Jahongashta quyon (inglizcha: Chickenhare and the Hamster of Darkness) 2022-yilda ekranlarga chiqarilgan sarguzasht vakomediya janridagi kompyuter-animatsion filmdir. Film rejissorlari — Ben Stassen va Benjamin Mousquet boʻlib, multfilm gʻoyasi Chris Grine qalamiga mansub Chickenhare romaniga asoslangan. Ssenariy muallifi — Dave Collard. Filmda bosh qahramonlarni Jordan Tartakow, Joey Lotsko, Laila Berzins, Brad Venable, Chris McCune, Danny Fehsenfeld, Dino Andrade, Cedric Williams va Marcus Griffin ovoz bergan. Film yarmi tovuq, yarmi quyon boʻlib tugʻilgan noyob jonzod — Xoʻrozquyonning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi.
Syujeti Xoʻrozquyon — yarim xoʻroz, yarim quyon boʻlgan noyob jonzot. Taniqli jahongashta — qirol Peterning asrab olingan farzandi. Xoʻrozquyon boshqa quyonlarga oʻxshamas edi. Boshqalar uning ustidan kulishganlari uchun oʻzini boshqalarga xoʻroznikiga oʻxshash oyoqlari va boshidagi patlarni yashirish orqali faqat quyon sifatida koʻrsatdi. Uzoq yillar oʻtib, qirollik uchun ahamiyatli boʻlgan musobaqa oʻtkaziladigan kun keldi, bu shunday musobaqa ediki, uning gʻolibi Sarguzasht izlovchilar qirollik jamiyatining bir umrlik aʼzosiga aylanar edi. Xoʻrozquyon bu musobaqada qatnashishni uzoq yillardan beri kutgan edi. Biroq, oʻzining xoʻroznikiga oʻxshash oyoqlarini yashirganligi pand berib, musobaqadan muvaffaqiyatsiz oʻtdi. Ammo, u Sarguzasht izlovchilar qirollik jamiyatiga aʼzolikni boy berishni istamay, qadimiy artefakt — Zulmat ogʻmaxonini topishga qaror qiladi. Bu haqda koʻproq maʼlumot topish ilinjida, johil amakisi — Lapinning yoniga boradi. Lapin ukasi boʻlgan qirol Peterni (Xoʻrozquyonning otasi) taxtdan agʻdarishga uringanligi uchun qamoq jazosiga hukm qilingandi. Ammo, Lapin Xoʻrozquyon bilan uchrashuvidan soʻng, qamoqdan qochib ketib, artefatni topishga yoʻl oladi. Artefakt egasiga ulkan qudrat ato etar edi. Xoʻrozquyon amakisi Lapinning artefaktni qoʻlga kiritishini oldini olish maqsadida sodiq xizmatkori Abe ismli nekbinlikdan yiroq toshbaqa hamda Meg ismli jang sanʼati ustasi boʻlgan sassiqkoʻzan hamrohligida epik sayohatga otlanadi.
Ovozl berganlar
Jordan Tartakow — Xoʻrozquyon Joey Lotsko — Abe Laila Berzins — Meg Brad Venable va Chris McCune — Peter Danny Fehsenfeld — Lapin Joseph Camen — Luther Dino Andrade — Barry Cedric Williams va Marcus Griffin — Lance va Whitey
Relizi Jahongashta quyon premyerasi 2022-yil 16-fevral kunida Fransiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgda boʻlib oʻtdi.
Film Netflix va AQSHning boshqa hududlarida 10-iyun kuni katta ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Fransuz tilidagi filmlar Turkum:Fransiya animatsion filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Belgiya filmlari Turkum:Belgiya animatsion filmlari Turkum:2022-yil filmlari Turkum:2022-yil multfilmlari Turkum:Kinokomediyalar Turkum:Kompyuterli animatsion filmlar Turkum:Hayvonlar haqidagi animatsion filmlar Turkum:Sarguzasht filmlar Turkum:2022-yil 3D-filmlari Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar