandMaorif shoʻbasi3Maʼruf MahmudiySamarqandMaorif shoʻbasi4Ashurali ZohiriyQoʻqonMaorif shoʻbasi5Salohiddin MajidiyQoʻqonMaorif shoʻbasi6Nurulla MurodiyKattaqoʻrgʻonMaorif shoʻbasi7Nurulla SayfullaKattaqoʻrgʻonMaorif shoʻbasi8Shukrulla HolmuhammadMirzachoʻlMaorif shoʻbasi9Bahriddin AziziyOʻratepaMaorif shoʻbasi10Xayrulla AliboyXoʻjandMaorif shoʻbasi11Mamad Amin AvazXoʻjandMaorif shoʻbasi12Vavud MahmudJizzaxMaorif shoʻbasi13Nizomiddin AhmadChorjoʻyMaorif shoʻbasi14Shamsiddin NaymiyAndijonMaorif shoʻbasi15Toʻraxon RahmonberdiAvliyootaMaorif shoʻbasi16Vahob MurodAvliyootaMaorif shoʻbasi17Abdusami Qori ZiyaboyToshkent (eski shahar)Maorif shoʻbasi18Akbarxoʻja QosimxoʻjaToshkent (eski shahar)Maorif shoʻbasi19Saidullaqori ShomuhammadToshkent (eski shahar)Maorif shoʻbasi20Nasrullaqori QodiriyToshkent (eski shahar)Maorif shoʻbasi21Miyon qozi RahmonboqiyevToshkentMaorif shoʻbasi22Nuriddin KarimiyToshkentImlo konferensiyasidan vakil23Abdulla AvloniyToshkentImlo konferensiyasidan vakil24Abdulla AhmadiyToshkentEski shahar rastasidan25Hamid SulaymonToshkentChigʻatoy gurungi26Abdulgʻani YoqubToshkentChigʻatoy gurungi27Sanjar SiddiqToshkentChigʻatoy gurungi28Shahid AhmadToshkentMaorif komissarligi (dokladchi)29Tohir FathullaToshkentMaorif komissarligi30Shokirjon RahimiyToshkentShahar maorif shoʻbasi31Mannon RamziyToshkentShahar maorif shoʻbasi
+Birinchi oʻlka oʻzbek tili va imlosi qurultoyiga maxsus chaqirilgan kishilar№Ism-sharifiQaysi shahardanMaqomi1Murodxoʻja SolihiyToshkent2Abdurauf FitratToshkentdokladchi3ElbekToshkent4Saidali UsmonToshkentdokladchi5Abduqayum RamazonToshkent6Mahmud MaqsudToshkent7Shorasul ZunnunToshkent8Majid QodiriyToshkent9Sadriddin AyniySamarqandkelmadi10Hoji Moʻyin ShukrullaSamarqandkelmadi11Ashurali ZohiriyQoʻqondokladchi12Husanxon MahzumAndijonkelmadi
1923-yilning 9-10-oktabrida Buxoroda Oʻrta Osiyo oʻzbeklarining alifbo va imlo masalalariga bagʻishlangan birinchi konferensiyasi boʻlib oʻtadi. Konferensiya qaroriga koʻra alifbodan ث ح ذ ص ض ط ظ ع harflari chiqariladi.Туркистон Жумҳурияти маориф комиссарлигининг Туркистон ўзбекларининг имлолари тўғрисидаги берган буйруғи. - 1923 йил. 18 октябрь. № 18 - Тошкент. 1923 // Сб: Вопросы соеершенствования алфавитов тюркских языков СССР - М Наука, 1972 - с. 160 Konferensiyada yangi alifbo bilan birga imlo qoidalari ham qabul qilinadi. Ular (aifbo va imlo) Turkiston Respublikasi Xalk Maorifi Komissarligi tomonidan 1923-yilning 18-oktabrida tasdiqlanib, 1929-1930-yillargacha (lotin oʻzbek grafikasiga toʻla oʻtgunga qadar) amalda qoʻllanib keladi.
Lotin yozuvi (1928-1940) 1924-yilning 11-aprelida Maorif Xalq Komissarligida alifbo masalalariga bagʻishlangan maxsus majlis oʻtkaziladi. Unda Moskvadan yuborilgan lotin alifbosi (turkiy xalqlar uchun tavsiya etilgan loyiha) muhokama qilinadi.Йўлдош Абдуллаев. Мозий ва янги алифбо.
