Imperator Syanlun (1711-yil 25-sentyabr — 1799-yil 7-fevral) 1735-yildan 1796-yilgacha hukmronlik qilgan Sin sulolasining oltinchi imperatori va Xonglida imperator Yonchjenning toʻrtinchi oʻgʻli sifatida tugʻilib, 1735-yil 11-oktyabrdan 1796-yil 8-fevralgacha hukmronlik qildi. 1796-yilda u oʻz oʻgʻli, imperator Jiakin foydasiga taxtdan voz kechdi. 61 yil hukmronlik qilgan bobosi imperator Kansidan uzoqroq hukmronlik qilmadi. Nafaqaga chiqqaniga qaramay, u 1799-yil, vafotiga qadaristeʼfodagi imperator sifatida hokimiyatni saqlab qolishi uni tarixdagi eng uzoq hukmronlik qilgan monarxlardan biriga aylantirdi va 87 yoshida vafot etib, eng uzoq umr koʻrgan hukmdorlardan biriga aylandi.

Rivojlanayotgan imperiyani meros qilib olgan qobiliyatli va isteʼdodli hukmdor sifatida uning darida Sin imperiyasi koʻp sonli aholisi va yuksak iqtisodiyoti bilan oʻzining eng ajoyib va gullab-yashnagan davrini boshdan kechirdi. U harbiy sarkarda sifatida Oʻrta Osiyo davlatlari hududlarini zabt etish va baʼzan vayron qilish orqali mamlakat hududini eng koʻp darajada kengaytirgan harbiy yurishlarga boshchilik qildi. Biroq hukmronligining soʻnggi yillarida vaziyat oʻzgardi: Sin imperiyasi saroydagi korrupsiya, sonsalorlik va turgʻun fuqarolik jamiyati tufayli tanazzulga yuz tuta boshladi.

1793-yilda Sin saroyiga tashrif buyurgan Britaniya diplomatik missiyasi xizmatchisi imperatorni shunday tasvirlagan:Imperatorning boʻyi taxminan besh fut oʻn dyuym, nozikva hashamatli kiyingan; uning koʻzlari qora boʻlsa-da, rangi nisbatan ochiq; uning burni oʻtkir, yuzida esa mukammal bir holat mavjud boʻlib, uning haqiqiy yoshini hech qachon oshkor qilmaydi; uning shaxsiyatiz oʻziga jalb qiladi va uning xulqi juda xushmuomala, bu esa hukmdorning qadr-qimmatini kamaytirmasdan, u insonning xushmuomalaligini namoyon qiladi. Uning kiyimi sariq ipakdan tayyorlangan xalatdan, tepasida qizil xoshiyali qora baxmal qalpoqdan iborat boʻlib, oliy toifali mandarinlarning oʻziga xos xususiyatga ega boʻlgan tovus pati bilan bezatilgan. U egnida tilla naqshli shoyi etik kiygan, beliga koʻk kamar bogʻlagan.

Yoshlik davri thumb|Choʻmilayotgan uch yoshli imperator Syanlunning haykalchasi. Yonghe ibodatxonasidagi artefakt, Pekin. Xongli imperator Yonjen va uning aslzoda xotini XIning toʻrtinchi oʻgʻli. Xongli bobosi imperator Kansi va otasi imperator Yonchjen tomonidan ardoqlangan. Baʼzi tarixchilar  imperator Kansi imperator Yongchjenni oʻz vorisi etib tayinlashining asosiy sababi Xongli uning sevimli nabirasi boʻlgani, deb taʼkidlashadi. U Xonglining xulq-atvori oʻzinikiga juda oʻxshashligini his qiladi. Oʻsmirlik davrida Xongli jang sanʼatida mohir va adabiy qobiliyatlarga ega edi. thumb|Yosh imperator Syanlun shahzoda Bao darajasida 1722-yilda otasi taxtga oʻtirgandan soʻng Xongli " Birinchi darajali shahzoda Bao " (和碩寶親王; Héshuò Bǎo Qīnwáng) unvoni bilan sinvan (birinchi darajali shahzoda) etib tayinlandi. Koʻpgina amakilari singari, Xongli ham imperator saroyidagi amaldorlarning katta guruhi, jumladan, Yunsi, knyaz Lyan tomonidan qoʻllab-quvvatlangan katta akasi Xongshi bilan vorislik kurashiga kirdi. Koʻp yillar davomida imperator Yonchjen oʻz oʻgʻillaridan birortasini valiahd shahzoda sifatida belgilamagan boʻlsa-da, koʻplab amaldorlar uning Xonglini afzal koʻrishini taxmin qilishar edi. Xongli janubiy hududlarga tekshiruv uchun bordi va qobiliyatli diplomat va ijrochi sifatida tanildi. U, shuningdek, otasi poytaxtdan uzoqda boʻlgan paytlarda bosh regent etib tayinlangan.

