Xorazm, "Xorazm" professional futbol klubi – Xorazm viloyati, Urganch shahri sharafini himoya qiluvchi futbol klub. 1989-yilda tashkil etilgan.

Nomlari 1989—1990-yillar – „Jayhun“ 1991—1992-yillar – „Quruvchi“ 1993—1996-yillar – „Dinamo“ 1997—2001-yillar – „Xorazm“ 2002-yil – „Jayhun“ 2003—2005-yillar – „Xorazm-2003“ 2006-yildan – „Xorazm“

Tarixi SSSR chempionatlari 1989-yilda Urganchda SSSR chempionati Ikkinchi ligasida Xorazm viloyatining yana bir jamoasi – „Xonqa“ (Xonqa) jamoasining oʻrniga „Jayhun“ nomi ostida yangi futbol klubi tashkil etilgan.

Oleg Bugaev boshchiligidagi jamoa 1-turni omadsiz oʻtkazdi. Faqat tajribali mutaxassis Valeriy Vasilenkoning kelishi vaziyatni oʻzgartirib, „Jayhun“ni quyi ligaga tushib ketishdan saqlab qoldi (klub mavsumni 16-oʻrinda yakunladi).

1990-yilda „Jayhun“ni yangi murabbiy Zohidulla Sanatulov boshqargan. Ammo klub omadsiz oʻynashda davom etdi va Sanatulov sentabr oyida Yuriy Gordeevga almashtirildi. U oxirgi turlarda 17-oʻrinni egallab, vaziyatni oʻnglashga muvaffaq boʻldi.

1991-yilda klub nomini „Quruvchi“ deb oʻzgartirdi. Jamoani mahalliy mutaxassis Allabergen Matniyazov boshqardi, biroq natijada mavsum muvaffaqiyatsiz yakunlandi – klub ligada soʻnggi oʻrinni egalladi.

Oʻzbekiston chempionatlari 1993—1996-yillar 1993-yilda klub „Dinamo“ deb oʻzgartirilib, Xorazm IIB tasarrufiga oʻtdi. Oʻsha mavsumda u Xorazm viloyati chempioni boʻldi va viloyat ligalari gʻoliblari oʻrtasidagi oʻtish turnirida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Oʻtish turniri natijasi boʻyicha Urganch klubi Birinchi ligaga chiqa olmadi. Lekin Oʻzbekiston futbol federatsiyasi rahbariyati Xorazm jamoasiga yonbosib, uni quyi-elita divizioniga kiritdi.

Shu tariqa, „Dinamo“ Xorazm tarixida Oʻzbekiston Birinchi ligasida ishtirok etgan birinchi klub boʻldi. 1994-yilda jamoani oʻtmishda taniqli murabbiy Valeriy Vasilenko boshqargan.

1994-yil 9-aprelda boʻlib oʻtgan ilk uchrashuvda „Dinamo“ jamoasi safarda Chirchiqning „Kimyogar“ jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etishga muvaffaq boʻldi.

„Dinamo“ning ilk uy uchrashuvi 23-aprel kuni „Olimpiya“ stadionida Yangiyoʻlning „Mebelchi“ jamoasiga qarshi oʻtkazildi. Bu oʻyin mezbonlar uchun unchalik omadli kechmadi. Uchrashuv davomida magʻlub boʻlgan urganchliklar soʻnggi soniyalarda toʻpni darvozaga yoʻlladi va ochkoni saqlab qolishga muvaffaq boʻldi – 1:1.

Uydagi ilk gʻalaba keyingi turda (26-aprelda) qoʻlga kiritildi. Jizzaxning „Yigiruvchi“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda Viktor Lukyanovning yagona goli mezbonlarga minimal 1:0 hisobida gʻalaba keltirdi. Bu natija „Dinamo“ga 4-turdan keyin turnir jadvalida 5-oʻrinni egallash imkonini berdi.

Keyinchalik debyutantning taqdiri unchalik muvaffaqiyatli boʻlmadi. „Dinamo“ qolgan oʻyinlarni yetarli darajada yaxshi oʻtkazmadi va 9 ochko jamgʻargan jamoa 1-turni oxiridan oldingi oʻrinda yakunladi.

Qoniqarsiz natijalar klub rahbariyatini tarkibni bir nechta tajribali futbolchilarni taklif qilib kuchaytirishga majbur qildi. Ular orasida Vali Sultonov, Pavel Kaygorodov, Arsen Grigoryan, Vladimir Merejko va boshqalar bor edi.

