2022-yil 24-fevralda Rossiya Ukrainaga bosqinchilik hujumini boshladi. Bosqinchilik hujumiga qadar, Rossiya Ukraina chegarasi yaqinida uzoq vaqt davomida qoʻshin toʻplab, uning sonini oshirib bordi hamda Ukrainaning NATOga qoʻshilishini qonunan man etish toʻgʻrisidagi talab bilan chiqdi. Bosqin boshlanishidan bir necha kun avval, Rossiya Donetsk Xalq Respublikasi va Lugansk Xalq Respublikasi mustaqilligini tan oldi va 2022-yil 21-fevralda Ukraina sharqidagi Donbass hududiga Rossiya qurolli kuchlari boʻlinmalarini yubordi.
Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan oldin 2021-yilning martidan apreliga qadar, Rossiya Rossiya-Ukraina chegarasi yaqinida qoʻshin toʻplashni boshladi. Qoʻshin sonini oshirishning ikkinchi bosqichi 2021-yilning oktabridan 2022-yilning fevraligacha boʻldi.
Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan soʻng
24-yanvar kuni Rossiya Federatsiyasining prezidenti Ukrainada "maxsus harbiy operatsiyasini" oʻtkazilishini xabar qildi. Portlashlar Kiyev, Xarkov va Ukrainaning boshqa shaharlarida boshlandi. Rossiyaning avvalhi maqsadi Ukrainaning demilitarizatsiyalash va denatsifikatsiyalash boʻldi.
24-yanvar kuni Ukrainaning havo hududini fuqaro reyslariga yopishini eʼlon qildi. Uzbekistan Airways kompaniyasi shu kuni Kiyevga parvozlarini bekor qilinganini maʼlum qildi. Ukraina havo hududi yoʻlovchi havo kemalari qatnovlari uchun yopilishi munosabati bilan, HY-3731/3732 Toshkent-Kiyev-Toshkent muntazam qatnovlari 2022-yilning 27-fevral va 2-mart kunlari rejalashtirilgan parvozlarini bekor qildi.
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Kurmanovning ma’lum qilishicha, Xarkovda fuqarolarni shahardan evakuatsiya qilish chog‘ida elchixona mikroavtobusining old oynasi va yon oynalari snaryad parchasi tufayli shikastlangan. "Ular shrapnel tushib ketganini aytishdi", dedi u.
2-martda Ukrainadagi elchixona faol harbiy harakatlar olib borilayotgan Xarkov, Sumi va Xerson shaharlaridan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilishda qiyinchiliklarga duch keldi. Toʻqnashishlar tugagach u yerdan fuqarolarni olib chiqilinishi maʼlum qilindi. Ularga boshpanalarda qolish tavsiya etildi.
4-mart kuni Polsha prezidenti Andrzej Duda "Korczow" chegara punktiga tashrif buyurdi. Oʻz tashrifi vaqtida Duda Oʻzbekiston diplomatlari bilan gaplashdi va minnadorligini bildirdi. 2021-yili Polsha Oʻzbekiston hudidan Afgʻonistondan oʻz fuqarolarini evakuatsiya qilgan edi.
5-mart kuni O‘zbekistonning uch nafar fuqarosi Ukrainadan Polshaga ketayotganda baxtsiz hodisaga uchradi. Ulardan biri voqea joyida vafot etdi, qolganlari Lvovdagi kasalxonaga yotqizilgani maʼlum qilindi.
11-marta axborot vositalarida Ukraina elchixonasi Oʻzbekiston TIVidan Rossiyaning telekanallarini efirdan uzatish toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgani eʼlon boʻldi. Ushbu xabarni Ukraina elchisi Nikolay Doroshenko 1-mart kuni yuborgani maʼlum boʻldi.
14-mart kuni Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Kiyevdan Lvov shahriga vaqtincha koʻchirilgani maʼlum boʻldi. Elchixona Ukrainadagi Oʻzbekiston fuqarolari evakuatsiyasi davom etayatganini xabar qildi.
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan 14-mart kuni fikr almashdilar. Ular vaziyatning yanada keskin tus olishiga yo‘l qo‘ymaslik va mojaroni tez fursatda tartibga solish uchun siyosiy-diplomatik sa’y-harakatlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar.
