Surji-Anjangaon shartnomasi ― 1803-yil 30-dekabrda inglizlar va Maharashtra shtatida joylashgan shahrida Maratha davlati rahbari Davlat Rao Shinde„Haryana and its Changing Matters“ Haryana, a Historical Perspective. Retrieved 2015-09-10. oʻrtasida imzolangan.

Shinde shartnomani Assai va Argaon janglarida magʻlub boʻlganidan keyin imzoladi. Bu ikkinchi Angliya-Maratha urushining birinchi bosqichida (1803-1805) Markaziy Hindistonda general-mayor Artur Uellslining harbiy yurishlari natijasi edi. Ushbu kelishuv natijasida doab (Ganga va Jamna oraligʻi), Dehli va Agra mintaqalari, Bundelkandning bir qismi, Bxaruch, Gujarat shtatining baʼzi hududlari va Ahmadnagar qalʼasi oxir-oqibat Britaniya Ost-Indiya kompaniyasining nazorati ostiga oʻtdi.

Shartnoma ikki marta (1805-yil noyabrda va 1817-yil 5-noyabrda) qayta koʻrib chiqilgan. Birinchi qayta koʻrib chiqish, asosan, Gvalior va hududlarini Shindega qaytarishni nazarda tutgan. Shartnomaning ikkinchi qayta koʻrib chiqilishi uchinchi Angliya-Maratha urushi paytida inglizlarga Pindari bilan kurashda yordam berish evaziga Shindega koʻproq kuch berishni nazarda tutadi.

Manbalar

Havolalar

Ensiklopediya Britanika Onlayn: Surdji-Ardjungaonskiy dogovor Turkum:Shartnomalar Turkum:Britaniya shartnomalari