Ammo vaqt boy berildi, jamoa oʻz oʻyinini topa olmadi va 1994-yilgi chempionatni oxirgidan oldingi 17-oʻrinda yakunladi. Klubning joriy mavsumdagi eng yaxshi toʻpurari Vali Sultonov boʻldi va u 7 ta gol kiritdi.

Bu natijaga qaramay „Dinamo“ Birinchi ligani tark etmadi. Ishtirokchilar sonining kengayishi munosabati bilan, OʻFF mamlakatdagi ikkinchi muhim klub turnirida jamoani qoldirdi.

1995-yilda jamoaga Bahodir Mirzaev bosh murabbiy etib tayinlandi. Uning yordami bilan klub bir qancha tajribali futbolchilar (darvozabon Aleksandr Semyonov, himoyachilar Evgeniy Lushnikov va Ildus Sharipov, yarim himoyachi Edik Sattarov) bilan mustahkamlandi.

Shuningdek, bir qancha umidli yosh futbolchilar – Botir Mirzayev, Daniyar Musaev, Dmitriy Malin, Vladimir Baranov va Andrey Chedinovskixlar taklif etilgan. Jamoa asosida mahalliy futbolchilar – Vali Sultonov, Azimbay Nurmetov va Jahongir Sultonovlar ham bor edi.

Ishtirokchilar soni ortishi munosabati bilan Birinchi liga formati oʻzgartirildi. 26 ta jamoa hududiy prinsip boʻyicha 2 ta zonaga boʻlingan.

Har bir zonadan 8 ta eng yaxshi jamoa keyingi bosqichga yoʻl oldi va Oliy ligaga 2 tadan yoʻllanma oʻynadi. „Dinamo“ Gʻarbiy zonada oʻynashi kerak edi.

„Dinamo“ uchun mavsum omadsiz boshlandi. Mehmon jamoa 1-turda qoʻshni Qoraqalpogʻiston Respublikasining prinsipial raqibi – Nukusning „Orol“ jamoasiga imkoniyatni boy berdi (0:1).

Keyingi turda esa oʻz maydonida „Tegirmonchi“ni katta qiyinchilik bilan magʻlub etib, uchrashuv yakunlanishiga 2 daqiqa qolganida hal qiluvchi golni urdi – 2:1. Shundan soʻng urganchliklar yaxshi formaga kirib, ketma-ket 8 ta magʻlubiyatsiz oʻyin oʻtkazib, 6 ta gʻalabaga erishdi. Jumladan, keyingi bosqichga chiqish uchun asosiy raqobatchilar – „Zarafshon“ (2:1) va „Progress“ (4:2) ustidan gʻalaba qozongan.

Bu natijalar klubga yakkama-yakka Gʻarbiy zona turnir jadvalida peshqadamlik qilish imkonini berdi. Jamoa nafaqat turnirda yuqori oʻrinlar, balki Oʻzbekiston Oliy ligasiga chiqish uchun ham kurash olib borishga qodir ekani oydinlashdi.

Dinamo sekinlashmadi va dastlabki bosqichning qolgan qismini ishonch bilan oʻtkazib, 1-oʻrindan 1995-yilgi chempionatning final bosqichiga chiqdi. 5-oktabr kuni Birinchi liga jamoalari oʻrtasidagi hal qiluvchi tur oʻyinlariga start berildi. Klublar Oliy ligaga 2 ta yoʻllanma uchun kurashishi kerak edi. Ularga asosiy daʼvogar „Dinamo“ (Urganch), „Kushon“ (Kosonsoy), „Chilonzor“ (Toshkent) va „Zarafshon“ (Navoiy) klublari edi.

Urganchliklar yana turnirni unchalik ishonchsiz boshladilar, dastlabki ikki safar oʻyinida bor-yoʻgʻi 2 ochko jamgʻarib, „Madaniyat“ (1:1) va „Gʻazalkent“ (0:0) bilan durang oʻynadi.

Bu natijalar darhol jamoaning turnir jadvaliga taʼsir qildi va „Dinamo“ jamoasi 3-oʻringa tushib ketdi. Ammo keyingi turlar oʻyinlari hammasini oʻz oʻrniga qoʻydi.

