Mickey Mouse Disney Television Animation studiyasi tomonidan ishlangan komedik janrdagi animatsion teleserialdir. Multserialda bosh qahramonlar — Mickey Mouse, Minnie Mouse, Donald Duck, Daisy Duck, Goofy va Plutoning zamonaviy dunyodagi sarguzashtlari hikoya qilinadi.
Uchinchi epizod — Croissant de Triomphe ilk bor 2013-yil 12-martda Disney.com saytida maxsus prevyu sifatida chiqdi. Serialning rasman premyerasi 2013-yil 28-iyun kuni Disney Channel telekanalida boʻlib oʻtdi. Birinchi mavsumda jami 18 qism, 2014-yil 11-aprelda premyerasi boʻlgan ikkinchi mavsumda esa 19 qism chiqarilgan. Uchinchi fasl premyerasi 2015-yil 17-iyulda boʻlib oʻtdi, 20 ta qism efirga uzatildi. Toʻrtinchi mavsum premyerasi 2017-yil 9-iyun kuni boʻlib oʻtdi, 19 ta qism namoyish etildi. Beshinchi mavsum premyerasi 2018-yil 6-oktabrda boʻlib oʻtdi, 18 ta qism efirga uzatildi.
Ovoz berganlar Chris Diamantopoulos — Mickey Mouse. Russi Taylor — Minnie Mouse hamda Huey, Dewey va Louie Tony Anselmo — Donald Duck Bill Farmer — Goofy va Pluto Tress MacNeille — Daisy Duck va Chip Jim Cummings — Pete Corey Burton — Ludwig Von Drake va Dale April Winchell — Clarabelle Cow Alan Young (2015-16) va John Kassir (2016-18) — Scrooge McDuck
Qismlar
OAV Serialning ayrim epizodlari DVD da mavjud. Serial HD formatida raqamli koʻrinishda mavjud. bilan 10 ta soni chiqarildi.
Attraksion va tematik park 2017-yilning 15-iyulida Mickey & Minnieʼs Runaway Railway („Mikcey va Minniening qochqin temir yoʻli“) deb nomlangan Mickey Mouse mavzusidagi sayohat Disneyning Walt Disney Worlddagi Hollywood studiyalarida „The Great Movie Ride“ oʻrnini egallashi eʼlon qilindi. Keyinchalik, 2019-yilning 19-aprelida attraksion Disneylendning Mickey’s Toontown qismida Disney Resortʼda ochilishi, ochilish sanasi 2022-yilga rejalashtirilgan. Bu butun Disney olamida Mickey Mousega bagʻishlangan birinchi attraksion. Toʻgʻridan-toʻgʻri seriyaga asoslangan va yangi Mickey Mouse multfilmining premyerasini tomosha qilish uchun kelgan mehmonlarni oʻz ichiga oladi va keyin multfilmning oʻziga kiradi. Shouning ijodiy jamoasi, jumladan Paul Rudish, Joseph Holt va bastakor Christopher Willis 2020-yil 4-martda Disneyning Hollywood studiyalarida ochilgan attraksionni yaratishda Walt Disney Imagineering bilan hamkorlik qildi.
Translyatsiya 2014-yil mart oyi holatiga koʻra, serial AQShda jami 100 million tomoshabinga ega boʻlgan va 160 ta davlatda namoyish etilgan.2014-yil iyun holatiga koʻra, 34ta tilga tarjima qilingan shouni butun dunyo boʻylab 135 milliondan ortiq tomoshabin tomosha qilgan.
Mukofotlar va nominatsiyalar 2013 — Emmy mukofoti 2013 — Milliy karikaturachilar jamiyati mukofoti 2014 — Annie mukofoti 2014 — Emmy mukofoti 2015 — Annie mukofoti 2015 — Mejdunarodniy festival animatsionnix filmov v Ansi 2015 — Primetime Creative Arts Emmy Awards 2016 — Annie mukofoti 2017 — Annie mukofoti 2017 — 69-Primetime Emmy Awards 2018 — Annie mukofoti 2018 — Emmy mukofoti 2019 — Annie mukofoti 2019 — Emmy mukofoti 2020 — Annie mukofoti 2020 — Emmy mukofoti
Manbalar