O‘zbekiston TIV rasmiy vakili Yusup Qobuljonov o‘zbekistonlik yuk tashuvchilarning Ukrainada 23 kun ushlab turilgani haqidagi videomurojaatiga izoh berdi. O‘zini Haydarali Quranboyev deb tanishtirgan haydovchilardan biri sodir bo‘lgan voqea haqida gapirayotgan video 1-aprel kuni paydo bo‘ldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 13-fevral kuni u boshqa yuk tashuvchilar bilan birga yuk yetkazib berish uchun Mariupol Ilich nomidagi temir-po‘lat zavodi tomon yo‘l olgan. 23-fevral kuni ular Ukraina chegarasini kesib o‘tib, manzilga yetib kelishdi. 24-fevral kuni yuklarni bojxona rasmiylashtiruvi rejalashtirilgan edi, ammo urush boshlangani sababli haydovchilar bunga ulgurmadi. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi vakili Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonalari haydovchilar – Oʻzbekiston fuqarolarini jangovar hududlardan “evakuatsiya qilish masalasini muvaffaqiyatli ishlab chiqqanini” maʼlum qildi.
Kiyev va uning atrofida ishlagan 11 nafar o‘zbekistonlik mart oyi boshida bedarak yo‘qolgani maʼlum boʻldi. O‘shandan beri qarindoshlari ular bilan bog‘lana olmagani aytildi. Avvalroq tarmoqda Kiyev viloyatining Buchanskiy tumanidagi Kolonshchina qishlog‘idagi tayanch qo‘riqchisi 9 nafar O‘zbekiston fuqarosining ismi va mamlakatini so‘ragani videosi paydo bo‘lgan edi. Hammasi Surxondaryo viloyatidan deyishgan edi. O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, qidiruv ishlari 3-martdan beri davom etgan edi.
Oʻzbekiston munosabati
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga koʻra, muzokaralarda “Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligining bir qator dolzarb masalalari” muhokama qilingani va bundan tashqari, “xalqaro va mintaqaviy kun tartibi, jumladan, Ukraina atrofidagi mavjud vaziyat yuzasidan” fikr almashilgani aytilgan edi. Kremlning maʼlumotlari boʻyicha esa Shavkat Mirziyoyev Rossiya tomoni amalga oshirayotgan chora-tadbirlarni tushunishini bildirilgan aytilgan edi. Prezident matbuot koʻtibi Sherzod Asadov «O‘zbekiston bu masala bo‘yicha vazmin, neytral pozitsiyada. Biz keng mintaqamizda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyot bo‘lishidan manfaatdormiz. Barcha bahs va kelishmovchiliklar faqatgina xalqaro huquq normalari asosida hal qilinishi lozim», – deya taʻkidladi. U Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqot qilgani haqida ham maʼlumot berdi. Asadov ma’lum qilishicha, muloqot davomida ikki tomonlama munosabatlarning keng ko‘lamli kun tartibida turgan dolzarb masalalardan tashqari, O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashdilar. Rossiya prezidenti davlat rahbariga maxsus harbiy operatsiyani o‘tkazish to‘g‘risida qabul qilingan qarorning sabablari va shart-sharoitlari to‘g‘risida ma’lumot bergan. O‘zbekiston yetakchisi, o‘z navbatida, tomonlar vaziyatni hal qilishning o‘zaro maqbul yo‘llarini tez fursatda topishlari va uning yanada keskin tus olishiga yo‘l qo‘yilmasligiga umid bildirgan.
BMT Bosh Assambleyasi “Ukrainaga qarshi tajovuz” rezolyutsiyasini 2-mart 2022-yili qabul qilib, Rossiyadan o‘z qo‘shinlarini Ukraina hududidan zudlik bilan olib chiqib ketishni talab qildi. 141 davlat yoqlab, 5 davlat qarshi, 35 davlat betaraf ovoz berdi. Rezolyutsiyada, shuningdek, “Belarus ishtirokidan” afsus bildirilgan. Oʻzbekiston rezolutsiyaga ovoz berish boʻyicha qatnashmagan.
6-mart kuni “Rossiya 24” o‘zbek matbuotini tanqid qilishga qaror qiladi. “Rossiya 24” telekanalining “Robert Frantsev bilan Osiyo markazida (В центре Азии с Робертом Францевым)” ko‘rsatuvida Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida yoritilishi haqida syujet namoyish etilgan edi.
13-mart kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Antaliyada (Turkiya) boʻlib oʻtayotgan II Diplomatik forum doirasida Ukrainadagi vaziyat yuzasidan munisabat bildirdi. «Biz juda xavotirdamiz. Bu haqda ko‘p gapirishimiz mumkin. Ammo, dunyodagi aksariyat odamlar singari, biz ham zo‘ravonlikning to‘xtatilishini va barcha muammolar siyosiy-diplomatik yo‘llar bilan hal qilinishini xohlaymiz», — deya ta’kidladi vazir ANews nashriga bergan intervyusida.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Senatdagi chiqishida O‘zbekiston Ukrainadagi vaziyatga tinch yo‘l bilan yechim topish va mojaroni siyosiy diplomatik vositalar yordamida hal qilish tarafdori ekanini ta’kidladi. «O‘zbekiston Respublikasi Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan oladi. Biz Lugansk va Donetsk xalq respublikalarini tan olmadik», — dedi u. O‘zbekistonlik diplomatlar Ukrainadan 6000 nafar vatandoshini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘ldi deb qoʻshdi yana vazir. “Eng katta muammo xavfsizlik nuqtai nazaridan edi. Bir viloyatdan ikkinchi viloyatga tashish juda qiyin edi”, — dedi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ukrainadan evakuatsiya qilishning murakkabligini o‘zbeklarning Suriyadan olib chiqilishi bilan solishtirdi. Hozir Ukrainada 300ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari qolmoqda, ular bilan aloqada va yaqin kunlarda olib ketiladi deb aytdi TIV vaziri.
