Yuriy Vladimirovich Fisan (1967-yil 19-may, Toshkent — 2020-yil 1-mart, Toshkent) — oʻzbek teatr arbobi; Oʻzbekiston Davlat akademik rus drama teatri aktyori va sahnalashtiruvchi-rejissor edi.
Tarjimai hol Yuriy Vladimirovich 1967-yil 19-mayda Toshkent shahrida dunyoga keladi.
Oʻrta maktabni bitirgach, 1990-yilda Toshkent davlat madaniyat institutini “Havaskorlik teatr jamoasi rahbari” mutaxassisligini, 1995-yilda Oʻzbekiston Rus drama teatri qoshidagi maktab-studiyasini tamomlagan.
U 1990-yildan Madaniyat saroyi qoshidagi “Tavrich” drama toʻgaragida oʻquvchilarga saboq bergan. Fisan 1995-yildan Oʻzbekiston rus drama teatrida aktyor va rejissor boʻlib ishlagan. 1996-yildan buyon u ham aktyor, ham rejissor hamda teatr qoshidagi studiyada dars berib kelgan.
2020-yil 1-mart ogʻir kechgan xastalikdan soʻng Toshkent shahrida vafot etadi.
Ijodiy faoliyati Rus drama teatrida sahnalashtirgan spektakllari
Jana Jenening"Oqsochlar" Karlo Goldonining “Traktorchi” "Boʻgʻirsoq-shou" K.I.Chukovskiyning “Sokotuxa pashshasi” va “Moydodir” A.S.Pushkinning "Shoh Sulton haqidagi ertak" va "Uyqudagi malika va yetti bahodir haqida ertak". "Qor malikasi" (G.X.Andersen boʻyicha) V.Aslanovaning “Xonimlar tangosi” (2008) Ayvon Menchellning Sen bilan yoki sensiz (2008)Захарова А. Премьера «С тобой и без тебя» Письма о Ташкенте (17 марта 2009). Aleksandr Korovkinning “Xolalar” Академический русский драматический театр в Ташкенте представит в новом сезоне пять премьер АН «Podrobno.uz» — Новости Узбекистана (19 февраля 2015) Robin Xoudonning "Qanday qilib olmoslarni oʻgʻirlash mumkin?" “Kasod, yo oʻzimiz – hal qilaylik” A. N. Ostrovskiy N.V.Kolyadning "Shanel xonim" K.Manye "Blez" (2010) M.Kamolettining “Qabrgacha muhabbat” H.Olimjonning “Semurgʻ” (2013).
Oʻynagan rollari
A. P. Chexovning "Kolomenkovo jannati" - epizod P.Bomarshening "Figaro-eskiz" — Bazil N.Kuardning "Quvnoq gul" - Fred V.Aslanovaning “Xonimlar tangosi” — Maksim Ilich
Manbalar
Havolalar
Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:2020-yilda vafot etganlar Turkum:1-martda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1967-yilda tugʻilganlar Turkum:19-mayda tugʻilganlar Turkum:Kishilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak aktyorlar