Klub oʻyinlarni juda shay holatda oʻtkazdi va ketma-ket bir necha oʻyinlarda gʻalaba qozonib, yana peshqadamlikni qoʻlga kiritdi. Asosiy raqiblar – Kosonsoyning „Kushon“ (2:0) va Toshkentning „Chilonzor“ (1:0) jamoalari ustidan qozonilgan gʻalaba hal qiluvchi boʻldi.

9-noyabr kuni esa oʻz maydonida „Gʻazalkent“ni 3:1 hisobida magʻlub etgan urganchlik futbolchilar muddatidan avval (mavsum yakuniga bir tur qolganda) Oʻzbekiston Oliy ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Klubning eng yaxshi toʻpurarlari sifatida hujumchilar Vali Sultonov (18 ta gol) va Botir Mirzaev (17), shuningdek, himoyachi Pavel Kaygorodov (11) qayd etildi.

1996-yilda „Dinamo“ (Urganch) birinchi marta Oliy ligada maydonga tushdi. Mavsum boshlangunga qadar jamoani yetakchi futbolchilar tark etishdi va bosh murabbiy Rahim Moʻminovga almashtirildi. Barqaror ravishda mablagʻ ajratilishiga qaramay, klub kadrlar bilan taʼminlanmagan, mavsumoldi yigʻin sust oʻtkazildi. Muvaffaqiyatsiz natijalar oʻzini uzoq kuttirmadi.

Chempionatning 1-turi toʻliq muvaffaqiyatsiz oʻtdi. „Dinamo“ jamoasi bor-yoʻgʻi 1 ta gʻalabaga erishdi va turnir jadvalida munosib soʻnggi oʻrinni egalladi. Natijada bosh murabbiy ishdan boʻshatildi va bu lavozimga Vladimir Desyatchikov taklif qilindi.

Urganchliklar 2-tur boshlanishidan oldin bir qancha tajribali futbolchilar – Burgandin Chobanov, Eduard Kudryashov, Sergey Kovshov, Yevgeniy Matveyev va Aleksey Kornichenkolar bilan kuchayishdi.

Yosh Dmitriy Malin bilan tandemda oʻynay boshlagan, oʻtgan mavsum toʻpurari Vali Sultonov ham klubga qaytdi. Jamoa oʻzgarib, yangicha oʻynadi.

Urganchliklar 2-turda 7 ta gʻalabaga erishdi. Ammo, 1996-yilgi mavsum yakunida „Dinamo“ jamoasini 15-oʻrindan qutqarib qolgan 1 ochko ajratib qoldi. Dmitriy Malin 8 ta gol bilan klubning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. Ammo chempionatda ishtirokchilar soni ortgani bois Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi qarori bilan Xorazm klubi Oliy ligadagi oʻrnini saqlab qoldi.

Mahalliy musboqalardagi statistikasi SSSR chempionatlari Mavsum Liga Nomi Oʻyin Gʻal. Dur. Magʻ. UT OʻT Ochko Oʻrni (ishtirokchilar soni) Eng yaxshi toʻpurarlar (gollar) 1989 Ikkinchi liga 7-zona Jayhun 40 15 7 18 42 59 37 16 (21) Konstantin Novikov (10) 1990 Ikkinchi kichik liga 9-zona Jayhun 38 12 6 20 34 65 30 17 (20) Vladimir Bogdanavichus (7) 1991 Ikkinchi kichik liga 9-zona Quruvchi 50 7 8 35 36 131 22 26 (26) Nikolay Korenev(6)

