p — elementlar III — VIII guruhdagi bosh guruhchalarda joylashgan. Valentli elektronlari tashqi p-pogʻonachada joylashgan, tashqi pogʻonaning umumiy elektron formulasi ns2npa, bunda a = 1 — 6. p elementlarning musbat oksidlanish darajasi guruhning tartib raqamiga teng boʻladi. Toq sonli guruhda joylashgan elementlar toq oksidlanish darajasini, juft sonli guruhda joylashgan elementlar juft oksidlanish darajasini koʻrsatadi. 400px
Xossalari p- elementlarning chapdan oʻng tomonga qarab atom radiusi kichrayib, ionlanish energiyasi ortadi, bu esa p- elementlarning metalmaslik xossalarining ortishiga va oksidlovchi xossalarining oʻsishiga olib keladi. Guruhlarda elementlarning yuqoridan pastga tomon metallik xossalari ortadi.
Adabiyotlar Дикерсон Р., Грей Г., Хейт Дж. Основные законы химии: В 2-х томах. Пер. с англ. — М.: Мир, 1982. 652 с., ил. — Т. 1. — С. 452—456.
Manbalar
Turkum:Kimyo Turkum:Kimyoviy unsurlar