Oʻtkir koronar sindrom (OʻKS) deb odatda yurakka boruvchi qon miqdorining toʻsatdan kamayishi natijasida yuzaga keladigan oʻtkir miokard ishemiyasi va/yoki infarkti bilan namoyon boʻluvchi holatlarga aytiladi va nostabil stenokardiya (NS), ST segmenti koʻtarilmagan miokard infarkti (NSTEMI) va ST segmenti koʻtarilgan miokard infarktini (STEMI) oʻz ichiga oladiAmsterdam EA, Wenger NK, Brindis RG, Casey DE Jr, Ganiats TG, Holmes DR Jr, Jaffe AS, Jneid H, Kelly RF, Kontos MC, Levine GN, Liebson PR, Mukherjee D, Peterson ED, Sabatine MS, Smalling RW, Zieman SJ. 2014 AHA/ACC Guideline for the Management of Patients with Non-ST-Elevation Acute Coronary Syndromes: a report of the American College of Cardiology/American Heart Association Task Force on Practice Guidelines. J Am Coll Cardiol. 2014 Dec 23;64(24):e139-e228. doi: 10.1016/j.jacc.2014.09.017. Epub 2014 Sep 23. Erratum in: J Am Coll Cardiol. 2014 Dec 23;64(24):2713-4. Dosage error in article text. PMID 25260718.. Klinikasida koʻkrakdagi kuchli ogʻriq yetakchilik qilib, uning koʻpincha chap yelkaga tarqalishi kuzatiladi. Bundan tashqari nafas yetishmasligi, oqarib ketish, koʻp terlash va koʻngil aynishi kabi belgilar ham kuzatilishi mumkinJameson JL, Fauci AS, Kasper DL, Hauser SL, Longo DL, Loscalzo J. Harrisonʼs Principles of Internal Medicine, Twentieth Edition (Vol.1 & Vol.2). McGraw-Hill Education / Medical; 2018..

Oʻtkir koronar sindrom EKGdagi oʻzgarishlarga qarab ST segmenti koʻtarilgan va koʻtarilmagan OʻKSlarga ajratiladi. ST segmenti koʻtarilmagan OʻSK oʻz navbatida yurak troponini miqdoriga qarab yana ikki guruh: NSTEMI va NSga ajratiladi. Demak, belgilari, EKGdagi oʻzgarishlar va troponin miqdori tashxis qoʻyishga va kasallik turini aniqlashga asos boʻladiOʻGara PT, Kushner FG, et al. 2013 ACCF/AHA Guideline for the Management of ST-Elevation Myocardial Infarction. Circulation. 2013; 127(4). doi: 10.1161/cir.0b013e3182742cf6.. Barcha OʻKS bilan ogʻrigan bemorlar ikkilik antitrombotsitar terapiyani qabul qilishadi. OʻKS (nostabil stenokardiya) stabil stenokardiyadan farq qilib, bunda simptomlar toʻsatdan, hatto tinch holatda ham yuzaga chiqadiFihn SD, Gardin JM, Abrams J, Berra K, Blankenship JC, Dallas AP, Douglas PS, Foody JM, Gerber TC, Hinderliter AL, King SB 3rd, Kligfield PD, Krumholz HM, Kwong RY, Lim MJ, Linderbaum JA, Mack MJ, Munger MA, Prager RL, Sabik JF, Shaw LJ, Sikkema JD, Smith CR Jr, Smith SC Jr, Spertus JA, Williams SV; American College of Cardiology Foundation; American Heart Association Task Force on Practice Guidelines; American College of Physicians; American Association for Thoracic Surgery; Preventive Cardiovascular Nurses Association; Society for Cardiovascular Angiography and Interventions; Society of Thoracic Surgeons. 2012 ACCF/AHA/ACP/AATS/PCNA/SCAI/STS Guideline for the diagnosis and management of patients with stable ischemic heart disease: a report of the American College of Cardiology Foundation/American Heart Association Task Force on Practice Guidelines, and the American College of Physicians, American Association for Thoracic Surgery, Preventive Cardiovascular Nurses Association, Society for Cardiovascular Angiography and Interventions, and Society of Thoracic Surgeons. J Am Coll Cardiol. 2012 Dec 18;60(24):e44-e164. doi: 10.1016/j.jacc.2012.07.013. Epub 2012 Nov 19. PMID 23182125..

