thumb|400x400px| 1795-yilda imperator Syanlun saroyida qabul qilingan oxirgi Yevropa delegatsiyasi tasvirlangan rasm. Rasmning chap tomonida Isaak Titsingx (shlyapa kiygan) va uning oʻng tomonida Andreas Everardus van Braam Houkgeest oʻtirgan holati. Isaak Titsingx FRS ( 1745-yil yanvar - 1812-yil 2-fevral) gollandiyalik diplomat, tarixchi, yaponolog va savdogarNussbaum, Louis-Frédéric. (2005). "Isaak Titsingh" in .. Sharqiy Osiyodagi uzoq muddatli faoliyati davomida Titsingx Gollandiya Sharqiy Hindiston kompaniyasining ( yuqori lavozimli xodimi boʻlgan. U Tokugava Yaponiyasi bilan eksklyuziv rasmiy aloqada Yevropa savdo kompaniyasi vakili sifatida syogun va boshqa yuqori bakufu amaldorlari bilan ikki marta Edoga sayohat qildi. U Bengaliyaning Chinsura shahrida Gollandiya va VOC bosh gubernatori ediStephen R. Platt, Imperial Twilight: the Opium War and the End of China's Last Golden Age (NY: Knopf, 2018), 166-73. ISBN 9780307961730.
Titsingx oʻzining hamkasbi Charlz Kornuollis bilan ishlagan, u Britaniya Sharqiy Hindiston kompaniyasining bosh gubernatori boʻlgan. 1795-yilda Titsingx Xitoyda Gollandiya va VOC manfaatlarini himoya qildi. Bu yerda uning imperator Syanlun saroyida boʻlib oʻtgan qabuli 1793-yilda Syanlunning oltmish yillik yubileyini nishonlash arafasida Britaniya diplomati Jorj Makartnining missiyasi tomonidan koʻrilgan qarshilikdan farqli oʻlaroq iliq qarshi olindi. Xitoyda Titsingx Gollandiyaning Sharqiy Hindiston kompaniyasini savdo vakili sifatida vakillik qilish bilan bir vaqtda oʻz mamlakati uchun elchi sifatida samarali faoliyat koʻrsatdiNussbaum, Louis-Frédéric. (2005). "Isaak Titsingh" in ..
Yoshlik davri thumb| Gollandiyaliklar Nagasakidagi kurtizanlar bilan 1800-yillar Isaak Titsingx Amsterdamda tugʻilgan, Albertus Titsing va uning ikkinchi xotini Katharina Bittnerning oʻgʻli. Uning choʻqintirish marosimi 1745-yil 21-yanvarda Amsterdamdagi Amstelkerkda boʻlib oʻtdi. Uning otasi muvaffaqiyatli va taniqli amsterdamlik jarroh edi. Shunday qilib, u Titsingxning XVIII asrdagi "ma'rifiy ta'lim" bilan tarbiyalanishi uchun imkoniyatlarga ega edi. Titsingx Amsterdam Chirurgijngilde (inglizcha: Barber Surgeon's guild) aʼzosi boʻldi va 1765-yilning yanvarida Leyden universitetida yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini oldi. 1764-yil mart oyida Titsingx ishsiz boʻlib qoldi va 1766-yilda Bataviyaga, hozirgi Jakartaga joʻnadi
Yaponiya, 1779–1784-yillar thumb| Dejima va Nagasaki koʻrfazi, taxminan 1820-yil. Ikkita Gollandiya kemasi va koʻplab Xitoy savdo kemalari tasvirlangan. Titsingx Yaponiyada 1779—1780-yillar, 1781—1783-yillar va 1784-yilda tijorat maqsadida boʻlgan. Bu davrda Yaponiyadagi VOC rahbarining oʻziga xos ahamiyati 1633-yildan 1853-yilgacha davom etgan Yaponiyaning Sakoku siyosati, Yaponiyani izolyatsiya qilish siyosati natijasida kuchaydiEdo-Tokyo Museum exhibition catalog. (2000). A Very Unique Collection of Historical Significance: The Kapitan (the Dutch Chief) Collection from the Edo Period – The Dutch Fascination with Japan, p. 207... XVI asrda yevropaliklar tomonidan diniy prozelitizm tufayli Tokugava syogunati XVII asr boshlarida oʻlim jazosi tahdidi ostida hech bir yevropalik yoki yaponiyalik Yaponiya arxipelagiga kira olmaydi yoki chiqa olmaydigan siyosatni joriy qildi. Ushbu "yopiq eshik siyosati" dan yagona istisno Yaponiyaning janubidagi Kyushu orolidagi Nagasaki koʻrfazi atrofida joylashgan Dejima orolidagi VOC " faktoriya "si (savdo punkti) edi. Ushbu yakkalanish davrida Titsingx Yaponiyadagi birinchi mason boʻlgan deb ishoniladiFar East Lodge No. 1 , "A Brief History of Freemasonry in Japan" ; excerpt, Titsingh "is believed to be the first mason to visit Japan" in 1779.
