Nazuk — arman oshxonasiga mansub qandolat mahsuloti, ichi toʻldirilgan yogʻli non. U kvadrat shakliga ega va ustki qismi yaltirab turadi. Nazuk xamirturushli xamirni yogʻ bilan qorishtirish orqali tayyorlanadi. Xamirga zaʼfaron, baʼzan dolchin qoʻshiladi, shu sababli mahsulot sargʻish rangga ega boʻlishi mumkin. Tayyor mahsulot bir necha qavat xamir va nachinkadan iborat boʻladi. Nazukni shirin yoki shoʻr nachinka qoʻshib tayyorlash retseptlari mavjud.

Ushbu shirinlikning bir necha xil turlari Saratovda juda mashhur. Rossiyaning boshqa hududlarida nazuk haqida ozchilik biladi.

Manbalar

Turkum: Pishirish Turkum: Arman oshxonasi Turkum:Qandolatchilik