18-mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Buyuk Britaniya, Yaponiya va AQSh diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Ukrainadagi vaziyat muhokama qilindi. O‘zbekiston tomoni “respublikaning o‘zgarmas pozitsiyasi”ni bildirdi, bu esa tinch va betaraf yondashish hamda vaziyatni siyosiy va diplomatik yo‘l bilan hal qilishga chaqiradiganini eʼlon qildi.
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqot qildi, unda mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan tabriklar almashildi, shuningdek, Ukrainadagi vaziyat muhokama qilindi. Kreml Shavkat Mirziyoyev “Rossiya pozitsiyasi va xatti-harakatlari haqida tushunish bilan gapirgan”ini yana bir bor xabar qildi.
O‘zbekiston Rossiyaning BMT Inson huquqlari kengashidagi a’zoligini to‘xtatib turish bo‘yicha rezolyutsiyaga qarshi ovoz berdi. Mamlakatning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov bunday qarorlar «gumonlanayotgan inson huquqlari buzilishining puxta tergovi natijasiga» asoslangan bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Qozog‘iston va Qirg‘iziston delegatsiyalari vakillari ham shunga o‘xshash bayonotlar bilan chiqishdi. CNN Rossiya tashkilot a’zo-davlatlariga rezolyutsiyaga ovoz berish «oqibatlari» haqida ogohlantirib, nota jo‘natganligini ta’kidlagan edi.
AQSh elchisi Daniel Rozenblum O‘zbekistonning Ukrainadagi urush bo‘yicha pozitsiyasini tushunishi va hurmat qilishini ta’kidladi: “Biz geografiya va tarix tufayli O‘zbekiston manfaatlar muvozanatini saqlashga va qo‘shnilar, ayniqsa, urushayotgan davlatlar bilan munosabatlarni saqlashga majbur bo‘layotganini chuqur hurmat qilamiz deb aytdi.
Qoʻllab-quvvatlash aksiyalari right|thumb|300px|Ukrainaning Toshkentdagi elchixonasida qoʻllab-quvvatlash 25-fevral 2022-yili Toshkentliklar Ukraina elchixonasiga gullar, yumshoq o‘yinchoqlar va eslatmalar olib kelib, ukrain xalqini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishgani maʼlum boʻldi. Eslatmalarda ukrain, o‘zbek, ingliz va rus tillarida yozilgan yozuvlarni ko‘rish mumkin edi: “Biz siz bilanmiz! #urushga yo‘q”, “Ukraina, tur!”, “Ukrainaga tinchlik”, “Ukraina xalqiga kuch va sabr” (asl tilda: «Мы с вами! #нетвойне», «Украина, держись!», «Украинага тинчлик», «Сил та терпіння українському народу») va boshqalar. Ukrainaning Toshkentdagi elchixonasi oʻzbekistonliklar va oʻz fuqarolarini Ukrainani qiyin vaqtda qoʻllab-quvvatlaganlari uchun minnadorligi bildirdi.
Oʻzbekiston fuqarolari evakuatsiyasi +SanaEvakuatsiya qilinganlar soniPolshada qolayotganlar soniUkrainada qolayotganlar soniPolsha-Ukraina chegarasida fuqarolar soniMoldova orqali evakuatsiyaRumuniya orqali evakuatsiyaVengriya orqali evakuatsiya24-fevral430025-fevral26-fevral9027-fevral11060028-fevral2511-mart7622-mart11868003503-mart185911004-mart25791500 5-mart3 2456-mart3 685 850507-mart4359 350 8-mart4787 9-mart5037 10-mart5282 94 11-mart56349815-mart5884 24-mart6030 24-fevral 2022-yili Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini inobatga olgan holda O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi evakuatsiya rejasini va mamlakatni tark etishni xohlovchi fuqarolar ro‘yxatini ishlab chiqishini eʼlon qildi. Buning uchun turli xil marshrutlar va evakuatsiya joylari ishlab chiqilishi haqida aytilgan edi.