Albert Iosifovich Xachaturov (1930-yil 8-mart, Toshkent — 1976-yil 8-fevral) — sovet va oʻzbek kinorejissori, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (30.09.1957)ХАЧАТУРОВ АЛЬБЕРТ ИОСИФОВИЧ Kino-teatr.ru.
Tarjimai hol Xachaturov 1930-yil 8-martda Toshkent shahrida dunyoga keladi.
Maktabni a’lo baholarga bitirgach, 1948-yilda kinoaktyorlar maktabini bitiradi. U 1953-yilda Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutining rejissorlik fakultetini tamomlagan.
Ushbu yili Namangandagi Navoiy nomidagi drama teatrida bosh rejissor, Hamza nomidagi akademik teatrida rejissor sifatida faoliyat olib bordi.
Albert Iosifovich 1960-1976-yillarda “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi rejissori boʻldi.
U Toshkent musiqa bilim yurtida va Toshkent teatr va rassomchilik institutida talabalarga dars bergan.
Xachaturov shuningdek, “Nashtar” respublika satirik kinojurnalining bir qator kinolavhalar rejissori sanaladi.
El ardoqlagan rejissor 1976-yil 10-fevralda vafot etgan.
Oilasi Rejissorning rafiqasi Nadejda Savvishna teatrshunos va telejurnalist.
oʻgʻli - Mikael Xachaturov (1956-yilda tugʻilgan), „Sharq taronasi“ Xalqaro festivalining bosh rejissori.
Filmografiyasi
Rejissorlik ishi
1963-yil - Sening izlaring 1967-yil - Farhodning jasorati 1967-yil - Vijdon sari 1971-yil - Jazirama quyosh tigʻida 1976-yil - Katta akam
Ssenariy ishi
1973-yil - Muxlis (kinoalmanax)
Havolalar
Turkum:Kishilar Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:1976-yilda vafot etganlar Turkum:8-fevralda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1930-yilda tugʻilganlar Turkum:8-martda tugʻilganlar Turkum:Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekistonlik ssenariychilar Turkum:O‘zbekiston kinorejissyorlari Turkum:Oʻzbekiston teatr rejissyorlari