ID.UZ — yagona identifikatsiya va autentifikatsiya tizimiYagona identifikatsiya tizimi. ID.UZ tizimidan asosan ZiyoNET taʼlim tarmogʻidan roʻyxatdan oʻtishda foydalaniladiZiyoNET portali Uz.wikipedia.org.
Afzalliklari
Agar foydalanuvchi ID.UZ tizimidan bir marta roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, OpenID texnologiyasini qoʻllab-quvvatlovchi boshqa saytlardan roʻyxatdan oʻtishi shart emas. ID.UZ tizimida tegishli loginni kiritish kifoya. Bunday imkoniyat qator afzalliklarga ega: - koʻp parollarni eslab qolish va har safar shaxsingizga tegishli maʼlumotlarni turli saytlarga kritishni talb etmaydi.
Hamkor loyihalari ID.UZ tizimidan quyidagi loyihalarga kirish imkoniyatini yaratilgan: WWW.UZMilliy qidiruv tizimi. Ziyonet.uzZiyoNET taʼlim portali Utube.uzuTube.uz taʼlimiy video portal Fikr.uzfikr.uz jamoaviy blog cctld.uz lohiyasi„UZ“ domen maʼmuri
Roʻyxatdan oʻtish ID.UZ tizimidan roʻyxatdan oʻtayotgan foydalanuvchi oʻz shaxsiy profilini (fotosurʼati, shaxsiy maʼlumotlari) yaratadi. Imkoni boricha barcha soʻralgan maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliq toʻldirilsa, tizimdagi boshqa foydalanuvchilar bilan tez va oson doʻstlashish imkoniyatiga ega boʻladi.
Maqom ID.UZ tizimi foydalanuvchilari 2 ta maqomga ega: (nomi yashiringan) Nomaʼlum foydalanuvchi; PassportID maqomiga ega foydalanuvchi.
ID.UZ tizimi orqali avtorizatsiyadan oʻtgan foydalanuvchi tashqi xizmatlar, shuningdek, foydalanuvchilarning maqomiga qarab turli huquqlar berishi mumkin.
PassportID maqomi foydalanuvchisi oʻz pasport maʼlumotlarini ID.uz maʼmuriyatiga taqdim etgandan soʻng beriladi. Ushbu maqom – foydalanuvchining identifikatsiyasini talab qiluvchi davlat, kommunal, bank va boshqa xizmatlarga kirish imkoniyatini beradi.
Manbalar
Turkum:Saytlar