Qattiq nazorat ostidagi savdogarlar Yevropa va Yaponiya oʻrtasidagi savdo va ilmiy-madaniy almashinuvning yagona rasmiy kanaliga aylandilar. VOC syogunning vassali maqomiga ega edi; Titsingx yiliga ikki marta Edoga, syogun huzuriga majburiy tashrif buyurishi kerak edi. Bunday imkoniyatlarning kamligini hisobga olsak, Titsingxning Edodagi Rangaku olimlarining bakufu rasmiylari bilan norasmiy aloqalari uning syogun Tokugava Ieharu bilan rasmiy aloqalari kabi muhim boʻlgan boʻlishi mumkinEdo-Tokyo Museum exhibition catalog, p. 210..
XVIII asrda golland savdogarlarining ijtimoiy mavqei va gollandlarning yaponlarga nisbatan munosabati yaxshilandi, ular avvalgi asrlarga qaraganda yuqori darajada hurmat va e'tirof koʻrsatdilar. Shunga qaramay, ular yaponlarning urf-odatlari yoki madaniyati bilan qiziqmadi. Titsingx deyarli aql bovar qilmaydigan darajada qiziqish koʻrsatdi va Dejimadagi hamkasblari bilan solishtirganda, oʻz davrining yevropaliklari uchun yapon sivilizatsiyasining diqqatli kuzatuvchisi sifatida ajralib turdi. Titsingx 1779-yil 15-avgustda Nagasakiga yetib keldi va u yerda Arend Villem Feytdan faktoriyani qabul qildi. U tarjimonlar va yaponlar oʻrtasida samimiy va doʻstona munosabatlar oʻrnatgan; uning kelishidan oldin savdo masalalari boʻyicha doimiy janjal va yapon tarjimoniga nisbatan dushmanlik boʻlib turardi, u savdo masalalarida gollandiyalik savdogarlar uchun gʻayrioddiydek tuyuldi. 1780-yil 25-martdan 1780-yil 5-aprelgacha Edoda Ieharu bilan birinchi tinglovlari davomida u koʻplab yapon Daimyolari bilan uchrashdi, ular bilan keyinchalik xat yozishmalarini oʻrnatdi. U Edo elita jamiyatida juda mashhur boʻldi va mintaqaning bir nechta amaldagi va nafaqadagi Daimyolari bilan doʻstlashdi.
1780-yilda Bataviyaga qisqa vaqtga qaytganidan soʻng, Titsingx Dejimadagi golland-yapon savdosidagi muvaffaqiyatlari tufayli 1781-yil 12-avgustda Nagasakiga qaytib keldi. Toʻrtinchi Angliya-Gollandiya urushi tufayli 1782-yilda Bataviyadan Gollandiyaga yuklar boʻlmagan va shu sababli Dejimadagi savdo posti yil davomida Java bilan aloqadan uzilgan. Bu yil Titsingx opperhoofd lavozimida qoldi va yapon olimlari bilan doʻstlashish, yapon doʻstlari bilan munosabatlarni chuqurlashtirish va yapon urf-odatlari va madaniyatining barcha sohalarida tadqiqotlar olib borish bilan shugʻullandi. U, shuningdek, oʻsha yili Gollandiya yuk tashishining yoʻqligi sababli, Yaponiyadan Gollandiyaga mis eksportini koʻpaytirish boʻyicha Yaponiya bilan muhim savdo muzokaralari va katta imtiyozlarga erishdi.
Titsingx Yaponiyada jami uch yilu sakkiz oy qoldi va nihoyat 1784-yil noyabr oyi oxirida Nagasakidan chiqib, Bataviyaga qaytdiva u yerga 1785-yil 3-yanvarda yetib keldi.
Hindiston, 1785–1792-yillar 1785-yilda Titsingx Bengaliyada Chinsuradagi savdo punkti direktori etib tayinlandi. Titsingxni filolog va bengal huquqshunosi Uilyam Jons "Chinsura mandarini " deya ta'riflaganJones, William. (1835). Memoirs of the life, writings and correspondence of Sir William Jones, by Lord Teignmouth. London..
Bataviya, 1792—1793-yillar Titsingxning Bataviyaga qaytishi Ontvanger-Generaal (gʻaznachi) va keyinchalik Komissar ter Zee (Dengiz komissari) kabi yangi lavozimlardagi faoliyatga kirishuvi bilan bogʻlqi edi.
Bataviyada u Xitoyga ketayotgan Jorj Makartni bilan uchrashdi. Titsingxning maslahatlari Makkartnining 1793-yilda Yaponiyaga rejalashtirilgan ekspeditsiyadan voz kechish qarorida muhim omil boʻldi. Makkartnining Londonga bergan hisobotida shunday izoh berilgan:
"...Yaponiyaliklar bilan aloqaga kirishishning maqsadga muvofiqligi toʻliq kuchda. Yaponiyada bir necha yil istiqomat qilgan juda liberal xarakterga ega gollandiyalik janob Isaak Titsingx bilan Bataviyada boʻlgan suhbatlarimdan u yerda meni yaxshi qabul qilishga undaydigan hech narsa yoʻqligiga ishonch hosil qildim. Bundan hech boʻlmaganda shaxsiy xavf ostida boʻlaman. Chunki bizda hozirgacha yoʻqotadigan savdo yoʻq. Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyasining hozirgi umumiy chalkashliklari natijasida ularning yaponiyaliklar bilan aloqalari keskin pasaygan, ular bilan yangi savdo-sotiqni ochish uchun qulay vaqt ham boʻlmasligi mumkinMacartney to Dundas, 23 December 1793, British Library, India and Oriental, Factory Records, China, 1084 G/12/20.Macartney to Dundas, 23 December 1793, British Library, India and Oriental, Factory Records, China, 1084 G/12/20.Stephen R. Platt, Imperial Twilight: the Opium War and the End of China's Last Golden Age (NY: Knopf, 2018), 166-73. ISBN 9780307961730.
