Filippin Konstitutsiyasi (Filippincha: Saligang Batas ng Pilipinas yoki Konstitusyon ng Pilipinas, ispancha: Constitución de la República de Filipinas) — Filippin Respublikasining oliy qonuni. Filippin Konstitutsiyasining yakuniy loyihasi 1986-yil 12-oktabrda Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan yakunlangan va 1987-yil 2-fevralda umummilliy plebissit (umumxalq referndumi) tomonidan ratifikatsiya qilingan. Oʻz tarixida mamlakatni umumiy uchta konstitutsiya boshqargan: 1935-yilgi Hamdoʻstlik Konstitutsiyasi, 1973-yilgi Konstitutsiya va 1986-yilgi Ozodlik Konstitutsiyasi. Filippin Respublikasini tashkil etuvchi eng qadimgi konstitutsiya 1899-yilgi Malolos Konstitutsiyasi Filippinda hech qachon toʻliq amalga oshirilmagan va koʻp jihatdan Filippin-Amerika urushining avj olishi tufayli xalqaro miqyosda tan olingan davlatga ham aylanmagan.
1987-yilgi Konstitutsiyaning tarixi Xalq hokimiyat inqilobi orqali hokimiyatga kelgan prezident sifatidagi faoliyatining dastlabki oylarida davlatni faqat farmonlar bilan boshqargan prezident Korazon Aquinoga uchta variant berildi:
1935-yilgi Konstitutsiyani tiklash,
1973-yilgi Konstitutsiyani saqlab qolish va islohotlarni amalga oshirish yoki
Yangi konstitutsiyani qabul qilish.
U yangi konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishga qaror qildi va 1986-yil 25-martda Markos rejimi davrida qabul qilingan 1973-yil Konstitutsiyasining koʻplab qoidalarini bekro qildi, (masalan, bir palatali qonun chiqaruvchi organni (Batasang Pambansa), Bosh vazir idorasini) va 1986-yil 25-martda 3-sonli deklaratsiyani eʼlon qildi. Koʻpincha Filippinning 1886-yilgi konstitutsiyasi „Ozodlik Konstitutsiyasi“ deb ataladi.. Aslida bu konstitutsiya demokratiya va xalq erkinligini taʼminlash uchun oʻtish davri konstitutsiyasi sifatida moʻljallangan edi.
Konstitutsiyaviy komissiya Aquino tomonidan tayinlangan qirq sakkiz aʼzodan, jumladan , Vakillar palatasining bir necha sobiq aʼzolari, Oliy sudning sobiq sudyalari, Rim-katolik yepiskopi va Markos rejimiga qarshi siyosiy faollardan iborat edi. Aquino Oliy sudning sobiq yordamchisi Sesiliya Muñoz-Palmani komissiya prezidenti etib tayinladi. Komissiya majlislarida bir qancha masalalar, jumladan, qabul qilinadigan hukumat shakli, oʻlim jazosini bekor qilish, Klark va Subikdagi AQSh bazalarini saqlab qolish va iqtisodiy siyosatni konstitutsiyada integratsiyalash kabi masalalar alohida tortishuvlarga sabab boʻldi. Komissiya aʼzosi boʻlgan kinorejissor va siyosiy faol Lino Brocka konstitutsiya shakllantirilmasdan oldin Komissiyadan chiqib ketdi va yana ikki delegat yakuniy loyihadan norozi boʻldi. Komissiya yakuniy loyihani 1986-yil 12-oktabrda tugatdi va uni 15-oktabrda Aquinoga taqdim etdi. Konstitutsiya 1987-yil 2-fevralda umummilliy plebissit tomonidan ratifikatsiya qilingan.
Konstitutsiyada hokimiyatning uchta tarmogʻi, yaʼni ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatlari mavjud edi. Ijroiya hokimiyatni prezident va u tayinlagan vazirlar mahkamasi aʼzolari boshqaradi. Ijroiya hokimiyati, boshqa ikki teng huquqli hokimiyatlar singari, cheklangan vakolatga ega. Prezident hali ham harbiy holat eʼlon qilishi mumkin, ammo u 60 kun ichida tugaydi va faqat Kongress uni rad qilishi yoki uzaytirishi mumkin.
Bu vaziyatda Oliy sudning vazifasi harbiy holat toʻgʻrisidagi eʼlonning adolatli ekanligini tekshirishdan iborat. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Senat va Vakillar palatasidan iborat. Senat 24 ta senator va Palata tuman vakillaridan iborat. Shuningdek, konstitutsiyada jamiyatning kam vakil boʻlgan qatlamlari uchun partiyaviy roʻyxat tizimi orqali oʻz vakilini tanlash imkoniyatini belgilab berilgan. Sud tizimi Oliy sud va quyi sudlardan iborat. Oliy sudga qonunning konstitutsiyaviyligi, shartnoma yoki hukumat qarori bilan bogʻliq har qanday ishlarni koʻrish huquqi berilgan. Shuningdek, unga quyi sudlarning funksiyalarini boshqarish vazifasi yuklatilgan.