// Ўзбекистон овози. - 1995 йил 25 январь Shu yilining oʻzida Y.D. Polivanov tomonidan lotin harflari asosida tuzilgan oʻzbek alifbosining yana bir loyihasi muhokama uchun eʼlon qilinadi. Loyiha tarkibi quyidagi 28 harfdan iborat edi: undoshlarni ifodalovchi harflar - в, c, d, f, g, y, h, z, j, k, l, m, n, ŋ, p, q, r, s, S, t, x, Z; unlilarni ifodalovchi harflar - ɔ, a, o, u. i, e.Е.Д. Поливанов. Проект латинского шрифта узбекской письменности. // Бюллетень 1-го Средне-Азиатского Государственного университета - Ташкент, 1924, № 6, - с. 158
Shuningdek, 1924-yilda Yangi turk alifbosi komiteti raisi Samad ogʻa Ogʻamali oʻgʻli boshchiligidagi maxsus delegatsiya Toshkent, Simferopol, Orenburg, Ufa va Qozonda boʻlib, madaniyat va maorif xodimlari bilan til hamda alifbo masalalarini muhokama qilgan.М.И. Исаев. Языковое строительство в СССР (Принципы создания письменностей СССР). - М.: Наука, 1979. - с. 68.
1925-yilning birinchi yarmida Maorif Komissarligining ilmiy markazi qoshidagi oʻzbek qoʻmitasi majlisi boʻlib oʻtadi. Unda «Lotin alifbosi toʻgʻrisida matbuot vositasi blan mubohasa ochishga va umumiy fikrlar blan tanishmoqqa qaror beriladi».Илмий марказда. Лотин алифбоси масаласи. // Маориф ва ўқитғучи. - 1925, №4 - б. 76.
1925-yilning 29-30-noyabrida Samarqandda til mutaxassislari va oʻzbekshunoslar kengashi oʻtkaziladi. Unda til va istiloh (termin) masalalari boʻyicha Gʻozi Olim Yunusov, Y.D. Polivanov maʼruzalari tinglanadi. Kengashda quyidagi qaror qabul qilinadiФахри Камол. Ўзбек орфографияси: Филология фанлари номзоди диссертацияси. - Тошкент, 1946 - б. 3-4:
1926-yilning 26-fevral - 6-mart kunlari Bokuda turkologlarning Butunittifoq qurultoyi boʻlib oʻtadi. Qurultoyda sobiq ittifoqdagi turkiy respublikalar va viloyatlardan, shuningdek turkiy boʻlmagan boshqa respublikalardan kelgan 131 ta vakil qatnashadi, qurultoyning 17 ta yigʻilishida 38 ta maʼruza tinglanadi: N.F. Yakovlev (Rossiya), L.G. Jirkov (Rossiya), J. Mahmudzoda (Ozarbayjon), Olimjon Sharof (Tatarston), Nazir Toʻraqulov (Oʻzbekiston), U.D. Aliyev (Ozarbayjon), B. Berdiyev (Turkmaniston) va boshqalarning maʼruzalari.Первый Всесоюзный тюркологический съезд, 26 февраля - 5 марта 1926 г. Стенографический отчет. - Баку, 1926 Qurultoyda Qirgʻiziston, Dogʻiston, Shimoliy Kavkaz va Turkmaniston vakillari lotin yozuviga oʻtish taklifini maʼqullashgan boʻlsa-da, Tatariston vakillari arab yozuvida qolish istagini bildirishadi. Tataristonlik Olimjon Sharof arab alifbosi "yosh shoirlar va oʻqishni oʻrganayotgan yosh bolalar uchun qulay", "rus va lotin harflarida yozilgan kitoblarni oʻqish koʻzoynak taqishga majbur qiladi" degan gaplarni aytadi. Bu fikrlarga qolgan qatnashchilar eʼtiroz bildiradi. Oʻzbekiston vakili Bekjon Rahmon arab madaniyati, arab harflari va umuman arab taʼsiri natijasida "Oʻrta Osiyo xalqlarining umumiy madaniyat ishlarida boshqa madaniy xalqlardan necha yuz yillar keyinga qolgʻonliklarini, yangi oyoqqa bosib keladurgʻon yosh oʻzbek madaniyatining baynalxalq madaniyatga yaqinlashish maqsadila u eski ta’sirlardan ozod boʻlishqa tayyor ekanligini" aytib, Oʻzbekiston vakillari nomidan yangi turk (lotin) alifbosiga oʻtish taklifini maʼqullaydi.Усмон М. Туркиёт қурултойида алифбо масаласи. // Маориф ва ўқитғучи - 1926, № 3. - Б. 30- 31
Qurultoyda koʻpchilik ovoz bilan (tarafdorlar - 101 ta, qarshilar- 7 ta) quyidagi qaror qabul qilinadi:
1. Qurultoy yangi turk (lotin) alifbosining arab alifbosidan, shuningdek isloh qilingan arab alifbosidan ham ustunligini va texnik jihatdan afzalliklarini, bu alifboning joriy etilishi benihoya katta madaniy-tarixiy va progressiv ahamiyatga molik boʻlishini qayd etgani holda, uni amalga kiritish, shu bilan bogʻliq chora-tadbirlarni belgilash ishlari har bir respublika va xalq uchun ixtiyoriydir deb hisoblaydi.