Javlon Jovliyev (1991-yil 24-iyul; Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Gʻishtli qishlogʻi) — yozuvchi va dramaturg. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. „Oltin qalam“, „Tahsin“ hamda „Kelajak bunyodkori“ davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Faoliyati Javlon Jovliyev Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining sanʼatshunoslik jurnalistikasi yoʻnalishini tamomlagan. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida muharrir va FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktarant. Jovliyev 2021-yilning bestseller kitobi sanalgan „Qoʻrqma“ romani muallifidir. Romanda 1922-yilda Turkistondan Germaniyaga yuborilgan talabalarning ayanchli taqdiri va bugungi kun yoshlari fojiasi tilga olingan.

Ijodi Yozuvchining hikoyalardan iborat „Ikki qalb uchrashuvi“ (2019) va „Qoʻrqma“ kitoblari chop etilgan. „Issiq qor“ (Usmon Nosir haqida) dramasi Muqimiy teatrida sahnalashtirilgan. Asarlari rus, ingliz va turk tillariga tarjima qilingan.

Qoʻrqma asari „Qoʻrqma“ asari uchun yozuvchi Javlon Jovliyev 2021-yil Tahsin mukofoti va Shavkat Mirziyoyev tomonidan „Kelajak bunyodkori“ davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Bundan tashqari, yozuvchiga Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev tomonidan 30 million soʻmlik sertifikat ham topshirilgan. Asar muallifiga Afgʻonistonning „Oltin qalam“ mukofoti berilgan. Asar „Yosh kitobxon“ respublika koʻrik tanlovining oʻqilishi lozim boʻlgan kitoblar roʻyxatiga kiritilgan .

Tanqid Oʻzbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) tomonidan monitoring qilinib, „Qoʻrqma“ romanida kelgan ayrim jumlalar oʻquvchi ongiga salbiy taʼsir oʻtkazishi haqida aytib oʻtilgan. Lekin AOKAning xulosasi ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab kitobxonlar, blogerlar va adabiyotshunoslarning tanqidiga sabab boʻlgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari Turkum:Qamashi tumanida tugʻilganlar Turkum:Yozuvchilar