Olivia Isabel Rodrigo (; 20-fevral 2003-yilda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktrisadir. U Disney mahsuloti boʻlgan teledasturlar – Bizaardvark va High School Musical: The Musical: The Seriesdagi roli ortidan shuhrat qozondi. Geffen va Interscope Records studiyalari bilan shartnoma imzolaganidan soʻng, Rodrigo 2021-yili ilk singli boʻlmish „Drivers License“ni ommaga taqdim etdi. Ashula yilning eng koʻp sotilgan qoʻshiqlaridan biri boʻldi. Keyinchalik, „Deja Vu“ va „Good 4 U“ ashulalarini chiqardi.

Rodrigoning ilk studiyaviy albomi Sour (2021) boʻlib, bu albom xalqaro miqyosda chartlarda choʻqqiga erishdi hamda tanqidchilar tomonidan xush qarshilandi. U yetti nominatsiyada, jumladan „Eng yaxshi yangi artist“, „Yil albomi“ hamda „Yil yozuvi“ va „Yil qoʻshigʻi“ („Drivers License“ uchun) nominatsiyalarida Grammyni oldi. Rodrigoni 2021-yilda Time jurnali „Yil qiziqchisi“, 2022-yilda esa Billboard „Yil ayoli“, deb atadi hamda buning ortidan u bunday eʼtirofga sohib boʻlgan ilk osiyolik-amerikalik sanʼatkorga aylandi.

Dastlabki hayoti Olivia Isabel Rodrigo 20-fevral 2003-yilda Kaliforniya shtatining Murrieta shahridagi Rancho Springs tibbiyot markazida dunyoga kelgan. Bolaligi Temecula shahrida oʻtgan. Rodrigo ikkimillatli boʻlib, otasi filippinlik-amerikalik, onasi esa olmon va irland ajdodlarga mansubdir. Otasi terapevt, onasi esa maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlagan Rodrigoning taʼkidlashicha, uning ota tarafdan katta bobosi oʻsmir paytida Filippindan AQShga koʻchib oʻtgan va uning oilasi haligacha filippin urf-odatlariga amal qilishadi.. Rodrigo vokal boʻyicha saboqlarda bogʻchada olishni boshlagan va keyinroq pianino chalishni oʻrgangan. U olti yoshida aktyorlik va kuylash boʻyicha saboq olishni boshlab, Lisa J. Mails boshlangʻich maktabida va Dorothy McElhinney oʻrta maktabida oʻqigan chogʻlarida teatr sahnalarida rollar ijro etgan . Rodrigo 12 yoshida gitara chalishni bilgan U ota-onasining sevimli alternativ rok musiqiy guruhlari boʻlmish No Doubt, Pearl Jam, the White Stripes va Green Daylarning ashulalarini tinglab ulgʻaygan. Rodrigoda country janridagi musiqalarni, ayniqsa amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Taylor Swiftning qoʻshiqlarini tinglaganidan soʻng, qoʻshiqnavislikka qiziqish uygʻonadi.. U Bizaardvark teleserialidagi rolidan keyin Los Angeles shahriga koʻchib oʻtdi

Ish faoliyati

2015-2019: Aktyorlik va ish faoliyatining boshlanishi 2015-yilda, oʻn ikki yoshida Olivia „An American Girl: Grace Stirs Up Success“ nomli filmda bosh rolni ijro etgan. U Murrietadagi Doroti Makelxin oʻrta maktabida bir yil davomida oʻqidi, 2016-yilda Disneyning „Bizaardvark“ filmida aktyorlik rolini oʻynaganidan keyin Los-Anjelesga koʻchib oʻtdi.

Diskografiyasi Sour (2021). Guts (2023) You Seem Pretty Sad for a Girl So in Love (2026)

Filmografiyasi + Yil Nom Rol Izohlar 2015 An American Girl: Grace Stirs Up Success Grace Thomas Direct-to-video janridagi film 2016-2019 Bizaardvark Paige Olvera Bosh rol 2017 New Girl Terrinea Qism: „Young Adult“ 2019-present High School Musical: The Musical: The Series Nini Salazar-Roberts Bosh rol (1-2-fasl) 2021 Saturday Night Live Oʻzi Mehmon; qism: „Keegan-Michael Key/Olivia Rodrigo“ 2022 Driving Home 2 U (A Sour Film) Oʻzi Hujjatli film2024Olivia Rodrigo: GUTS WORLD TOUROʻziHujjatli film

Gostrollari / Konsert dasturlari Sour Tour (2022) Guts Tour (2023-2025)

Manbalar

Havolalar

Turkum:2003-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Bola aktrisalar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Amerikalik bola aktrisalar Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqnavislar Turkum:Amerikalik bola qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik ayol pop-qoʻshiqchilar Turkum:Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar