Lifan yuan (; Manjurcha: ᡨᡠᠯᡝᡵᡤᡳᡤᠣᠯᠣᠪᡝᡩᠠᠰᠠᡵᠠᠵᡠᡵᡤᠠᠨ Möllendorff: tulergi golo be dasara jurgan; Moʻgʻulcha: Gadaad Mongolin tөriyg zasax yavdlin yaam, γadaγadu mongγul un törü-yi jasaqu yabudal-un yamun) Lifan Yuan Xitoyning Sin sulolasi hukumatidagi agentlik boʻlib, Mo'g'uliston kabi imperiyaning Ichki Osiyo hududlarini boshqargan va Tibetdagi Ambanlarning tayinlanishini nazorat qilgan.
Nom Lifan Yuan nomi ingliz tiliga turli xil tarjimalarga ega. Jumladan Milliy ozchiliklar ishlari boʻyicha kengash (Board for National Minority Affairs)The biographies of the Dalai Lamas By Hanzhang Ya, P33, Hududiy ishlar sudi (Court of Territorial Affairs)Opium and the limits of empire: drug prohibition in the Chinese interior … By David Anthony Bello, P65, Chet hududlarni boshqarish kengashi (Board for the Administration of Outlying Regions)Political frontiers, ethnic boundaries, and human geographies in Chinese history By Nicola Di Cosmo, Don J. Wyatt, P367, Knyazliklar bilan aloqalar boshqarmasi (Office for Relations with Principalities)Imperial China 900-1800 By Frederick W. Mote, P868, Ofis Barbar nazorati (Office of Barbarian Control)Sino-Russian Relations: A Short History By R. K. I. Quested, P46, Moʻgʻul va Tibet ishlari boʻlimi (Office of Mongolian and Tibetan Affairs)Traditional government in imperial China: a critical analysis By Mu Qian, Mu Ch’ien, George Oakley Totten, P135 va mustamlaka ishlari boʻyicha amaldor (Court of Colonial Affairs) va boshqalar. Ofis dastlab moʻgʻulcha Yamen (; , tarjimasi: Moʻgʻul boshqarmasi) nomi ostida 1636-yilda taʼsis etilgan. 1639-yilda boshqarma nomi oʻzgartirildi. Xitoy tilida „Lifan Yuan“, manjur tilida „Tulergi golo be dasara jurgan“ shaklida ifodalandi. Manjurcha nomi tom maʼnoda chekka hududlarni boshqarish boʻlimi degan maʼnoni anglatadi.The Imperial Moment, by Kimberly Kagan, p97 Sin sulolasi islohoti yoki yangi siyosatlar davrida boshqarma nomi 1907-yilda Lifan vazirligiga () oʻzgartirildi va 1912-yilda Sin sulolasining yakunigacha mavjud edi.
Vazifalari Zongli Yamen lavozimi tashkil etilishidan oldin hukumat imperiyaning Rossiya bilan Nerchinsk va Kyaxta shartnomalari asosidagi munosabatlarini ham nazorat qilgan. Lifan Yuan tarkibi faqat sakkiz bayroq aʼzolaridan iborat edi. Lifan Yuan Sin sulolasining tashqi siyosat boʻlimi bilan taqqoslanadigan maʼmuriy idora edi.
Lifan yuan aʼzolari Ichki shaharning janubi-sharqiy qismida joylashgan, keyinchalik rus yotoqxonasi sifatida ham tanilgan () tarjimonlar byurosiga joylashtirildi (). Uni albazinliklar yashagan „shimoliy pavilon“dan (北館 pei kuan) farqlash uchun uni „janubiy pavilon“ (南館 nan kuan) deb ham atashgan. Kyaxta shartnomasidan keyin bu qarorgoh doimiy boʻlib qoldi.
Bu joyda manjyrlarga rus tilida gapirishni oʻrgatadigan Rus tili instituti ham bor edi (). Ushbu institut 1708-yilda tashkil etilgan va 1862-yilda yangi tashkil etilgan Tongven Guan tarkibiga kiritilgan.
Lifan yuan taxminan Xuanchjen yuanning () Sin versiyasi yoki Moʻgʻullar boshchiligidagi Yuan sulolasi tomonidan Tibetdagi ishlarni boshqarish uchun tashkil etilgan Buddist va Tibet ishlari byurosiga ham oʻxshash ediState and Ethnicity in Chinaʼs Southwest, by Xiaolin Guo, p29. Uni Min sulolasi davrida barcha tashqi aloqalarni boshqaruvchi anʼanaviy Xitoy instituti boʻlgan marosimlar vazirligidan farqlash kerak. Sin marosimlar kengashi janubiy va sharqdagi vassal mamlakatlari Choson (Koreya), Nguyen sulolasi (Vyetnam), Ryukyu qirolligi, Golland va inglizlar kabi dengiz orqali kelgan gʻarbiy xalqlar bilan shugʻullanish vazifalarini bajargan. Lifan Yuan Moʻgʻullar bilan munosabatlarni tartibga solish uchun Hong Tayji davrida tashkil etilgan. Sin sulolasi tashkil etilgandan soʻng u moʻgʻullar, ruslar, shimol va gʻarbdagi boshqa ichki Osiyo xalqlari bilan aloqa qilish uchun alohida muassasa boʻlib qoldi. 1861-yilda tashqi aloqalarni olib borish maqsadida u Zongli Yamen idorasi bilan almashtirildi.
Manbalar
Adabiyotlar
Mayers, William Frederick. The Chinese Government: A Manual of Chinese Titles, Categorically Arranged and Explained, with an Appendix. 3rd edition revised by G.M.H. Playfair ed. Shanghai: Kelly & Walsh, 1897; reprint, Taipei: Ch’eng-Wen Pub. Co., 1966. Brunnert, S., V. V. Hagelstrom, and N. F. Kolesov. Present Day Political Organization of China. Translated by Andrei Terentʼevich Biel’chenko and Edward Eugene Moran. Shanghai: Kelly and Walsh Limited, 1912. March, G. Patrick, Eastern Destiny: Russia in Asia and the North Pacific, 1996.
Turkum:Sin sulolasi Turkum:Mansablar