Hukmdorlikning boshlanishi thumb|Imperator Syanlun va imperatritsa Syaoxianchunning inauguratsiya portretlari Imperator Yonchjen vafotidan keyin saroyda yigʻilgan kengashda rasman eʼlon qilinishidan oldinroq Xonglining taxtga oʻtirishi maʼlum boʻlgan edi. Yosh Xongli imperator Kansi sevimli nabirasi va imperator Yonchjenning sevimli oʻgʻli edi; imperator Yonchjen Xongli hali shahzoda boʻlganida unga bir qator muhim vazifalarini ishonib topshirgan va uni harbiy strategiya boʻyicha muhim muhokamalarga qoʻshgan. Taxt uchun kurashining oldini olish maqsadida, imperator Yonchjen oʻzi tanlagan merosxoʻrning ismini qogʻozga yozadi va uni Samoviy poklik saroyida (Syangin saroyi) taxt ustidagi muhrlangan qutiga joylashtiradi. Qutidagi ism imperator oilasining boshqa aʼzolariga barcha yuqori martabali vazirlar ishtirokida faqat imperator vafotidan keyin oshkor etilishi kerak edi. 1735-yilda imperator Yonchjen toʻsatdan vafot etganida, vasiyatnoma ochildi va Sin imperator saroyida oʻqildi, shundan soʻng Xongli yangi imperator boʻldi. Xongli „Doimiy hukmronlik“ maʼnosini anglatadigan „Syanlun“ davri nomini qabul qildi.

Chegara urushlari thumb|Imperator Syanlun otda tantanavor sovut kiygan, italyan rassomi Juzeppe Kastiglyon (xitoy tilida Lang Shining nomi bilan tanilgan) (1688-1766) left|thumb| Imperator Syanlun ovda Imperator Syanlun muvaffaqiyatli harbiy yoʻlboshchi edi. Taxtga oʻtirgandan soʻng, u Miao qoʻzgʻolonini bostirish uchun qoʻshin yubordi. Uning keyingi harbiy yurishlari Sin imperiyasi nazorati ostidagi hududlarni sezilarli darajada kengaytirdi. Syanlunning muvafaqqiyatli yurishlari nafaqat Sin harbiy qudrati, balki Ichki Osiyo xalqlarining tarqoqligi kuchayib borayotganligi sababli ham sodir boʻldi.

Imperator Syanlun hukmronligi davrida Jungʻor xonligi Sin imperiyasi tarkibiga qoʻshib olindi va uning nomi Shinjon deb oʻzgartirildi, gʻarbda esa Ili hududlari zabt etildi va garnizonga aylantirildi. Shinjonning Sin imperiyasi tarkibiga qoʻshilishi gʻarbiy moʻgʻul qabilalari ittifoqi boʻlgan jungʻorlarning (yoki zungʻorlarning) soʻnggi magʻlubiyati natijasida sodir boʻldi. Shundan keyin imperator Syanlun Jungʻor genotsidini uyushtirishga buyruq berdi. Sin sulolasi olimi Vey Yuanning maʼlumotlariga koʻra, 600 000 jungʻorning 40%i chechakdan oʻldirilgan, 20% Rossiya imperiyasi yoki qozoq dashtlariga qochib ketgan va 30% Sin armiyasi tomonidan qirib yuborilgan. Mazkur holatlarni Maykl Edmund Klark „nafaqat Jungʻor davlatining, balki jungʻorlarning ham xalq sifatida butunlay yoʻq qilinishi“ deya taʼriflagan.. Tarixchi Piter Perdu jungʻorlarning qirib tashlanishi imperator Syanluntomonidan olib borilgan aniq qirgʻin siyosati natijasi ekanligini taʼkidlaydi..

Jungʻor genotsidi 1776-yilda Jinchuan Tibet xalqining Sinlar tomonidan qirgʻin qilinishi bilan taqqoslanadi, bu voqea ham imperator Syanlun davrida sodir boʻlgan. Gʻolib qoʻshinlar Pekinga qaytib kelgach, ular sharafiga bayram madhiyasi kuylanadi. Madhiyaning manjur tilidagi versiyasi Amoit tomonidan yozib olinib, Parijga yuborilgan.

Sin imperiyasi Xanlin akademiyasining aʼzolari Chjao Yi va Jiang Yongjini Harbiy arxiv boshqarmasiga jungʻorlarni tinchlantirish strategiyasi (Pingding Zhungeʼer fanglue) tuzish uchun yolladi. Imperator Syanlunni Chjao Yi „XVIII asr tinchlik va farovonlik“ manbai sifatida tasvirlaydi.