Xitoy, 1794–1795-yillar Titsingx Xitoy imperatori saroyida imperator Syanlun hukmronligining oltmish yilligini nishonlash uchun Gollandiya elchisi sifatida tashrif buyurdi. Pekinda Titsingh delegatsiyasi tarkibiga Andreas Everardus van Braam Xoukgeest va Kretyen -Lui-Jozef de Guigneslarde Guignes, Chrétien-Louis-Joseph (1808). Voyage a Pékin, Manille et l'Île de France. kirgan, ularning bu elchilik haqidagi Xitoy hukumatiga oidqoʻshimcha hisobotlari AQSh va Yevropada chop etilganStephen R. Platt, Imperial Twilight: the Opium War and the End of China's Last Golden Age (NY: Knopf, 2018), 166-73. ISBN 9780307961730.
Titsingxning qish oʻrtalarida Kantondan (hozirgi Guanchjou) Pekinga boʻlgan mashaqqatli sayohati unga Xitoyning hech qachon yevropaliklar uchun ma'lum boʻlmagan qismlarini koʻrish imkonini berdi. Uning guruhi Pekinga Yangi yilni nishonlash vaqtida yetib keldi. Xitoy manbalariga koʻra, Titsingx va uning delegatsiyasi Yopiq shaharda, keyinroq Yuanmingyuanda (Eski yozgi saroy) yuqori darajadagi hurmat va ehtirom bilan kutib olindivan Braam, An authentic account..., Vol. I (1798 English edition) pp. 283–284.Stephen R. Platt, Imperial Twilight: the Opium War and the End of China's Last Golden Age (NY: Knopf, 2018), 166-73. ISBN 9780307961730.
Titsingx Xitoydagi birinchi masonScreech, Timon. (2006). Secret Memoirs of the Shoguns: Isaac Titsingh and Japan, 1779–1822, p. 58: excerpt, "Titsingh became the first Freemason ever to set foot in China" in 1794–1795. va imperator Syanlunsaroyida qabul qilingan yagona mason boʻlgan deb ishoniladiStephen R. Platt, Imperial Twilight: the Opium War and the End of China's Last Golden Age (NY: Knopf, 2018), 166-73. ISBN 9780307961730.
Yevropaga qaytish, 1796–1812-yillar thumb| Titsingx mablagʻidan yapon akupunktur manekeni. Musée d'histoire de la Médecine, Parij. 1796-yil 1-martda tanazzulga yuz tutgan Gollandiyaning Sharqiy Hindiston kompaniyasi yangi Bataviya Respublikasi tomonidan milliylashtirildiTANAP, The end of the VOC. oʻsha yili Titsingx Yevropaga qaytib keldi. Bir muncha vaqt u Britaniyada, London va Bathda yashagan va Qirollik jamiyatining a'zosi boʻlgan. 1801-yilda u Amsterdamga, u yerdan Parijga qaytib keldi va vafotiga qadar shu yerda yashadiScreech, Timon. (2006). Secret Memoirs of the Shoguns: Isaac Titsingh and Japan, 1779–1822, pp. 61–62.
Titsingx 1812-yil 2-fevralda Parijda vafot etdi va Per Lachaise qabristoniga dafn qilindi. Uning qabri toshida shunday yozilgan: " Ici repose Isaac Titsingh. Ancien conseiller des Indes hollandaises. Ambassadeur à la Chine et au Japon. Mort à Paris le 2 février 1812, agé de 68 ans." [Bu yerda Isaak Titsingx dafn etilgan. Ilgari Gollandiyaning Sharqiy Hindiston kompaniyasi maslahatchisi, Xitoy va Yaponiyadagi elchi. 1812-yil 2-fevralda Parijda 68 yoshida vafot etdi. ]
Oilasi Titsingxning oʻgʻli Uillem bor edi, u taxminan 1790-yilda Titsingxning bengaliyalik ayolidan tugʻilgan. U qonuniy deb tan olinishi uchun oʻgʻlini 1800-yilda Yevropaga olib ketdi. Titsingx Parijga koʻchib oʻtganida, Villem u bilan birga borib, Fransiya dengiz akademiyasiga oʻqishga kirdi va uni 1810-yilda tugatdiScreech, Timon. (2006). Secret Memoirs of the Shoguns: Isaac Titsingh and Japan, 1779–1822, pp. 56, 62
Kutubxona va kolleksiyalari