Oʻzbekiston chempionatlari MavsumLigaOʻzbekiston KubogiEng yaxshi toʻpurarlarMurabbiyDiv.OʻrinOʻGʻDMUGOʻGOIsmLiga 1994 Birinchi liga 17 34 8 6 20 27 64 22 17 (18) Vali Sultonov7 Valeriy Vasilenko (iyungacha) Vladimir Desyatchikov (iyundan) 1995 Birinchi liga 1 36 25 6 5 78 34 81 Dastlabki guruh bosqichi Vali Sultonov18 Botir Mirzayev 1996 Oliy liga 15 30 8 3 19 36 67 27 1/8 final Dmitriy Malin8 Rahim Moʻminov (iyungacha) Vladimir Desyatchikov (iyundan) 1997 Oliy liga 10 34 13 3 18 58 77 42 1/16 final Hamza Jabborov20 Vladimir Desyatchikov (sentabrgacha) Islom Ahmedov (sentabrdan) 1998 Oliy liga 12 30 10 6 14 39 55 36 1/16 final Hamza Jabborov10 Islom Ahmedov 1999 Oliy liga 7 30 12 5 13 39 40 41 1/16 final Vladimir Baranov10 Ruzmet Kuryazov 2000 Oliy liga 19 38 8 6 24 37 67 30 1/16 final Vali Sultonov10 Ruzmet Kuryazov (sentabrgacha) Olimjon Rahmonov (sentabrdan) 2001 Birinchi liga 7 32 13 7 12 57 53 46 1/8 final Vali Sultonov11 Olimjon Raxmonov 2002 Birinchi liga 7 32 15 9 8 47 36 54 1/8 final Jasur Allanazarov9 Botir Mirzaev 2003 Birinchi liga 6 28 13 3 12 40 45 42 Dastlabki guruh bosqichi Odilbek Atajanov9 2004 Birinchi liga 6 40 16 5 19 61 76 53 1/16 final Vali Sultonov12 Ulugʻbek Saparov 2005 Birinchi liga 2 34 27 2 5 93 32 83 Dastlabki guruh bosqichi Mansur Abdullayev23 Kuat Tureev 2006 Oliy liga 16 30 0 3 27 21 127 3 Ikkinchi bosqich Sarvar Ibodullayev9 Kuat Tureev (iyulgacha) Oleg Tyulkin (iyuldan beri) 2007 Birinchi liga 12 38 16 5 17 32 59 53 Ikkinchi bosqich Roʻzimbay Ahmedov15 2008 Birinchi liga 1 34 24 5 5 70 25 77 Birinchi bosqich Roʻzimbay Ahmedov22 Vali Sultonov 2009 Oliy liga 10 30 9 11 10 30 39 38 Chorak final Roʻzimbay Ahmedov Vladimir Baranov5 Vali Sultonov 2010 Oliy liga 14 26 2 7 17 21 46 13 Ikkinchi bosqich Zafar Polvonov9 Vali Sultonov (avgustgacha) Bahrom Hakimov (avgust) Vali Sultonov (avgustdan) 2011 Birinchi liga 5 36 20 9 7 69 29 69 1/16 final Vladimir Gavrilov24 Vali Sultonov 2012 Birinchi liga 7 38 18 8 12 52 39 62 1/16 final Marks Quranboyev9 2013 Birinchi liga 6 38 19 6 13 57 42 63 Birinchi bosqich Murod Bobojonov19 Adambay Qurbonniyazov (martgacha) Azamat Nurmetov (martdan) 2014 Birinchi liga 11 38 15 8 15 52 56 53 Ikkinchi bosqich Nizom Norov13 Mansur Davletov (avgustgacha) Vali Sultonov (avgustdan) 2015 Birinchi liga73419411494142Birinchi bosqich Timur Bekchanov9 Vali Sultonov 2016 Birinchi liga 73212614565042Birinchi bosqich Umid Tojimov Umid Tojimov 2017 Birinchi liga 93413813525247Ikkinchi bosqich Sardor Matmurodov12 Aleksandr Yejov 2018 Pro-liga 73296175170331/16 final Temur Ismoilov11 Aleksandr Yejov 2019 Pro-liga 62814595837471/16 final Timur Bekchanov12 Aleksandr Yejov 2020 Pro-liga 7 20 6 3 11 23 32 21 Birinchi bosqich Sardor Matmurodov Sarvar Jumaniyozov5 Gʻayrat Shixov (sentabrgacha) Aleksandr Yejov (sentabrdan) 2021 Pro-liga 5 20 7 7 6 32 29 28 Guruh bosqichi Roʻzimbay Ahmedov, Timur Bekchanov7 Aleksandr Yejov 2022 Pro-liga 42610511424035Guruh bosqichi Marsiano Roki15 Ruslan Ahmedov2023Pro-liga720578161922Chorak final Nevil Mbanuey Tengeg4 Ruslan Ahmedov2024Pro-liga62861111183029Chorak final Temur Ismoilov Hazrat Tursunqulov

Murodbek Bobojonov3 Ruslan Ahmedov Hakim Fuzaylov2025Superliga15307617333927Nimchorak final Murodbek Bobojonov8 Hakim Fuzaylov

Oʻzbekiston kubogi