Knyaz Chingʻunjav boshchiligidagi Xalxa moʻgʻul qoʻzgʻolonchilari jungʻor boshligʻi Amursana bilan ittifoq tuzib, jungʻorlar bilan bir vaqtda Sin imperiyasiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtaradi. Sin qoʻshini qoʻzgʻolonni bostirib, Chingʻunjav va uning butun oilasini qatl qildi.

Bu davr mobaynida Tibetga moʻgʻullarning aralashuvi va Moʻgʻulistonda Tibet buddizmining tarqalishi davom etdi. 1750-yilgi Lxasadagi qoʻzgʻolondan soʻng, imperator Syanlun Tibetga qoʻshin yubordi va Sinning mavjudligini saqlab qolish uchun Dalay Lamani Sin aholisi va garnizoni ustidan Tibet hukmdori sifatida mavqeini mustahkamladi. Bundan tashqari, Nepal va Gurxalarga qarshi harbiy yurishlar imperatorni har ikki tomonni boʻysundirishdek ogʻir mas’uliyatga majbur qildi.

1751-yil 23-yanvarda 1750-yilda Lxasada Singa qarshi qoʻzgʻolonda qatnashgan tibetlik isyonchilar Sin manjur generali Bandi tomonidan oʻldirildi. Olti nafar tibetlik isyonchilar yetakchilari va tibetlik isyonchilar rahbari Blo-bzan-bkra-sis qiynab oʻldirildi. Tibet isyonchilarining qolgan rahbarlari osildi va boshlari tibet xalqi koʻrishi uchun ustunlarga osib qoʻyildi. Sinlar qoʻzgʻolonchilarning mol-mulklarini tortib oldi va qolgan tibetlik isyonchilarni surgun qildi. Manjur generali Bandi 1751-yil 26-yanvarda imperator Syanlunga Tibet qoʻzgʻolonchilarining qatllarini qanday amalga oshirgani haqida hisobot yubordi. Lxasadagi qoʻzgʻolon paytida tibetlik isyonchilar Van Chi, Padma-skurje va Tarqan Yasorlar manjur ambanlari(Labdon va Fucin) joylashgan binoga hujum qilib, manjur ambanlarini oʻq, kamon va boshqa qurollar bilan yaralaganliklari uchun qatl qilindi. Tibetlik isyonchi Sacan Xasixa bir nechta odamni oʻldirgani uchun qatl qilindi. Tibet qoʻzgʻolonchilari Ch’ui-mu-cha-tʼe va Rab-brtan (A-la-pu-tan)lar Ambanlarga hujum paytida pul mablagʻlarini talon-toroj qilganliklari va binolarga oʻt qoʻyganliklari uchun qatl qilindi. Tibetlik isyonchi Blo-bzan-bkra-sis, Mgron-gner pul manblagʻlarini talon-toroj qilgani va manchu ambanlarini oʻldirilgan hujumni boshqarib, qoʻzgʻolonchilarning umumiy rahbari boʻlgani uchun qatl qilindi. Qatldan oldin oʻlgan ikki nafar tibetlik isyonchining jasadlarining boshlari kesildi. Ulardan biri qamoqxonada vafot etgan, Lag-mgon-po (La-k’o-kun-pu), ikkinchisi esa jazodan qoʻrqib oʻzini oʻldirgan Pei-lung-sha-k’o-pa. Bandi isyonchilarning bir qancha safdoshlarini va xabarchilarini boʻgʻib oʻldirishga hukm qildi.

1762-yilda imperator Syanlun va afgʻon amiri Ahmadshoh Durroniy oʻrtasida Xitoyning Oʻrta Osiyodagi ekspansiyalari tufayli munosabatlari yomonlashib, urushga yaqinlashdi. Sin va Durroniylar davlati qoʻshinlari chegaraga yaqin joyga yuborilgan boʻlsada, urush boʻlmadi. Bir yil oʻtgach, Durroniylar Pekinga elchisini yuborib, Syanlunga toʻrtta ajoyib ot sovgʻa qildi. Bu otlar „Toʻrt afgʻon otlari“ nomli bir qator rasmlarning mavzusiga aylandi. Biroq, afgʻon elchisi imperatorga ikki bukilib salom berish (kowtow) marosimidan bosh tortgach, Syanlunda yaxshi taassurot qoldirmadi. Keyinchalik Syanlun Durroniy imperiyasining Xitoyning vassali boʻlgan Badaxshon sultonini oʻldirishiga aralashishdan bosh tortdi. left|thumb| Syanlun davridagi askar, Muallif: Uilyam Aleksandr, 1793-yil