Belgi va simptomlari

OʻKSning kardinal belgisi oʻtkir toʻsh ortidagi bosuvchi ogʻriq hisoblanadi. Ogʻriq koʻpincha chap koʻkrak, qoʻl, yelka, boʻyin, patki jagʻ yoki oshqozon usti sohasiga tarqalishi mumkin. Ogʻriq jismoniy mehnat va stress holatlarida kuchayadi. Bundan tashqari nafas yetishmasligi, oqarib ketish, koʻngil aynishi, qusish, holsizlik, bosh aylanishi yoki hushdan ketish ham kuzatilishi mumkin. OʻKS har doim ham yuqoridagi tipik belgilar bilan namoyon boʻlavermaydi, ayniqsa qariyalarda, diabetiklarda va ayollarda. Atipik belgilar sanchuvchi ogʻriqdan boshlab, hech qanday ogʻriq kuzatilmasligicha boʻlishi mumkinIbanez B, James S, Agewall S, et al. 2017 ESC Guidelines for the management of acute myocardial infarction in patients presenting with ST-segment elevation. Eur Heart J. 2017; 39(2): pp. 119-177. doi: 10.1093/eurheartj/ehx393.. Koʻkrak ogʻrigʻisiz kechadigan „tinch miokard infarkti“ polineyropatiya tufayli diabetik bemorlarda koʻproq kuzatiladiThygesen K, Alpert JS, Jaffe AS, Chaitman BR, Bax JJ, Morrow DA, White HD; Executive Group on behalf of the Joint European Society of Cardiology (ESC)/American College of Cardiology (ACC)/American Heart Association (AHA)/World Heart Federation (WHF) Task Force for the Universal Definition of Myocardial Infarction. Fourth Universal Definition of Myocardial Infarction (2018). Circulation. 2018 Nov 13;138(20):e618-e651. doi: 10.1161/CIR.0000000000000617. Erratum in: Circulation. 2018 Nov 13;138(20):e652. PMID 30571511.. Agar, miokard infarkti yurakning orqa devorida kuzatilsa, u holda bemorda koʻpincha epigastral (oshqozon usti) sohada ogʻriq va bradikardiya kuzatiladi. Ogʻriq yurak qorinchasida yuz bergan miokard infarktida gipotenziya (qon bosimining pasayishi), boʻyinturuq venalarining koʻtarilishi va oʻpka maydoning tozaligi kabi triada kuzatiladi.

Patofiziologiyasi

OʻKS bilan ogʻrigan bemorlar tojsimon (koronar) arteriyalaridan birida toʻsatdan aterosklerotik plakchaning yorilishi yoki erroziyasi tufayli u yerda tromb hosil boʻladi va qon tomirini qisib qoʻyadi. Qisilgan qon tomiridan qon yaxshi oʻtmaganligi sababli miokardning kislorod bilan taʼminlanishi buziladi va u yerda ishemiya yoki nekroz boshlanadi. Aterosklerotik plakchaning yemirilishga moyilligi undagi yalligʻlanishga bogʻliq boʻlishi mumkin. Plakchaning erroziyasi yoki yirtilishi endoteliy ostidagi kollagenning qon bilan toʻqnashishiga va u yerga trombotsitlar yopishishiga sabab boʻladi. Toʻqima faktorining faollashuvi trombotsitlar agregatsiyasiga yaʼni tromb hosil boʻlishiga olib keladiBraunwald E. Unstable angina and non-ST elevation myocardial infarction. Am J Respir Crit Care Med. 2012 May 1;185(9):924-32. doi: 10.1164/rccm.201109-1745CI. Epub 2011 Dec 28. PMID 22205565.. Plakcha yorilishida plakcha tarkibida lipidlar va makrofaglar miqdori koʻp, kollagen kam va plakcha yupqa fibroz kapsula bilan qoplangan boʻladi. Plakcha erroziyasida esa plakchada kollagen koʻp, fibroz kapsular, yirik lipidlar va yalligʻlanish hujayralari boʻlmaydiEisen A, Giugliano RP, Braunwald E. Updates on Acute Coronary Syndrome: A Review. JAMA Cardiol. 2016 Sep 1;1(6):718-30. doi: 10.1001/jamacardio.2016.2049. PMID 27438381..