Konstitutsiya orqali uchta mustaqil Konstitutsiyaviy komissiyalar, yaʼni Davlat xizmati boʻyicha komissiya, Saylov komissiyasi va Taftish komissiyasi tuzildi. Ushbu Konstitutsiyaviy komissiyalar turli funksiyalarga ega. Konstitutsiya, shuningdek, hukumatning axloqiy va qonuniy xulq-atvorini targʻib qilish va taʼminlash funksiyasiga ega boʻlgan Ombudsman institutini tashkil etish vakolatini bergan.
1987-yilgi Konstitutsiyani oʻzgartirishga urunishlar Filippin Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritishning uchta mumkin boʻlgan usuli mavjud: Taʼsis majlisi (Con-Ass), Konstitutsiyaviy Konventsiya (Con-Con) yoki Xalq tashabbusi. Ushbu uch usul ham milliy referendumda koʻpchilik ovoz bilan ratifikatsiya qilishni talab qiladi. Corazon Aquino maʼmuriyatidan soʻng, keyingi maʼmuriyatlar 1987-yilgi Konstitutsiyani oʻzgartirish yoki oʻzgartirishga bir necha bor urinishlar qildi.
Birinchi urinish 1995-yilda boʻlgan. Konstitutsiyani oʻzgartirish matni Milliy Xavfsizlik Kengashining oʻsha paytdagi kotibi Xose Almonte tomonidan ishlab chiqilgan, ammo u hech qachon tugallanmagan, chunki u turli nodavlat tashkilotlar tomonidan ommaviy axborot vositalariga taqdim etilgan. Chunki ular konstitutsiyaviy loyihada xalq manfaatlarini himoya qilish uchun oʻzgarishlarni kiritmoqchi edilar.
1997-yilda Pedrosa juftligi PIRMA nomli guruhni yaratib, saylovchilarning imzolarini toʻplash orqali Xalq tashabbusi orqali konstitutsiyani oʻzgartirishga urinishdi. Koʻpgina taniqli shaxslar bu taklifga qarshi boʻlishdi, jumladan senator Miriam Defensor-Santyago, masalani Oliy sudga qadar olib borib, oxir-oqibat ishni yutib chiqdi. Oliy sud tashabbusni davom ettirmaslikka qaror qildi.
Jozef Ejersito Estrada prezidentlik davrida konstitutsiyaning iqtisodiy va sud-huquq qoidalariga oid moddalarini oʻzgartirish uchun tadqiqot komissiyasini tuzdi. Turli subyektlar ushbu oʻzgartirishlar, asosan, tashabbuskorlarning shaxsiy manfaatlariga xizmat qilgani uchun qarshilik koʻrsatganidan keyin urinish hech qachon oʻz maqsadiga erisha olmadi.
Prezidentlikdan soʻng, Gloria Macapagal-Arroyo maʼmuriyati Konstitutsiyaviy assambleya orqali konstitutsiyaviy oʻzgarishlarni maʼqulladi, bunda palataning oʻsha paytdagi spikeri Xose de Venesia yetakchilik qildi. Biroq, Arroyo maʼmuriyati atrofidagi siyosiy qarama-qarshiliklar tufayli, taklif Oliy sud tomonidan rad etildi.
Keyingi urinish Prezident Benigno Aquino III boshqaruvi davrida Palataning oʻsha paytdagi spikeri Felisiano Belmonte Jr. tomonidan ilgari surildi. Belmonte Konstitutsiyaga liberallashtirishga qaratilgan iqtisodiy qoidalarga qaratilgan tuzatishlarni kiritishga harakat qildi. Ammo urinishlar natija bermadi.
Prezident Rodrigo Roa Duterte mamlakatda federalizmni amalga oshirishga harakat qildi. 2016-yilgi prezidentlik saylovlaridan soʻng prezident lavozimiga koʻtarilganidan soʻng, u 2016-yil 7-dekabrdagi 10-sonli Ijroiya buyrugʻini imzoladi va 1987-yilgi Konstitutsiyani koʻrib chiqish boʻyicha Maslahat qoʻmitasini tuzdi.
Filippin konstitutsiyasi uqaddimma va 18 ta muayyan qismlarga boʻlingan moddalardan iborat.
Tarixiy rivojlanishi
1897-yilgi Biak-na-Bato Konstitutsiyasi thumb| Biak-na-Bato milliy bogʻidagi yodgorlik Katipunan inqilobi Tejeros konvensiyasiga olib keldi, Filippinda 1897-yil 22-martda San-Fransisko-de-Malabonda, Kavitda Filippin tarixidagi birinchi prezidentlik va vitse-prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtdi, ammo ushbu saylovda faqat Katipuneros (yaʼni Katipunan aʼzolari umumiy aholi emas) ishtirok etishi mumkin edi. Inqilobiy hukumatning keyingi yigʻilishi 1897-yil 1-noyabrda Bulakanning San-Migel-de-Mayumo shahridagi Biak-na-Bato shaharchasida boʻlib, Biak-na-Bato respublikasini tashkil etdi. Respublika Isabelo Artacho va Feliks Ferrer tomonidan ishlab chiqilgan konstitutsiyaga ega edi va birinchi Kuba Konstitutsiyasiga asoslangan edi. Bu Konstitusiya „Provisional de la República de Filipinas“ nomi bilan tanildi va dastlab ispan va tagalog tillarida yozilib eʼlon qilindi.
Ushbu konstitutsiyaga koʻra hukumat organlari uchta boʻlimdan iborat edi:
Prezident tomonidan boshqariladigan Respublika vakolatiga ega boʻlgan Oliy Kengash va ichki ishlar, tashqi ishlar boʻyicha toʻrt xil kotib
Konsejo Supremo de Garcia Y Justicia (Adolat Oliy Kengashi), u qarorlar ishlab chiqish, boshqa sudlar tomonidan chiqarilgan hukmlarni tasdiqlash yoki rad etish va odil sudlovni amalga oshirish qoidalariga buyruq berish vakolatiga ega edi;
Inqilobdan keyin yangi konstitutsiya yaratish va yangi hukumat kengashi va xalq vakillarini tanlash uchun yigʻilishi kerak boʻlgan Asamblea de Representantes (Vakillar Assambleyasi).
Biak-na-Bato Konstitutsiyasi hech qachon toʻliq amalga oshirilmagan, keyinchalik Ispaniya va Filippin inqilobiy armiyasi oʻrtasidagi Biak-na-Bato pakti tomonidan oʻz kuchuni yoʻqotgan.
Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressining aktlari
Filippin 1898-yil 10-dekabrdan 1934-yil 24-martgachaOn December 10, 1898, the Treaty of Paris transferred sovereignty from Spain to the United States. On March 24, 1934, the United States passed the Tydings–McDuffie Act that allowed the nation to have self-government through a ten-year transitional period in preparation for full independence. The United States recognized Philippine independence in the Treaty of Manila on July 4, 1946. Amerika Qoʻshma Shtatlari hududi edi va shuning uchun Amerika Qoʻshma Shtatlari Federal Hukumatining yurisdiktsiyasi ostida boʻldi. Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressining ushbu davrda qabul qilingan ikkita aktini Filippin konstitutsiyasi deb hisoblash mumkin, chunki bu aktlar asosiy siyosiy tamoyillarni va Filippin hukumatining tuzilishi, tartiblari, vakolatlari va vazifalarini belgilab berdi.
1902-yildagi Filippin organik qonuni 1902-yilgi Filippin organik qonuni, baʼzan „1902-yilgi Filippin qonuni“ yoki „Kuper qonuni“ deb nomlanuvchi, Filippin orollari uchun Qoʻshma Shtatlar Kongressi tomonidan qabul qilingan birinchi organik qonun edi. Unda xalq tomonidan saylangan Filippin Assambleyasini yaratish koʻzda tutilgan va qonun chiqaruvchi hokimiyat Filippin komissiyasi (yuqori palata) va Filippin assambleyasi (quyi palata) dan iborat ikki palatali qonun chiqaruvchi organga berilishi koʻrsatilgan. Uning asosiy qoidalari filippinliklar uchun huquqlar toʻgʻrisidagi qonun loyihasini va Filippinning ovoz berish huquqiga ega boʻlmagan ikkita Filippin rezident komissarini Amerika Qoʻshma Shtatlari Vakillar Palatasida Filippin vakili sifatida tayinlashni oʻz ichiga olardi.
1916-yildagi Filippin avtonomiyasi toʻgʻrisidagi qonun 1916-yilgi Filippin avtonomiyasi toʻgʻrisidagi qonun, (baʼzan „Jons qonuni“ deb nomlanadi), Filippin komissiyasini qonun chiqaruvchi yuqori palata sifatida olib tashlab, Filippin saylovchilari tomonidan saylangan Senat bilan almashtirib, Filippin hukumati tuzilmasini oʻzgartirdi va Filippinda birinchi toʻliq qonunni yaratdi.
= "Hare-Hawes-Cutting" Akti (1932) Garchi konstitutsiyaning oʻzi boʻlmasa-da, 1932-yildagi Hare-Hawes-Cutting Act, 10 yillik oʻtish davridan soʻng Filippinga mustaqillik vaʼdasini va boshqa qoidalarni belgilab beruvchi Tydings-MakDuffi qonunining asoschisi edi. Ammo, Filippin Kongressi ichidagi nizolar tufayli u ratifikatsiya qilinmadi va faqat Tydings-McDuffie qonunini yaratish uchun asos boʻldi.
Tydings-McDuffie qonuni (1934) Garchi konstitutsiyaning oʻzi ham boʻlmasa ham, 1934-yilgi Tydings-MakDuffi qonuni avtonomiyani nazarda tutgan.
1935-yilgi Konstitutsiyasi 1935-yilgi Konstitutsiya 1934-yilda Filippin Hamdoʻstligi (1935-1946) tomonidan yozilgan, tasdiqlangan va qabul qilingan va keyinchalik Uchinchi Respublika (1946-1972) tomonidan qoʻllangan. Bu Konsitutsiya mamlakatni mustaqillikka tayyorlash uchun Tydings-McDuffie qonunida belgilangan talablarga javob berish uchun yozilgan.