Anti-tatar kayfiyati yoki tatarofobiya () Volga, Sibir va Qrim tatarlari, shuningdek tatarlar deb ataladigan odamlardan qoʻrqish, ularga nisbatan nafrat, ularga nisbatan notoʻgʻri qarashni anglatadi. Bu, asosan, sovet ommaviy axborot vositalarining uzoq yillik targʻibotida ularni faqat salbiy koʻrinishda tasvirlash hamda ularni deportatsiya qilish va marginallashtirishni siyosiy asoslash uchun salbiy stereotiplarni targʻib qilish amaliyoti natijasidir.

Qrim tatarlariga qarshilik

Sovet davri 1944-yil may oyida Qrim tatarlari deportatsiya qilinganidan soʻng, hukumat qrim tatarlariga nisbatan salbiy stereotiplarini kuchli targʻib qildi va ularni „sotqin“, „burjuaziya“, „aksil-inqilobiy“ kuchlar deb eʼlon qilib, Qrim yarim oroli bilan tarixiy aloqasi boʻlmagan „moʻgʻullar“ deb yolgʻon koʻrsatma berdi. Partiya aʼzolarining siyosiy tashviqoti deportatsiya qilingan fuqarolarga nisbatan noxush kayfiyatni shakllantirdi va Qrimda ham qrim-tatarlarga qarshi kayfiyatni targʻib qilish uchun konferentsiyalar oʻtkazildi. 1944-yilda deportatsiya qilinganidan keyin yarim orolni rasman detatarizatsiya qilinib, ilgari tatar nomlari bilan atalgan minglab qishloqlar yangi ruscha nomlar oldi. Oʻrta Osiyoda deportatsiya qilingan qrim-tatarlar „maxsus koʻchmanchilar“ rejimida yashagan, bu esa ularni boshqa sovet fuqarolari ega boʻlgan koʻplab fuqarolik huquqlaridan mahrum qilgan va kichik bir chegarada ushlab turilishiga sabab boʻlgan. Qrim-tatarlarning fuqarolik huquqlari uchun kurash harakatida ishtirok etgan insonlar „maxsus koʻchmanchilar“ va aparteid qurbonlari bilan Isroil ishgʻoli ostidagi falastinliklar boshdan kechirayotgan sharoitlar oʻrtasida kuchli oʻxshashlik borligini bir necha bor qayd etgan.

Hozirgi zamonda Zamonaviy jamiyatda tatarofobiya oʻtmishdagidan koʻra koʻproq bahs-munozaralarni keltirib chiqarmoqda. Rasmiy ravishda davlat tomonidan boshqariladigan muassasalar boʻlmasa-da, salbiy qarashlar butun hukumat va jamiyatda saqlanib qolmoqda. Rossiya konsuli Vladimir Andreev Qrim-tatarlarning ikki karra Sovet Ittifoqi Qahramoni Ametxon Sulton haqidagi " Haytarma " filmining namoyishiga taklif etilgan Rossiya fuqarolaridan unda qatnashmaslikni talab qilgani bunga yaqqol misol boʻla oladi. Andreyev filmda asl qrim-tatar aholisi tasvirlanmagani yetarlicha salbiy mazmun berishini taʼkidlasa-da, keyinchalik aslida filmni koʻrmaganini tan oladi. Andreey film rejissori qrim-tatar boʻlgani uchun uni tarixan notoʻgʻri film deb hisoblaganini aytgan.

Turli tatar xalqlariga nisbatan munosabatlarga nazar tashlar ekanmiz, ularning butunlay oʻzgacha manzara kasb etishiga guvoh boʻlamiz. Qrim tatarlariga nisbatan propaganda bilan shugʻullanuvchilar oʻz vaqtida Volga tatarlari uchun oʻzlarini doʻstdek tutishadi. Bundan asosiy oʻrinlarda Qrim tatarlariga nisbatan propaganda quroli sifatida ham foydalanib kelishadi. Biroq munosabatlar tarixining asl ildizlari Qrim tatarlari nimagadir moyilliklarida emas, balki boshqa jihatlarga borib taqaladi. Sovetlar davrida Qrim tatar fuqarolik huquqlari kurashchilari Qrimda oʻz muxtoriyatlarini tiklash haqidagi iltimoslariga rad javobi berishib, qrim-tatar tili qozon-tatar tilidan tubdan farq qilishiga qaramay, Tataristonda avtonom viloyat tashkil etishni taklif qilishadi. Bu esa oʻz navbatida Qrim-tatar rahbariyatini haqorat qilish bilan barobar edi.

Volga tatarlariga qarshilik Tarixan Volga tatarlari Rossiya va Sovet Ittifoqida " namunali ozchilik " sifatida maqtovga sazovor boʻlgan va Qrim tatarlariga qaraganda ancha yaxshi munosabatda boʻlib kelingan. Shunga qaramay, Volga tatarlariga nisbatan notoʻgʻri qarashlar mavjud boʻlgan va rus millatchilari tomonidan Tataristonni detatarizatsiya qilishga urinishlar boʻlgan. 2007-yilda Sankt-Peterburgga ishlash uchun ketayotgan tatar yigit bir guruh odamlar tomonidan pichoqlab oʻldiriladi. Tatar jamiyati qotillik irqiy sabab va islomofobiya oqibati ekanini taʼkidlaydi. Elmira Abdrazakova 2013-yilda "Rossiya goʻzali " unvoniga sazovor boʻlganidan soʻng, u irqiy haqoratlarga uchradi.

Manbalar

Turkum:Tatarlar Turkum:Tatarofobiya