Diagnostikasi

OʻKS kasallik belgilari, hayotiy muhim koʻrsatkichlar kabi bemor anamnezi, EKGdagi oʻzgarishlar va laboratoriya natijalari asosida tashxis qoʻyiladi. Koʻkrak qafasida bosuvchi ogʻriq va nafas qisishi bilan kelgan bemorda bu kasallikni taxmin qilish kerak.

EKG

Tashxisni tasdiqlash uchun tezda bemorni EKG qilish kerak boʻladi. EKGda ST segmentining pasayishi, T tishning inversiyasi, ST segmentining koʻtarilishi yoki yangi chap oyoqcha blokadasi kuzatilsa, tashxis tasdiqlanadi. Nostabil stenokardiyadan NSTEMIni farqlash uchun yurak biomarkerlarning bor yoki yoʻqligidan foydalaniladi. Chunki, yurak biomarkerlari faqat yurak miokardining nekrozi vaqtida qonga chiqadi (STEMI va NSTEMIda)Roffi M, Patrono C, Collet J-P, et al. 2015 ESC Guidelines for the management of acute coronary syndromes in patients presenting without persistent ST-segment elevation. Eur Heart J. 2015; 37(3): pp. 267-315. doi: 10.1093/eurheartj/ehv320..

thumb|386x386px|Oʻtkir koronar sindromning klassifikatsiyasi va tashxis qoʻyish mezoni

Radiografiya va laboratoriya testlari

Koʻkrak sohasidagi ogʻriqqa sabab boʻluvchi boshqa holatlarni aniqlash yoki rad etish hamda davo chorasini toʻgʻri olib borish uchun koʻkrak qafasi koʻchma rentgeni, qonning umumiy tahlili, koagulogramma, qonning biokimyoviy tahlili ham qilinadiAntman EM, Anbe DT, Armstrong PW, Bates ER, Green LA, Hand M, Hochman JS, Krumholz HM, Kushner FG, Lamas GA, Mullany CJ, Ornato JP, Pearle DL, Sloan MA, Smith SC Jr, Alpert JS, Anderson JL, Faxon DP, Fuster V, Gibbons RJ, Gregoratos G, Halperin JL, Hiratzka LF, Hunt SA, Jacobs AK; American College of Cardiology; American Heart Association Task Force on Practice Guidelines; Canadian Cardiovascular Society. ACC/AHA guidelines for the management of patients with ST-elevation myocardial infarction: a report of the American College of Cardiology/American Heart Association Task Force on Practice Guidelines (Committee to Revise the 1999 Guidelines for the Management of Patients with Acute Myocardial Infarction). Circulation. 2004 Aug 31;110(9):e82-292. Erratum in: Circulation. 2005 Apr 19;111(15):2013-4. Erratum in: Circulation. 2007 Apr 17;115(15):e411. Erratum in: Circulation. 2010 Jun 15;121(23):e441. PMID 15339869.. Yurak biomarkerlari sifatida yurak troponini I va T hamda miokard kreatin kinazasidan foydalaniladi.

Klinik bashorat shkalalari

GRACE (Global Registry of Acute Coronary Events) shkalasi — OʻKSda oʻlim ehtimolini koʻrsatuvchi shkala hisoblanadiFox KAA, FitzGerald G, Puymirat E, et al. Should patients with acute coronary disease be stratified for management according to their risk? Derivation, external validation and outcomes using the updated GRACE risk score. BMJ Open. 2014; 4(2): p. e004425. doi: 10.1136/bmjopen-2013-004425..

HEART (history — kasallik tarixi, ECG, age — yoshi, risk factors — xavf omillari va troponin) shkalasi tez tibbiy yordam boʻlimiga keltirilgan koʻkrak qafasida ogʻriq mavjud boʻlgan bemorlarda yirik nojoʻya kardiovaskulyar holatlarni baholashda ishlatiladiSix AJ, Backus BE, Kelder JC. Chest pain in the emergency room: value of the HEART score. Netherlands Heart Journal. 2008; 16(6): pp. 191-196. doi: 10.1007/bf03086144..

Profilaktikasi